Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.95K subscribers
35.3K photos
3.74K videos
46 files
11.3K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
Kuni kecha Guliston shahrida sportning boks turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada Toshkent viloyati YAKSTISM bokschilari A.Sultanboyev 80 kg. vazn toifasida 1-o‘rinni,
S.Abduvaxobov 50 kg. A.Abdumajidov 60 kg. vazn toifalarida 3-o‘rinni qoʻlga kiritdi.
Bugun Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan "Qibray sixatgohi"da sportning shaxmat turining rapid yoʻnalishi boʻyicha Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun "Hokim kubogi" sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqaga viloyatimizning barcha tuman-shaharlaridan 200 ga yaqin 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan shaxmatsevar viloyat aholisi ishtirok etdi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari J.Babajanov, Sport boshqarmasi boshligʻi R.Bobokulov, Yoshlar ishlari agentligi raxbari N.Xojiyevlar soʻzga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqalar qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtdi.

Musobaqa gʻoliblari umumiy jamgʻarmasi 100.000.000 soʻm boʻlgan pul mukofotlari, diplom va kuboklar bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
Forwarded from Sport vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan "Qibray sihatgohi"da sportning shaxmat turi boʻyicha 200 nafarga yaqin shaxmatchilar ishtirokida umumiy mukofot jamg’armasi 100 million so'm bo’lgan “Toshkent viloyati hokimi kubogi" musobaqasi o’tkazildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_qoʻllanma

Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport  bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengaytirildi

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  Prezident qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-dekabrdan boshlab:

sport bilan shug‘ullanish istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sport bilan bepul shug‘ullanish uchun yo‘llanmalar beriladi;

sport bilan bepul shug‘ullanish imkoni yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ro‘yxati tegishincha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tasdiqlanadi hamda doimiy yangilab boriladi;

Shuningdek, 2025-yil 15-yanvardan boshlab:

nogironligi bo‘lgan batafsil;