Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.77K subscribers
35.8K photos
3.78K videos
46 files
11.4K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Остонада Бутунжаҳон кўчманчилар ўйинларининг очилишида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Toshkent viloyati Sport boshqarmasining hisobchisi Ismanova Sandugʻash Aytkulovnani tugʻilgan kuni bilan

TABRIKLAYMIZ !!!

Hurmatli, Ismanova Sandugʻash!

Sizga mustahkam sogʻliq, kuch-quvvat, omad, baxt, yaxshi kayfiyat doimiy hamrohingizga aylansin. Farovon turmush kechirish baxti nasib etsin!

Yana bir bor tugʻilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!

Hurmat bilan, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi jamoasi

Bizning kanal 👉👉👉
https://t.iss.one/toshvil_sport
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qo‘lni_qo‘lga_ber
#gandbol
#chorlov

O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi"ga Toshkent viloyati yoshlari tayyor!

Aziz yoshlar!

Tez kunlarda mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning #GANDBOL turi bo'yicha "O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi" uchun musobaqalar bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqalarda ishtirok etmoqchi bo'lgan 17-30 yoshdagi yoshlarimizni 5tashabbus.uz saytidan ro'yxatdan o'tishga chorlab qolamiz.

Shoshiling, musobaqalarning #birinchi bosqichi 15-sentabrdan boshlanadi.

Musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiriting!

https://t.iss.one/toshvil_sport
28-avgustdan 8-sentyabrga qadar butun dunyoning diqqat markazida bo‘lgan Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Dunyoning 168 ta mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli para atletlar ishtirok etgan ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga erishdi. Matonatli sportchilarimiz murosasiz bellashuvlarda 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medal qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy qahramonlariga aylanishdi.

🥇Oltin medal:
Asila Mirzayorova – para yengil atletika T11 uzunlikka sakrash
Elbek Sultonov – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Xusniddin Norbekov – para yengil atletika F35 yadro uloqtirish
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Bobirjon Omonov – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 disk uloqtirish
Yorqinbek Odilov – para yengil atletika F57 nayza uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 nayza uloqtirish
Sherzod Namozov – para dzyudo J2 -60kg
Asad Toshtemirov – para taekvondo K44 -80 kg


🥈Kumush medal:
Doniyor Saliyev – para yengil atletika T12 uzunlikka sakrash
Safiya Burxanova – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Kubaro Hakimova – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Shahina Yigitaliyeva – para yengil atletika F46 nayza uloqtirish
Kumushxon Xodjayeva – para dzyudo J2 -57 kg
Ro‘za Kuziyeva – para pauerlifting -73 kg
Ziyoda Isoqova – para taekvondo K44 -47 kg
Guljanoy Naimova – para taekvondo K44 +65 kg
Server Ibragimov – para o‘q otish P4 50 metrga to‘pponchadan otish


🥉Bronza medal:
Temur Giyazov – para yengil atletika T64 balandlikka sakrash
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 yadro uloqtirish
Mohigul Hamdamova – para yengil atletika F57 disk uloqtirish
Uchqun Quronboyev – para dzyudo J2 -73 kg
Dovurxon Karomatov – para dzyudo J2 -90 kg
Muslima Odilova – para suzish S13 100 metr batterflay


Ushbu natija bilan delegatsiyamiz Paralimpiya o‘yinlarini 168 ta mamlakat orasida 13-o‘rinda yakunladi. Shuningdek, Osiyoda uchinchi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ko‘plab jihatlar bilan sportimiz tarixiga muhrlanmoqda. Jumladan, tarixda ilk bor 65 nafar para atletimiz Paralimpiya o‘yinlariga 113 ta litsenziya qo‘lga kiritdi, delegatsiyamiz birinchi bor Paralimpiya o‘yinlarida 9 ta sport turida ishtirok etdi, Paralimpiya o‘yinlari tarixida birinchi marta para yengil atletikachilarimiz 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o’rinni va para taekvondochilarimiz 3 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-o’rinni egalladi, Xusniddin Norbekov O‘zbekiston tarixida 3 karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk sportchiga aylandi, Shaxina Yigitaliyeva delegatsiyamiz tarkibida Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lgan eng yosh sportchi sifatida tarixga kirdi. Garchi sovrinli o‘rinlarni egallay olishmagan bo‘lsalarda, qolgan sportchilarimiz ham murosasiz bellashuvlarda haqiqiy matonat va jasorat namoyish etishdi.

Hech mubolag‘asiz aytishimiz mumkinki, ushbu erishilgan olamshumul yutuqlar zamirida Muhtaram Prezidentimizning Paralimpiya harakatiga qaratayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklari turibdi. Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish davomida barcha sportchilarimizga zarur sharoitlar yaratib berildi, xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etildi, zarur tibbiy-farmakologik vositalar bilan o‘z vaqtida ta’minlandi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Paralimpiya o‘yinlari davrida delegatsiyamiz a’zolari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan Davlatimiz rahbari va hukumatimizga, para atletlarimizni murosasiz bellashuvlar davomida muntazam qo‘llab-quvvatlab turgan barcha yurtdoshlarimiz hamda muxlislar jamoasiga minnatdorchilik bildirib, barchani olamshumul natijalar bilan samimiy qutlaydi.

Xayr Parij, salom Los-Anjeles!

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAHALLA YOSHLARI UCHUN WORKOUT SPORT MAYDONI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Toshkent viloyatida yoshlarni sportga jalb etish, taʼlim sifatini oshirish maqsadida yangi va zamonaviy sport maydonlarini qurish ishlari davom etmoqda.


Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan kuni kecha yangi oʻquv yili boshlanishi sharafiga Oqqo'rg'on tumandagi 15-umumtaʼlim maktabida Sport vazirligi tomonidan zamonaviy Workout sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

https://t.iss.one/toshvil_sport
PARALIMPIYACHILARINING YUTUQLARI HUDULAR KESIMIDA

28-avgustdan 8-sentabrga qadar butun dunyoning diqqat markazida bo‘lgan Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 168 ta mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli para atletlar ishtirok etgan ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga erishdi.

Matonatli sportchilarimiz murosasiz bellashuvlarda 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medal qo‘lga kiritib.

Hududlar kesimidagi tahlilda Namangan, Andijon va Farg'ona viloyati sportchilari kuchli uchlikni band etishdi.

https://t.iss.one/toshvil_sport
Chempionlarimiz yurtimizga uchib keldi

Tez orada kutib olish marosimi boshlanadi


https://t.iss.one/toshvil_sport