Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.09K subscribers
43.1K photos
4.38K videos
67 files
12.9K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
#live
Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasidagi “Barkamol va sog‘lom avlod – Yangi O‘zbekiston kelajagining poydevori” mavzusidagi xalqaro davra suhbatidan:

"Kurash O’zbek xalqining qadriyati va milliy merosidir.
So‘nggi o‘n yilliklarda kurash xalqaro maydonda juda katta nufuzga erishmoqda.
Osiyo, Afrika va Yevropa o’yinlari Dasturida Kurash bahslari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, kelgusi yilgi Islom birdamlik o‘yinlariga kiritilishi arafasida.
Kurashning jahon sport jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilishi ushbu go‘zal sport turini 100 dan ortiq mamlakatlarda yuksaltirish borasidagi sa’y-harakatlarimizda burilish nuqtasi bo‘ldi.
Bu yutuqlarda O’zbekiston hukumati, shaxsan mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyevning qo’llab-quvvatlashi muhim bo’lmoqda".

- Mohammed Reza Nassiri
Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Bosh kotibi.


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sport sohasida eng muhim 10 savolga 10 javob

1. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul tartibi qanday?
-Markazga o‘quvchi-sportchilarni hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi “Sport sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 583-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy Reglamenti asosida vazirlik buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

2. "Yagona sport tasnifi" deganda nima tushuniladi?
- Sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar hamda talablar, shuningdek, ularni bajarish shartlari tushuniladi.

3. Sport pasporti olishga davlat xizmatlari orqali ariza topshirilganida qancha yig‘im undiriladi?
-Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining 1/6 (oltidan bir) qismi miqdorida yig‘im undiriladi.

4. Sport nima?
-Odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar.

5. Sport maktablariga kimlar qabul qilinadi?
-Sport maktabiga jinsi, tili, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashg‘uloti turi, ijtimoiy mavqei, yashash joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaganligidan qat’iy nazar, 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar qabul qilinadi.

6. Sport maktabi sportchilari sport maktabining jihoz va anjomlaridan foydalanganda pul mablag‘i to‘lashi kerakmi?
-Hech qanday pul mablag‘lari to‘lanmaydi. 

7. Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qachon qabul o‘tkaziladi?
- Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustga (shu kuni ham) qadar istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YAIDXPga elektron shaklda hujjat topshiradi.

8. Qanday sport unvonlari mavjud?
-Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri unvonlari mavjud.

9. Davlat xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?
-
Yashash joydagi davlat xizmatlari markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish orqali yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

10.
my.gov.uz sayti orqali qanday elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin?
-
Sport sohasidagi xizmatlardan tashqari,
mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash;
bolani bog‘chaga joylashtirish;
doimiy yashash joyi bo‘yicha ma’lumot va h.k.
Hozirgi vaqtda 642 dan ziyod davlat xizmatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Darvozadan darvozaga!

"Minnesota"ning shvetsiyalik posboni Filip Gustavsson "Sent-Luis Blyuz"ga qarshi NHL o‘yinida jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.

Bu "Minnesota Uayld" tarixida darvozabon tomonidan kiritilgan birinchi shaybaga aylandi. O‘yinda Filipning jamoasi 4:1 hisobida g‘olib bo‘ldi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ovoz kelajak uchun qo‘yilgan tamal toshdir!

Saylovda ishtirok eting! Yurtimiz istiqboli uchun ovoz bering!

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
G‘oliblar munosib taqdirlandi.

Toshkent viloyatining barcha hududlarida boʻlgani kabi, Angren shahrida ham Sport sinovlarini munosib topshirib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan aholi vakillariga Sport vazirligi tomonidan I,II hamda III darajali ko‘krak nishoni va sport formalari tantana tarzda topshirildi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Muddatidan oldin ovoz berish tartibi

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

📱 Saylov2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Deputatlik o‘rinlari qanday taqsimlanadi?

Bu yilgi parlament saylovida partiyalar o‘z nomzodlar ro‘yxatini ilgari suradi. Saylovchilarning umumiy ovozlari soni, partiyaning umumiy natijasiga ta’sir qiladi. Natijada partiyalarning davlat boshqaruvidagi roli oshiriladi.

Deputatlik o‘rinlari proporsional tizim asosida taqsimlanadi, ya'ni partiyalar olgan ovozlar ulushiga qarab, deputatlik o‘rinlari adolatli ravishda taqsimlanadi. Har bir partiya o‘z ovoziga mos ravishda parlamentda deputatlik o'rniga ega bo‘ladi.

📱 Saylov2024
📝 Ma'lumot - O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil topgan sana?
Anonymous Quiz
33%
2024 - yil 20 - yanvar
31%
2023 - yil 18 - may
20%
2023 - yil 22 - noyabr
17%
2024 - yil 24 - fevral
Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi "Call-center" ishga tushirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari samarali ko‘rib chiqilishini, shuningdek fuqarolarga saylovga oid masalalar yuzasidan tezkor va qulay tarzda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilishini tashkil etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.

📞"Call-center" orqali saylov jarayonlariga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.

☎️ "Call-center" raqami: 1200

‼️ 1200 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul.
👍1
XOKKEYNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HUKUMAT QARORI QABUL QILINDI 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Xokkey sport turini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–334-son qarori qabul qilindi.


Qarorda xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib:

-xokkey sport turi bo‘yicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;

-xokkey sport turi bo‘yicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish;

-chet ellik mutaxassislar, trener va sportchilarni jalb etish hamda ular bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish;

-xokkey sport turi bo‘yicha infratuzilmani yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.

-2025–2027-yillarda Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi hududida Xokkey sport majmuasini barpo etish
belgilangan.
👍1
#beshtashabbus
#gandbol

Bugun Yuqori Chirchiq tumani Sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning gandbol turi boʻyicha musobaqalarning ikkinchi kuni.

Yuqorichirchiq — Qibray tumani bilan yarim final baxslarida.

Piskent tumani Oʻrta Chirchiq tumani bilan maydonga tushib 25:13 xisobida gʻalabani qoʻldan kiritdi.

Shunday qilib, Piskent tumani final bosqichida...

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1🔥1