📸Paralimpiya o’yinlari g’olib va sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi
https://t.iss.one/toshvil_sport
https://t.iss.one/toshvil_sport
Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshligʻi Rustam Boboqulov Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Toshkent viloyati sportchilari bilan.
https://t.iss.one/toshvil_sport
https://t.iss.one/toshvil_sport
Olmaliq shahrining yana bir hududida universal sport maydonchasi qad rostladi.
Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida Olmaliq shahrining S.Olloyor MFY hududida universal sport maydonchasi yoshlar uchun topshirildi.

Paralimpiya o’yinlari g’olib va sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi
28-avgust – 8-sentyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida tashkil etilgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining qahramonlari jonajon vatanimizga qaytib kelishdi. Matonat sohiblari bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O’zbekiston Milliy paralimpiya qo’mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, Milliy paralimpiya qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo’mitasi rahbariyati, yuzlab muxlislar, sportchilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Nuriddin Moʻydinxonovich hamda Abdulla Nigmatovich matonatli para atletlarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan yana bir karra qutlab, ular bugungi kunda Vatanimizning faxri ekanliklarini, hozirda barcha yoshlarga o‘rnak bo‘lib turishganini alohida taʼkidlashdi.
O’z navbatida uch karra Paralimpiya o’yinlari chempioni Xusniddin Norbekov hamda oltin medal sohibi Asila Mirzayorova, murabbiy Sardor Abduholiqov, shuningdek, chempionlarning ota-onalari so‘z olib, davlatimiz rahbarining bunday eʼtiboridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Shundan so’ng elimiz ardog’idagi san’atkorlar o’zlarining vatanparvarlik to’g’risidagi ajoyib kuy-qo’shiqlari bilan yig’ilganlarning kayfiyatini yanada ko’tardi.
Tadbirning ikkinchi qismi Milliy paralimpiya qo‘mitasida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Parij-2024 qahramonlariga davlat rahbarining sovg‘alarini tantanali topshirdilar. Prezident qaroriga muvofiq,
– oltin medal sohiblari “CHEVROLET TAHOE” avtomobili, 200 ming AQSH dollari va xonadon;
– kumush medal sohiblari “BYD SONG PLUS EV CHAMPION” avtomobili, 100 ming AQSH dollari va xonadon;
– bronza medal sohiblari “BYD SONG PLUS DM-I CHAMPION” avtomobili, 50 ming AQSH dollari va xonadon bilan taqdirlanishdi.
Taqdirlash marosimida so’z olgan sportchilarimiz davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday eʼtibor va g‘amxo‘rlikdan judayam xursand ekanliklari, kelgusida ham yangi zafarlar bilan jonajon vatanimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish yo‘lida bor kuch-g‘ayratlarini ishga solishlarini bildirishdi.