TUPROQSIFATTAHLIL DUK
805 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.32K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Sevimli” telekanalining Zamon informatsion dasturida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqsifattahlil davlat unitar korxonasi tomonidan mobil laboratoriya tashkil etilgani to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

🔬“Tuproqsifattahlil” DUK sinov laboratoriyasi 2019-yilda Turkiya bilan hamkorlikda Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasini qo‘lga kiritgan. Unda amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. Farg‘ona viloyatida o‘z ish faoliyatini boshlagan ushbu laboratoriyada 20 turdagi tuproq, 11 turdagi suvdan aniq sifat tahlillari olish imkoniyati mavjud.

Lavhada “Tuproqsifattahlil” DUK xodimlari tomonidan respublikamizdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hamda klasterlarga tuproqning agrokimyoviy tarkibini to‘liq o‘rganib o‘g‘itlash, yer maydonlariga ilmiy asoslangan holda ishlov berish tartibini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini taqdim etayotgani bayon etiladi.

#repost #Sevimli #Zamon #Tuproqsifattahlil #mobil laboratoriya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand
#Zamon_informatsion_dasturi

🔰"Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi"
davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan Respublikamizdagi mavjud qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer maydoni tuproqlari unumdorligini oshirish maqsadida, joriy yilda Samarqand viloyati tumanlaridagi mavjud sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yer maydoni tuproqlaridan, dala tadqiqot ishlari asosida, kimyoviy tahlillar uchun belgilangan tartibda namunalari olinib, laboratoriya sharoitida o'rganish ishlari olib borildi . Viloyat tumanlaridagi mavjud qishloq xo'jaligi yerdan foydalanuvchilari bilan o'tkazilgan seminarda, dala tadqiqot ishlari va kimyoviy tahlillar natijalari asosida yer maydoni tuproqlarining asosiy ozuqa elementlari bilan ta'minlanganligi bo'yicha, tuzilgan agroxim kartogrammalar yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga taqdim qilinib, yerdan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt