Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.08K subscribers
43.2K photos
4.39K videos
67 files
12.9K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
#besh_tashabbus_olimpiadasi

Yuqori Chirchiq tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning
stol tennis turi bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 50 ta mahalla o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning sektor bosqichi g‘oliblari 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida ishtirok etdi.

O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida qiziqarli o‘tgan bahs g‘oliblari viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan holda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1
Yakunlanayotgan mavsumda Yevropa klub futbolida qolgan muhim o‘yinlar:

22 may - Yevropa Ligasi finali
25 may - Angliya kubogi finali
25 may - Germaniya kubogi finali
25 may - Fransiya kubogi finali
26 may - La Liga so‘nggi turi
26 may - A Seriya so‘nggi turi
26 may - APLga chiqish uchun Chempionship final o‘yini
29 may - Konferensiyalar Ligasi finali
1 iyun - Chempionlar Ligasi finali

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
#sport
#beshtashabbus

Stol tennisi boʻyicha shahar bosqichi gʻoliblari aniqlandi


Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning stol tennisi turi bo'yicha Nurafshon shahar bosqichi o'tkazildi.

Stol tennisi sport musobaqasida ishtirok etish istagini bildirib ro'yxatdan o'tgan yoshlar soni shahar bo'yicha 315 nafarni tashkil etgan bo'lsa, mahalla, sektor bosqichlarida saralangan 31 nafar havaskor sportchilar bugun stol tennisi sport musobaqasida ishtirok etish uchun kelishdi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1
Forwarded from Sport vazirligi
“JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASI” SPORT SINOVLARI HAQIDA BILASIZMI?

❗️Sport sinovlari har yili 5 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:


1-yo‘nalish (mart-aprel oylarida) – 7 yoshdan 17 yoshgacha;
2-yo‘nalish (aprel-may oylarida) – 18 yoshdan 29 yoshgacha;

3-yo‘nalish (avgust-sentyabr oylarida) – 30 yoshdan 49 yoshgacha;
4-yo‘nalish (oktyabr-noyabr oylarida) – 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslardan;
5-yo‘nalish (noyabr oyida) – davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan.


🏃🏻‍♂️Sport sinovlari murakkablik darajasini hisobga olgan holda ixtiyoriy va maxsus talablar asosida qabul qilinadi.


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4 yillikning eng nufuzli musobaqasi tobora yaqinlashib kelmoqda.

Barchamiz intiqib kutayotgan Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari startiga roppa-rosa 65 kun qoldi!

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍2
​​#kun_malikasi

Svetlana Valeryevna Osipova

2000-yil 3-may, Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida tug`ilgan. Oʻzbek taekvondochisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

2017-yili Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Shu yili Ashxobodda (Turkmaniston) bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib, 73 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida finalda janubiy koreyalik sportchi Myung Minga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2018 va 2023 yillarda yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
2018-yilda Svetlana Osipova Fransiya ochiq xalqaro turnirida yarim finalda fransuz sportchisi Solena Avoulettega imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O'sha yili u Jakartada (Indoneziya) o'tkazilgan yozgi Osiyo o'yinlarida janubiy koreyalik sportchi Kim Bich-Naga yutqazib, 67 kilogrammdan yuqori vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritdi.
 
2019 yilda u Jahon armiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdi.
 
2019 yilda Uxan shahrida (Xitoy) bo'lib o'tgan Jahon armiya o'yinlarida 78 kg dan yuqori vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritdi.
 
2020 yil Tokioda (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida u 67 kilogrammdan yuqori vazn toifasida ishtirok etadi. 1/8 finalda u qozog'istonlik taekvondochi Jansel Deniz bilan uchrashib, 9:10 hisobida mag'lub bo'ldi.
 
2021-yilda Ammanda (Iordaniya) bo‘lib o‘tgan Osiyo qit’asi sportchilari o‘rtasidagi Litsenziyalangan taekvondo turnirida 2020-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlariga litsenziya olishga muvaffaq bo‘ldi.
 
2022 yilda taekvondo bo'yicha jahon chempionatida oltin, 2023 yilda kumush medalni qo'lga kiritdi.
 
2023 yilda Bokuda bo'lib o'tgan jahon chempionatida 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida Svetlana kumush medalni qo'lga kiritdi.
 
Final bahsida u turkiyalik sportchi Nafiya Kushga yutqazdi. O‘sha yili Xanchjou shahrida (Xitoy) o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha 67 kilogrammdan yuqori vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

4 yillikning eng nufuzli musobaqasi bo`lgan Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga ham litsenziyani naqd qilgan.
👍3
Oqqo‘rg‘onda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stol tennisi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22 may kuni Oqqo‘rg‘on tumani MMTB tasarrufidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimligi va Sportni maktabi hamkorligida yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tuman sportchilarining halqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta`minlash, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida sportning stol tennis turi bo‘yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mahoratli va ko‘ngilli 50 ga yaqin yosh tennischilar o‘zaro bellashdilar.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT