TUPROQSIFATTAHLIL DUK
806 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.32K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
QOVUNDA UCHRAYDIGAN FUZARIOZ KASALLIGIGA QARSHI QANDAY CHORALAR BOR?

🦠Qovunning fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt)ning qovun yetishtirishda eng katta zarar keltiradigan ikkita zamburug‘ kasalliklari mavjud. Fuzarioz so‘lish bilan qovun barcha o‘sish va rivojlanish fazalarida zararlanadi. Bu kasallik qovun hosilini 30% gacha kamaytiradi.

📈Biologik kurash chorasi sifatida Trixodermi preparatini gektariga 100g miqdorida qo‘llash ham yaxshi natija beradi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #kochatchilik #uzumchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
#savol_javob

Qishloq xo‘jaligi yerlariga qanday tartibda yer solig‘i hisoblanadi?

— Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning soliq solish bazasi hisoblanadi.

👉Soliq kodeksi 427-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.

👉Soliq kodeksi 429-modda

Soliq hisobotini taqdim etish va to‘lov muddatlari qachon amalga oshiriladi?

— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq hisoboti joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.

To‘lov muddatlari hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi, 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi to‘lanadi.

Yer uchastkalarining normativ qiymati kim tomonidan baholanadi?

— Qishloq xojaligi ekin maydonlarining normativ qiymati Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan aniqlanadi.
👍1