Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси
9.68K subscribers
11.8K photos
1.49K videos
10 files
4.57K links
Тошкент вилояти Ҳокимлиги Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.iss.one/tvhssb
Официальный телеграм канал.
Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси Жамоатчилик билан алоқалар хизмати томонидан юритилади.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

❗️TOSHKENT VILOYATI IIBB OGOHLANTIRADI!

Hurmatli ota-onalar, unutmang, Pirotexnika mahsulotlari bolalar oʻyinchogʻi emas, jiddiy xavfdir!

👉 Бизга аъзо бўлинг https://t.iss.one/tvhssb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eslatma

📢 Hurmatli fuqarolar, havo harorati pasayishi va sovuq havo oqimini inobatga olib Sizlardan xonadoningizga oʼrnatilgan isitish jihozlarini qayta nazoratdan oʼtkazishingizni soʼraymiz.

🔷 Birinchi navbatda isitish jihozini texnik sozligini nazoratdan oʼtkazing. Nosozlik sezsangiz darhol "Hududgaz" taʼminotiga murojaat qiling!

🔷 Tutun yoʼllari va ventilyatsiya tizimlarini normal holatda ishlashiga va tortuvchi kuch borligiga eʼtibor qarating!

🔷 Gaz plitadan uyni isitish maqsadida foydalanmang. Bu xavfli!

🔷 Gazdan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qiling.

🔷 Bu oʼzingiz va oila a'zolaringiz salomatligi kafolati ekanligini yoddan chiqarmang!

☎️ Gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, qisqa 104 raqami orqali mutaxassisni chaqiring.

☎️ Agarda aholi orasida is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilsa 103 raqami orqali tez tibbiy yordam brigadasini chaqiring.

👉 Bizga aʼzo boʻling https://t.iss.one/tvhssb
#Diqqat
#E'lon

⚡️Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immunitet hosil bo‘ladi. Zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, jismoniy faollik har birimiz uchun zarur.

Hammani Yangiyo‘l shahar sport maktabida har kuni soat 19:00 dan 22:00 gacha bo‘lib o‘tadigan "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni hamda badantarbiya mashg‘ulotlariga taklif etamiz.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun turli kuy-qoʻshiqlar va koʻngilochar namoyishlar ham tashkil etiladi.

👉 Bizga aʼzo boʻling https://t.iss.one/tvhssb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon!!!

15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik tanlovi oʻtkazilmoqda

Shu munosabat bilan hududlarda “Farovon oila sari” shiori ostida 5-maydan 5-iyunga qadar oilalarni mustahkamlash oyligi deya, eʼlon qilindi.

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni oila kuni va oilalalarni mustahkamlash oyligi tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

👉 Bizga aʼzo boʻling https://t.iss.one/tvhssb
#Diqqat #cyberweek

❗️Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyatida – "Kiber haftalik"

Bugun, 31 iyuldan 6 avgust kuniga qadar Toshkent viloyati hududida kiberjinoyatchilikni oldini olish va aholini kibertahdidlardan ogoh qilishga qaratilgan kiber haftalik (Cyber week) kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, "Cyber week" davomida fuqarolarni ogohlikka chorlovchi turli sohalar kesimida tanlovlar, matbuot anjumani va boshqa targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlov g‘oliblari IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi va hamkorlikdagi tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Eslatma:
tanlovlarda tibbiyot hodimlari ham aktiv ishtirok etishi mumkin. Barchani "Cyber week"da faol bo‘lishga chaqiramiz.

Telegram | Facebook
#Diqqat_e'lon!

Toshkent viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i U.A.Abduganiyev tomonidan aholining murojaatlarini tinglash hamda ularni oʻz vaqtida hal etish maqsadida, 2023-yilning 25-oktabr kuni soat 10:00 da Piskent tumani 51-sonli oilaviy poliklinika binosida sayyor qabul boʻlib oʻtadi.

Tibbiyot sohasiga aloqador boʻlgan barcha murojaatlarni sayyor qabulda Toshkent viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshligʻiga yoʻllashingiz mumkin.

💬Telegram | 🌐Facebook