TUPROQSIFATTAHLIL DUK
804 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.32K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
#suv #texnologiya #subsidiya

2021-YILDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILGAN TALABGORLARGA AJRATILGAN SUBSIDIYALAR

💦 2021-yilda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan talabgorlarga g‘allachilik yo‘nalishida 3309 gektar, poliz ekinlari yo‘nalishida 10,5 gektar, sabzavotchilik yo‘nalishida 287 gektar va ozuqabop ekinlar yo‘nalishida 501 gektar, jami 4 107 gektar yer maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan subyektlarga xarajatlarini bir qismini qoplash maqsadida 28,6 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.

👉Batafsil

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suv_muammosi #yechimlar

QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN QANDAY FOYDALANYAPMIZ?

💧So‘nggi vaqtlarda nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo davlatlarida suv tanqisligi muammosi yildan-yilga jiddiy tus olmoqda. Yurtimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligida esa suvning o‘rnini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Chunki mamlakatimiz hududidagi sug‘oriladigan ekin maydonlari 4 million 300 ming gektarni tashkil etadi.

Shunday ekan, kelgusida suv tanqisligi yurtimiz agrar tarmog‘ida qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkin? Bunday muammolarning oldini olishda soha mutaxassislari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ushbu maqolamizda mana shu haqda so‘z yuritamiz.

Suhbatdoshimiz TDAU “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Usmon Norqulov.

👉Batafsil

🎥To‘liq videointervyu YouTube kanalimizda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💧YAXOB SUVI: AFZALLIGI, MIQDORI, TALABLARI

Ekinlarga nega yaxob suvi beriladi

Yaxob suvining mevali daraxtlar uchun foydasi bormi

Yaxob suvi berilganda suvning miqdori qanday belgilanadi

👉Yaxob suvi haqidagi eng muhim ma’lumotlar maqolamizda

📺To'liq video

#yaxob_suvi #suv #sugorish #daraxt #foydasi
*****
💧ЗИМНЕЕ ОРОШЕНИЕ: ПРЕИМУЩЕСТВА, КОЛИЧЕСТВО, ТРЕБОВАНИЯ

Для
чего посевы поливают водой зимой

Полезна ли вода для фруктовых деревьев зимой

Как определяется количество воды при поливе зимой

👉Важная информация о зимнем поливе в нашем материале

📺Полное видео

#зимний_полив #вода #полив #деревья #польза

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SHO‘R YUVISH QANCHALIK MUHIM?

💧Ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan kuchsiz sho‘rlangan yerlarda 15-20 foiz, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda 30-50 foiz va kuchli sho‘rlangan yerlarda 70-80 foizgacha paxta hosili kamayadi. Shuning uchun ham yuqori hosil olish uchun yerlarning sho‘rini yuvish juda muhim.

🌐To‘liq video

#shor_yuvish #dala #suv
*****
НАСКОЛЬКО ВАЖНА ПРОМЫВКА ЗАСОЛЕННЫХ ПОЧВ?

💧По мнению ученых, урожайность хлопчатника снижается на слабозасоленных почвах на 15-20 %, среднезасоленных – на 30-50 %, сильнозасоленных – на 70-80 %. Именно поэтому, чтобы получить высокий урожай, очень важно промывать засоленную почву.

🌐Полное видео

#почва #промывка #засоленность

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
👍1
📊 O‘tgan haftada o‘simliklar unib-o‘sishi uchun birlamchi ustuvor omillar haqida so‘ragandik.

👥 So‘rovda jami 577 kishi qatnashdi. Ulardan 316 nafari to‘g‘ri javob berdibu suv, kislorod va ozuqaviy moddalar edi.

Uzum sayli festivali doirasida o‘tgan Xalqaro uzumchilik va vinochilik konferensiyasida  qayd etilganidek, ekin unishi va o‘sib yetilishi uchun mana shu uch unsur asosiy omil sanaladi.

Ulardan qay biri bo‘lmasin, yetishmasa, o‘simlik o‘sishiga nuqson yetadi.

📝So‘rovlarimizda qatnashing. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.

#sorovnoma #suv #kislorod #tuproq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM