Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.09K subscribers
43.1K photos
4.38K videos
67 files
12.9K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
CHIRCHIQ OPSTTMDA SPORT BULIMLARINING HISOBOTI TINGLANDI

Bugun, 21 may kuni Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida faoliyat yuritayotgan og‘ir atletika, dzyudo, kurash va velosport bo'limlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur hisobot-yig'ilishda bo'limlarning bosh trener-o'qituvchilari tomonidan joriy yilning utgan oylarida bo'lib o'tgan musobaqalar hisoboti hamda "Toshkent-2025" yoshlar o'rtasida Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayonlari va olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

Yig'ilishda markaz rahbari R.Gafurov, DSIBO' B.Gulyamov, katta sport-instruktor metodisti A.Mustafayev va og‘ir atletika, dzyudo, kurash hamda velosport bo'limlarining trener-o'qituvchilari, instruktor-metodistlar, sport psixologlari ishtirok etishdi.
👍1
Xabaringiz bor Sport vazirligi tomonidan https://tashabbus.sport.uz platformasida ovoz berish yo‘li bilan mahallalarga sport maydonchasini qurish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 21-may kuniga Toshkent viloyatida ovoz berish reytingi.

‼️Ovozlar joriy yilning 1 iyunigacha https://tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi.
Tuman shahar kesimida reyting
soat 20:25 holatiga
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyaning Istanbul shahrida kikboksing sport turi bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Quvonarlisi mazkur nufuzli musobaqada Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar farzandi, Yangiyo‘l shahar sport maktabi treneri va sport maktabi sportchisi Eminov Faxriddin Qaxramon o‘g‘li faxrli birinchi oʻrinni egallaydi va oltin medalni qo‘lga kiritganligi to‘g‘risida e’lon bergan edik.

🥇 Bugun Yangiyo‘l shahar hokimi o‘rinbosarlari, nuroniylar va mahalla faollari bilan birgalikda oltin medal sohibini tabriklash maqsadida F.Eminov xonadonida bo‘lib, kelgusida oldinda turgan musobaqalarda omad tiladi va shahar hokimligining estalik sovg‘alari topshirildi.
👍2
Sport vaziri Eron Islom Respublikasi elchixonasiga borib, ta’ziya bildirdi

Bugun, 21-may kuni Sport vaziri Adkham Ikramov Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Muhammadali Iskandariy orqali Eron hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

Adkham Ikramov Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy hamda hukumat a’zolari bo‘lgan vertolyot halokati Sport jamoatchiligini chuqur qayg‘uga solganini qayd etib, halokat qurbonlarining oilalari, yaqinlariga sabr-toqat tilab, hamdardlik bildirdi.


Vazir tomonidan Elchixonadagi “Hamdardlik kitobi”ga hamdardlik va ta’ziya so‘zlari yozib qoldirildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Farg‘ona shahrida shu yilning 15-20 may kunlari sportning Universal jang turi buyicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida Nurafshon shahri sportchilari muvafaqiyatli ishtirok etdi.

Ushbu chempionatda Nurafshon shahridagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Afzal Zayniddinov faxrli II-o‘rinni kulga kiritib, kumush medal sohibi bo‘ldi.
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#Nurafshon

Toshkent viloyatidagi mahallalarda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqalarning tuman va shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🎬Tafsilotlar Nurafshon shahri misolida
https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
#besh_tashabbus_olimpiadasi

Yuqori Chirchiq tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning
stol tennis turi bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 50 ta mahalla o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning sektor bosqichi g‘oliblari 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida ishtirok etdi.

O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida qiziqarli o‘tgan bahs g‘oliblari viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan holda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1
Yakunlanayotgan mavsumda Yevropa klub futbolida qolgan muhim o‘yinlar:

22 may - Yevropa Ligasi finali
25 may - Angliya kubogi finali
25 may - Germaniya kubogi finali
25 may - Fransiya kubogi finali
26 may - La Liga so‘nggi turi
26 may - A Seriya so‘nggi turi
26 may - APLga chiqish uchun Chempionship final o‘yini
29 may - Konferensiyalar Ligasi finali
1 iyun - Chempionlar Ligasi finali

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
#sport
#beshtashabbus

Stol tennisi boʻyicha shahar bosqichi gʻoliblari aniqlandi


Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning stol tennisi turi bo'yicha Nurafshon shahar bosqichi o'tkazildi.

Stol tennisi sport musobaqasida ishtirok etish istagini bildirib ro'yxatdan o'tgan yoshlar soni shahar bo'yicha 315 nafarni tashkil etgan bo'lsa, mahalla, sektor bosqichlarida saralangan 31 nafar havaskor sportchilar bugun stol tennisi sport musobaqasida ishtirok etish uchun kelishdi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1