Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.18K subscribers
42.1K photos
4.31K videos
67 files
12.7K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
YOSHLAR ISHLARI AGЕNTLIGI CHIRCHIQ SHAHAR BO‘LIMI HAMDA SPORT MAKTABI "YASHIL MAKON" DOIRASIDA DARAXT KO‘CHATLARI EKISHDI

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumda “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlarida, barcha korxona, tashkilot va muassasalar hududida ko‘chatlar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda

Xususan, joriy yilning 11 noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar bo‘limi hamda Chirchiq shahar sport maktabi bilan hamkorlikda shahardagi "Ishonch" MFY da 50 ta manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Chirchiqdagi "Kamalak" MFY hududida 15 sotixli yer tekislanib, ko‘chat ekishga hozirlab qo‘yilgan bo‘lsa, sport maktabi hovlisida ham 15 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ko‘chat ekish jarayonlari davom etmoqda.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
VILOYAT YAKSTTM SPORTCHILARI O‘ZBЕKISTON KUBOGIDA 4 TA MЕDALNI QO‘LGA KIRITDI

Joriy yilning 6-11 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, mazkur mamlakat kubogi bahslarida ishtirok etgan Toshkent viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilari (murabbiylari Umid Mirvaliyev, Go‘zal Mirvaliyeva) kuchlilar qatoridan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.

Jumladan, Javohir Sohibov hamda Gulbonu Qambarbekova oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lishsa, Bonu Tilovberdiyeva kumush, Dilshoda Anvarova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#futbol

"OKMK" "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi!

Olmaliq shahridan Qashqadaryo sari yo‘lga chiqqan avtobus Jizzax viloyatiga yetdi.

O‘rindiqlarda "OKMK" jamoasi futbolchilari jangovar kayfiyatda O‘zbekiston kubogi finalida Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga tushgani bormoqda.

"OKMK" jamoasini yaqindan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun erta tongdan futbol muxlislari ham yo‘lga chiqqan.

Xo‘sh, sizningcha, bugungi o‘yinda qaysi jamoa g‘alaba qozonadi?

https://t.iss.one/miraziz_mirsultonov
#Live

⭕️ "OKMK" jamoasi futbolchilari  Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Olg‘a yigitlar!👏
#футболга_қизиққанлар_учун

⭕️Айни дамда Қашқадарёда"OKMK" ва"Насаф" жамоалари ўртасида ўйин бошланган.

ОКМК бу ўйинга катта тайёргарлик кўрган. Жамоа мухлисларини ўйинга олиб бориб қайтиш учун 5 та автобус ажратилган. Қани кўрамиз, ким ғолиб бўларкин?

Футболни онлайн кузатиш учун:
https://www.youtube.com/live/8mNrYCeSjQA?si=kNMAjx1Edyw1Qjgb

@oltin_voha
"Toshkent-2025" Osiyo va Para Osiyo oʻyinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasi koʻplab OAV xodimlarining nigohida boʻldi. Yurtimiz sporti tarixidagi ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan manzilda press-tur tashkil etildi.