Talaba-yoshlar
33.4K subscribers
2.04K photos
1.15K videos
149 files
4.85K links
🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta’lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.

🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot

Reklama xizmati: @hamkoradmin
Download Telegram
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

📌 Ruxsatnoma  my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
📌 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
📣 Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabuli boshlandi

☑️15-iyuldan boshlab mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi. Jarayon 1 oy davom etadi.

📌Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:


✔️Oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) haqida hujjat, yoxud mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

✔️Kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis (nusxalari yoki havolalari bilan birga);

✔️Qisqacha biografik maʼlumotnoma;

✔️Ish joyidan tavsifnoma.

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (245)

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
UBS universitetiga o‘qishingizni ko‘chiring

UBSga boshqa oliygohlardan o‘tishni reja qilayotgan talabalar uchun bir qator imtiyozlarni taklif qiladi:

👉🏻 Kursdoshingiz bilan birga o‘qishingizni ko‘chirsangiz "Friends" dasturi asosida kontraktga 10% chegirma;

👉🏻 Aka-uka, opa-singil yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘qisangiz — "Family" dasturi orqali ham 10% chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin.

Yuqoridagi rasmlarda yo‘nalishlar, qaysi kursga va nechanchi semestrga o‘qishingizni ko‘chira olishingiz batafsil ko‘rsatilgan.

📞 +998555202626 | 🌐 qabul.ubsu.uz

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bakalavr grant 4 yillik.pdf
1.4 MB
📌 Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi

Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45,422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:


🔸Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,
🔹Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.

Shuningdek:

↪️Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,
↪️Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,
↪️Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
“Raqamli texnologiyalar vazirligi” va “Mirzo Ulug’bek vorislari o’quv kurslari” GRANT (Bepul o’qish) dasturini elon qiladi!

Agar siz kreativ sohaga, texnologiyalarga va san’atga qiziqqan, iqtidorli yoshlardan bo‘lsangiz — bu karyerangiz uchun noyob imkoniyat!

Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

1️⃣ 3D modellashtirish
2️⃣ VFX Compositing
3️⃣ Animatsiya
4️⃣ O‘yin dizayni va GameDev asoslari
5️⃣ Digital Art
6️⃣ FX Simulation
7️⃣ Cinema 4D
8️⃣ Unreal Engine

📚 Ta’lim shakli:
📍 Oflayn + 💻 Onlayn (Toshkent shahrida)
Kurs davomiyligi — 6 oy

🌟 Ushbu kurs sizga nima beradi?
Eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlar
Soha yetakchi mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlar
Networking va professional muhit

📈 Tanlov bosqichlari:
⁃ 20 daqiqalik onlayn test
⁃ Portfolio yuklash
⁃ 5 daqiqalik suhbat

🏆 Nima kutmoqda?
- Kurs yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar xalqaro va mahaliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi!

🌐 Ariza topshirish: ➡️ CreativeTech.uz

Loyihaga oid yangiliklar @creative_tech_official kanalida!

📞 Aloqa: +998-95-474-19-19

📱 Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
#Eʼlon

Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi.

Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.

Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?

➡️Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;
➡️Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
➡️ Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
➡️Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.

Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.

➡️Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Magistraturaga kechki va masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ariza yuborish ochildi.

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
• Faqat bugun, 23-iyul!

🎓 STIPENDIAT PRO+ — Ilmiy yutuqlarga ochilgan eshik!
Siz ham stipendiat bo‘lishni yoki davlat mukofotlariga hisobot topshirishni rejalashtiryapsizmi? Unda eng mukammal ta’rif — STIPENDIAT PRO + aynan siz uchun!

Faqat 500 000 so‘m (hech qanday qo‘shimcha to‘lov yo‘q!) evaziga:
🇺🇸 7 ta xalqaro jurnalga ilmiy maqola
🇺🇿 5 ta mahalliy jurnalga maqola
🇩🇪 3 ta xalqaro/mahalliy konferensiyada ishtirok
🇷🇺 1 ta xalqaro olimpiada
🇬🇧 1 ta monografiya
🇬🇧 1 ta uslubiy qo‘llanma nashr
🇮🇹 2 ta Xalqaro tanlovlarda qatnashish (Italiya, Fransiya)
📝 16 ta maqola tayyorlab
beriladi

🔵 Faqat 23-30-iyul kunlari barcha xizmatlarimizga maxsus chegirma!

🔥 Murojaat uchun: @usman_shahina

Joylar soni cheklangan, 10 kishi!
4👎4👍1🔥1
Eslatma: OTMlarda grant o‘rinlarini qayta taqsimlashda ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tmoqda!

Hurmatli talabalar! Davlat grantlari asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun OTM veb-saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

🎓 Ta’lim grantlari turlari:

1️⃣ To‘liq ta’lim granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

2️⃣ To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti
🟢To‘lov-kontraktning 50% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya berilmaydi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

3️⃣ Qo‘shimcha davlat granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 4,0 va undan yuqori
🟢Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-iyulgacha
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

4️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti granti
🟢GPA: 3,3 dan 4,0 gacha
🟢Grant miqdori OTM tomonidan belgilanadi
🟢Faqat moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar talabalari ishtirok etadi
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

Ro‘yxatdan o‘tishda faollik ko‘rsating va OTM e’lonlarini doimiy kuzatib boring!

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
❗️1 yil yo‘qotmagan holda talaba boʻling❗️

🎓Hurmatli abituriyentlar!


Endilikda siz UZMBMB (DTM) test natijalari asosida, imtihonsiz Renessans taʼlim universiteti talabasi bo‘la olasiz.

Ariza topshirish: 👉 www.renessans-edu.uz

RTU sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash;
🔹 Davlat standartidagi diplom;
🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish;
🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish;
🔹 10 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati;
🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
🔹 O‘quv yili yakunida fanlarni a’lo baholarga o‘qib, qo‘shimcha “Iqtidorli talabalar granti”ni qo‘lga kiritish imkoniyati.


📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin

📄 Litsenziya (№ 715272, 18.11.2022)

📍 Manzil: Toshkent shahri , Samarqand darvoza koʻchasi, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Veb-sayt
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📆 Muddat: 2025-yil 8-avgustga qadar (shu kuni ham)

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🦥 Bugun, 29-iyul, dunyoda hech narsa qilmaslik kuni

Bugun hech narsa qilmaydigan va shunchaki dam oladigan kun. Kundalik tashvishlarning barcha shov-shuvlaridan dam oling. Hech narsa qilmasdan stressni yengillashtiring.

Har kuni shunday o‘tayotganlarga yuboramiz, bugun ularning kuni

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣133😁2