TUPROQSIFATTAHLIL DUK
807 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.31K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
📆Joriy yilning 22-26-may kunlari respublikamizning Toshkent va Nukus shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Global tuproq hamkorligi (GSP), Yevroosiyo tuproq hamkorligi (EASP) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda bir qator milliy tashkilotlar hamkorligida Sho‘rlangan tuproqlar xalqaro tarmog‘i (INSAS)ning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

🌎Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarining ekspetrlari ishtirok etishi kutilayotgan ushbu keng ko‘lamli tadbir doirasida yig‘ilishlar, treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

❗️Sizni sho‘rlangan tuproqlar, uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan muhim maʼlumot va tavsiyalar qiziqtiradimi? Unda xalqaro tadbirga tashrif buyuring.

Hayot ko‘rsatkichini, oziq-ovqat sifatini taʼminlovchi tuproqning unumdorligiga qaratilgan ushbu tadbir barchamiz uchun birdek foydali bo‘lishiga ishonamiz!

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #shorlangan_tuproqlar #GSP #EASP #FAO #INSAS

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
👍1