Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.61K subscribers
36.3K photos
3.83K videos
46 files
11.6K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Sport vazirligi
Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining 2023-yilga mo'ljallangan rejalari muhokama qilindi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi sport federatsiya va assotsiatsiyalarining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejalari bilan tanishishda davom etmoqda.

Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyaning 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar koʻrib chiqildi. Shuningdek, federatsiya vakillari Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi kutilayotgan asosiy va zaxira tarkib, koʻzlanayotgan natijalar xususida toʻxtalishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Sport vazirligi
Turkiyada boʻlib turgan o'zbekistonlik sportchilar bilan doimiy aloqa o'rnatilgan

Bugun Turkiyaning koʻplab mintaqalarida zilzilalar qayd etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, 2023-yil 6-fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga koʻra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok boʻlgan va jarohatlangan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha maʼlumot kelib tushmadi.

Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida koʻplab odam qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi.

Qayd etish lozim, Turkiyaga musobaqa va mashgʻulotlarga joʻnab ketgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolariga zilzila oqibatida zarar yetmagan. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi hamyurtlarimiz bilan doimiy muloqotda boʻlib turibdi. Sportchilarimizning holati doimiy tarzda nazorat qilib borilmoqda.

Xususan, Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Kaxramanmarash shahrida 3-6-fevral kunlari oʻtishi belgilangan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan edi. Biroq mazkur hudud ayni paytda epitsentr markaziga aylanib qoldi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi yordami bilan sportchilarimizni Anqara shahriga joʻnatish choralari koʻrilmoqda. Shundan soʻng terma jamoamiz Anqara-Istanbul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimizga qaytib keladi. Hozirda sportchi va murabbiylarning barchalari sogʻ-salomat.

Qolaversa, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ham Turkiya yigʻinida boʻlib turgan bir nechta futbol klublari va turli yoshdagi terma jamoalarimiz aʼzolarining salomatligi yaxshiligi haqida rasmiy maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turkiyada boʻlib turgan hamyurtlarimizga zarur hollarda mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi (+90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (+90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkinligini maʼlum qildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🚴‍♀️ Velosportchilarimizdan yana bir g‘alaba

Turkiyada veloshosse bo‘yicha “GRAND Prix Apollon Temple” poygasi bo‘lib o‘tdi. 85 km masofani tashkil etgan ushbu start O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Finish arafasida boshqalardan ilgarlab ketgan 3 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Ahamiyatlisi, ularning 2 nafari hamyurtimiz edi. Yakunda Sevinch Yo‘ldosheva birinchi, Yekaterina Knebeleva esa ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Qozog‘istonlik Faina Potapova kuchli uchlikni yakunlab berdi. Ahamiyatlisi, ushbu natija orqali kuchli o‘nlikda kelgan sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolariga ega bo‘lishdi. Batafsil:

GRAND Prix Apollon Temple, 85 km:
🥇 Sevinch Yo‘ldosheva (O‘zbekiston) – 40 (ochko)
🥈 Yekaterina Knebeleva (O‘zbekiston) – 30
🥉 Faina Potapova (Qozog‘iston) – 25
4. Sofiya Karimova (O‘zbekiston) – 20
6. Nafosat Qo‘ziyeva (O‘zbekiston) – 10
8. Mohinabonu Elmurodova (O‘zbekiston) – 3
___
🚴‍♀️ Результативные выступления велоспортсменок Узбекистана

В Турции состоялись соревнования по шоссейной велогонке «GRAND Prix Apollo Temple». Маршрут протяжённостью на 85 км, сборная Узбекистана преодолела успешно.

Что касается результатов турнира, то Севинч Юлдашева пересекла финишную черту первой, второй-Екатерина Кнебелева, тройку лидеров замкнула Фаина Потапова из Казахстана. Стоит отметить, что благодаря этому результату отечественные спортсменки, вошедшие в десятку лучших, заработали ценные рейтинговые очки на пути к Олимпиаде Париж-2024.
Результаты:

GRAND Prix Apollon Temple, 85 км:
🥇 Севинч Юлдошева (Узбекистан) – 40 (очков)
🥈 Екатерина Кнебелева (Узбекистан) – 30
🥉 Фаина Потапова (Казахстан) – 25
4. София Каримова (Узбекистан) – 20
6. Нафосат Кузиева (Узбекистан) – 10
8. Мохинабону Элмуродова (Узбекистан) – 3.
Forwarded from Sport vazirligi
Taekvondo WT: “Fujairah Open-2023”da tarixiy natija qayd etgan hamyurtlarimiz munosib kutib olindi

Xabaringiz bor, hamyurtlarimiz BAAda oʻtkazilgan taekvondo boʻyicha “Fujairah Open-2023” musobaqasida 6ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza jami 9ta medalini qoʻlga kiritishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Зилзила вақтида нима қилиш керак?

Видео йўриқномани кўринг ва яқинларга улашинг!

👉 Kun.uz расмий канали
Xabaringiz bor yaqin kunlarda koʻpgina davlatning seysmik faol qismlarida zilzila sodir boʻlmoqda.

Mazkur holatlar yuzasidan Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda avvalo oʻzaro davra suhbati oʻtkazildi.

Shundan soʻng boshqarma boshligʻi R. Bobokulov tomonidan sport maktablaridagi holatlarni oʻrganish, elektr, gaz, suv taʼminotlari qanday holatda ekanligini yana bir bor koʻrib chiqish, yoʻlaklarni va zinapoyalarni buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmaganligini aniqlash va bir necha shu kabi topshiriqlarni boshqarma xodimlariga tayinladi hamda har bir xodim uchun hududlardan sport maktablariga masʼul etib belgilab chiqildi.
Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasida Karate WKF sport turi sportchilari uchun yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda avvalo 2022 yilda bajarilgan ishlar, 2023 yildagi istiqbolli rejalar, viloyat terma jamoasiga bosh murabbiyni tayinlash va bir qator masalalar kelishib olindi.
Forwarded from Sport vazirligi
🇺🇿 O’zbekiston bo’ylab shaxmat ommaviy harakatga aylanmoqda. Minglab shaxmatchilar har hafta “Rokirovka” turnirida ishtirok etishmoqda.

@alisher_sadullaev