TATUQF.UZ | offical
1.94K subscribers
6.12K photos
582 videos
72 files
2.09K links
🏛 TATU Qarshi filiali yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi

🌐 Veb sayt: https://tuitkf.uz
☎️ Telefon, Faks: 75 228-02-32
📩 E-mail: [email protected]
⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Beshkent yo'li 3-km.

Talabalar murojaati uchun: @hikmat_safarov
Download Telegram
#Alisher_Navoiy #584_yilligi

Joriy yilning 7-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda filial professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va tyutorlar ishtirok etishdi. Dastlab, Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma'ruzalar tinglandi, unda buyuk shoirning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi ta'kidlandi.

Shundan so‘ng, talaba-yoshlar tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Tadbirda dekan o‘rinbosarlari O.Rahimov va J.Zohidovlar so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlar yoshlar o'rtasida Alisher Navoiy merosiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va ularning ma'naviy dunyosini boyitishga xizmat qilishini ta'kidladi.

👉@TUITKF_UZ