Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.07K subscribers
43.3K photos
4.39K videos
67 files
12.9K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
Bugun Yuqorichirchiq tumanida joylashgan 10-MTBda yozgi ta’til davomidagi bolalarni bo‘sh vaqtlarini sermazmun tashkil qilish maqsadida sportning quvnoq startlar musobaqa bo‘lib utdi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1
#qaror

Voleybol sporti yanada rivojlantiriladi

“Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-274-son, 19.07.2024 y.) qabul qilindi.

⚡️Qarorga ko‘ra, 2025-yildan har yili an’anaviy tarzda quyidagilar o‘tkazib boriladi:

🔸oliy ta’lim muassasalari talabalari, professional ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Volleyball stars” O‘zbekiston kubogi;

🔸vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – respublika) voleybol sport turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” respublika musobaqasi;

🔸umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kubogi;

🔸nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida para voleybol sport musobaqalari.

🗓 2025-yildan har ikki yilda bir marta voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga a’zo davlatlar o‘rtasida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turniri o‘tkazib boriladi.

🏢 Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O'rtachirchiq tumani Sport maktabida tibbiyot xodimlari mashgulot oldidan sportchilarning antropometrik xolatlarini o'rganmoqda.
👍1
Bugun Parkent tumani “Qiziltogʻ” hududida sportning fransuz boksi "Savat" turi boʻyicha "Toshkent viloyati prokurori kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Viloyat prokuraturasi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu musobaqada viloyatimiz va respublikamizning turli hududlaridan kelgan 300 nafardan ortiq havaskor va professional sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqada gʻolib boʻlgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍4