Forwarded from Генеральное консульство РУз в городе Казань 🇺🇿
Ўзбекистонлик фуқаролар ҳақида чиқаётган хабарлар юзасидан
МУНОСАБАТ
Охирги пайтларда интернетдаги ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон фуқаролари томонидан турли хил қонунбузарликлар содир этилаётганлиги тўғрисида хабарлар кенг оммага тақдим этилиши кузатилмокда.
Ўзбекистон Республикасининг Қозон шаҳридаги Бош консулхонаси ўзининг консуллик округига кирувчи ҳудудларида Ўзбекистон Республикаси фуқаролари билан содир бўлаётган ҳолатларни синчковлик билан кузатиб, ҳар бир ҳолатга аниқлиқ киритиш, фуқароларимизга консуллик-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш ва уларни манфаатларини ҳимоя қилишга қаратилган зарур тадбирларни амалга ошириб келмокда.
Ижтимоий тармоқларда нашр этилган мазкур ҳолатлар бўйича олиб борилган суриштирувлар натижаларига ва Россия Федерацияси ваколатли органлари ва мутасадди ташкилотлари томонидан Бош консулхонанинг расмий сўровномаларига йўлланган жавобларига кўра, Татаристон Республикаси ва Самара вилоятида содир бўлган қўйидаги
нохуш воқеаларда Ўзбекистон фуқаролари томонидан ушбу жиноятлар содир этилмаганлиги кўрсатилиб, фуқароларимизнинг иштироки тўғрисидаги хабарлар ўз тасдиғини топмаганлиги ҳақида маълум қиламиз.

https://vk.com/wall-230136806_2058, https://vk.com/wall-223817688_17236, https://t.iss.one/mnogonazi/24201, https://dzen.ru/a/aAwTG80DSRxcYUmy)
нохуш воқеаларда Ўзбекистон фуқаролари томонидан ушбу жиноятлар содир этилмаганлиги кўрсатилиб, фуқароларимизнинг иштироки тўғрисидаги хабарлар ўз тасдиғини топмаганлиги ҳақида маълум қиламиз.
👏9❤4👍2
Dunyoning eng nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri – EURONEWS bugun Toshkent shahrida o‘zining yangi vakolatxonasini ochdi.
Bu muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ochiqligi, hamkorlikka tayyorligi va ishonchli mamlakat sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi.
EURONEWS’ning O‘zbekistonning oqilona siyosatini Yevropa davlatlari va jahon hamjamiyatiga yetkazishdagi faoliyati samarali bo‘lishiga ishonamiz va ularga muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!
***
Today, EURONEWS, one of the world’s most prestigious news outlets, officially opened its new office in Tashkent.
This significant event further underscores Uzbekistan’s openness, readiness for international cooperation, and its standing as a reliable partner on the global stage.
We are confident that EURONEWS will effectively showcase Uzbekistan’s prudent policies to Europe and the global community, and we wish them success and great achievements!
@TIVmatbuot

👍19🔥9❤5😢3👌1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бокуда Ўзбекистон элчихонасининг янги биноси очилди.
—
В Баку открылось новое здание посольства Узбекистана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍11🔥4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Faxr bilan ma’lum qilamizki, “O‘zbekiston fasllari” nomli qisqa metrajli film nufuzli US International Awards tanlovining final bosqichiga saralandi. Ushbu global tanlov 1967-yildan buyon brend filmlar, korporativ videolar va hujjatli filmlar sohasidagi eng yaxshi asarlarni e’tirof etib keladi.
@TIVmatbuot
Bu — to‘rt fasldan iborat bo‘lgan bir hikoya bo‘lib, mamlakatimizdagi turizmning rang-barangligini aks ettiruvchi go‘zal bir kontent. O‘zbekiston — har bir faslning o‘ziga xos go‘zalligini taqdim eta oladigan noyob davlatlardan biridir. Har faslda bu yerda mutlaqo boshqa bir joziba hukm suradi. Biz dunyo sayyohlariga O‘zbekistonning ijobiy va jozibali qiyofasini namoyish hamda fasliy turizm imkoniyatlarini taqdim etmoqdamiz.
@TIVmatbuot
❤22👍6
TIVda "VFS Global" xalqaro kompaniyasining MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Sh.Mishra va O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari T.To‘ychiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakatimiz hududlarida "VFS Global" ofislari tarmog‘ini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Jamoaviy guruhlarning arizalari bo‘yicha kompaniya xodimlarining sayyor qabullari mexanizmini ishga tushirishga kelishib olindi. Ushbu xizmat shakli pullik asosda ko‘rsatiladi hamda chekka hududlardagi ariza beruvchilarga, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi markazlarga tashrif buyurmasdan viza yordamini olish imkonini beradi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun respublikada diplomatik vakolatxonalari bo‘lmagan mamlakatlarga (jumladan, Kanada, Argentina, Avstraliya va boshqalar) vizalarni rasmiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan konsulliklar mavjud bo‘lmagan sharoitda vizani rasmiylashtirish qo‘shimcha vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni jarayonlarning bir qismini mamlakatimiz hududiga ko‘chirishga, jumladan, "VFS Global"ning mahalliy ofislari orqali biometrik ma’lumotlarni topshirish va onlayn suhbat o‘tkazish imkoniyatini ko’rib chiqishni taklif etdi.
Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza xizmatlari sifatini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

❤3🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аssalomu alaykum hurmatli kuzatuvchilar,
Iyun oyi O‘zbekistonning tashqi siyosatida muhim tashriflar, samarali muzokaralar va xalqaro maydondagi faol ishtiroki bilan ajralib turdi. Davlatimizning xorijiy hamkorlar bilan muloqotlari izchil davom etdi, strategik aloqalar mustahkamlanib, qator dolzarb tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur davr O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, tashqi siyosatdagi pragmatik va ochiq pozitsiyamiz samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.
Bugungi brifingda Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan iyun oyi davomida amalga oshirilgan asosiy tashqi siyosiy faoliyat yo‘nalishlari, tashabbuslar, xorijda vaqtincha va doimiy yashayotgan yurtdoshlarimiz bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlar, ko‘rsatilgan konsullik-huquqiy yordam va erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

👍13👏6❤4🔥4🙏1
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 8-9-iyul kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.
Kun tartibidan Gruziya Rahbariyati, Parlamenti Raisi, tashqi ishlar vaziri va qator tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

👍16
🇺🇿🤝🌐
BRICS Media Forumida “BRICS va O‘zbekistonning axborot diplomatiyasi” mavzusida nutq so‘zladik. Media va kommunikatsiyaning global hamkorlik va mintaqaviy taraqqiyotdagi o‘rni tobora ortib borayotgan bugungi davrda, bu masala alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Forum doirasida qator mamlakatlar OAV rahbarlari, aql markazlari, innovatsion kompaniyalar va yetakchi ekspertlar bilan samarali muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlar axborot sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, tajriba almashish va mintaqalar o‘rtasida mustahkam axborot aloqalarini yo‘lga qo‘yish da muhim qadam bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida ochiqlik, taraqqiyot va axborot erkinligi yo‘lidagi islohotlari bilan tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Davlatimiz Rahbari boshchiligida yurtimizda media sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda 2400 dan ortiq OAV faoliyat yuritmoqda, ularning 65 foizi xususiy. Har yili 2000 ga yaqin xorijiy jurnalistlar mamlakatimizga tashrif buyurmoqda. Bu yurtimizda erkin va ochiq axborot makoni shakllanayotganining yaqqol dalilidir.
O‘zbekiston BRICS+ hamkori sifatida so‘z erkinligini, barqaror rivojlanishni va inklyuziv axborot maydonini targ‘ib qilishda faol ishtirok etmoqda. Biz BRICS OAVlari orqali taraqqiyot, madaniyat va mintaqaviy birdamlik haqidagi ijobiy hikoyalarni dunyo bo‘ylab yoyishga ishonamiz.
Axborot diplomatiyasi bizga o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish, barqarorlikni mustahkamlash va umumiy taraqqiyot sari yo‘l ochadi. BRICS+ doirasidagi hamkorlik esa bu borada yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda.

👍7❤4👏3⚡1🔥1😍1
Forwarded from Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
O‘zbekiston so‘nggi yillarda Afrika davlatlari bilan faol diplomatik aloqalar o‘rnatmoqda. Tashqi ishlar vazirligi Gazeta’ga Afrika qit’asiga qiziqish ortib borayotgani nima bilan bog‘liqligi va hamkorlik rejalari haqida ma’lumot berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/africa/
Telegram | Instagram | YouTube

👍9👏3❤1😢1
Forwarded from "Dunyo" AA. O`zbekiston. Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston Bunyodkori — Davlatimiz Rahbari 68 Yoshda
O‘tgan bir yil davomida ham Yangi O‘zbekiston manfaatlari yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi, xalqaro maydonda dolzarb tashabbuslar ilgari surildi, hamkorlik dinamikasi yanada oshdi, Oliy darajada qator tashriflar amalga oshirildi, aloqalar mustahkamlandi.
Har bir muloqot — Yangi O‘zbekiston manfaatlariga, xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda!
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube

❤5👍4⚡2
Tailand va Kambodja o‘rtasida yuza kelgan holat bo‘yicha OAVlarda kelib tushayotgan savollar yuzasidan:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Biz barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiramiz.
Mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror bo‘lib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslikni va rasmiy xabarlarni kuzatib borishni so‘raymiz.
Favqulodda vaziyatlarda Bangkokdagi Bosh konsulxonamizga (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Vazirlik vatandoshlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etadi.
***
В связи с поступающими в СМИ вопросами по ситуации между Таиландом и Камбоджей:
Министерство иностранных дел Республики Узбекистан внимательно следит за ситуацией, сложившейся в связи с вооружённым столкновением на границе между Таиландом и Камбоджей. Мы призываем все стороны к мирному урегулированию конфликта и соблюдению норм международного права.
По данным Генерального консульства Узбекистана в Бангкоке, среди граждан Узбекистана, проживающих в Таиланде и Камбодже, пострадавших нет. Обстановка в столице Таиланда и туристических регионах остаётся стабильной, угроз для иностранных туристов не наблюдается.
Вместе с тем, настоятельно рекомендуем гражданам Узбекистана воздержаться от поездок в приграничные с Камбоджей районы и следить за официальными сообщениями.
В случае чрезвычайных ситуаций можно обратиться в Генеральное консульство Узбекистана в Бангкоке по телефонам: (+66-2) 675-3995 или (+66-2) 675-3996.
Министерство продолжает принимать все необходимые меры для обеспечения безопасности наших соотечественников.
***
Regarding media inquiries about the situation between Thailand and Cambodia:
The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan is closely monitoring the situation following the armed clash on the border between Thailand and Cambodia. We call on all parties to resolve the conflict peacefully and to adhere to the norms of international law.
According to the Consulate General of Uzbekistan in Bangkok, there are currently no reported injuries among Uzbek citizens residing in Thailand and Cambodia. The situation in the Thai capital and tourist areas remains stable, and there is no threat to foreign tourists.
At the same time, we strongly advise Uzbek citizens to refrain from traveling to areas bordering Cambodia and to follow official updates.
In case of emergency, please contact our Consulate General in Bangkok at: (+66-2) 675-3995 or (+66-2) 675-3996.
The Ministry will continue to take all necessary measures to ensure the safety of our citizens.

❤5👍5🔥1