Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
“AGROPLATFORMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILADI
💻 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
2023-yil yakunigacha:
🟢 Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;
🟢 qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.
#agroplatforma #raqamli_qishloq_xojaligi #geoaxborot_texnologiyalari #CropAgro
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Mazkur qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
2023-yil yakunigacha:
#agroplatforma #raqamli_qishloq_xojaligi #geoaxborot_texnologiyalari #CropAgro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA YANGI IMKONIYATLAR BERILMOQDA
👥 Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar soha vakillari ishtirokidagi seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va qarorning agrar sohadagi ahamiyati, undan kelib chiqqan holda soha vakillari oldiga qo‘yiladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, qarorga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli Masʼuliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilib, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi yagona integrator sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma