Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
6.73K subscribers
12K photos
1.13K videos
149 files
3.2K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
⚡️ O‘qishni (ichki) ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi

🔰 Xabaringiz bor, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlandi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#LIVE
#kasbiy_imtihon

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo’nalishi nazariy imtihon jarayonlari boshlanishdan oldin har bir abituriyent tekshiruv jarayonlaridan o’tishmoqda

☑️ Imtihon o‘tkaziladigan hududlar to‘liq kamera kuzatuvida va https://live.tdpu.uz/ platformasi orqali real vaqt rejimida toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish imkoniyati yaratilgan.

🌐 @TDPU_UZ
#TDPU | #Kasbiy_imtihon

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Chaqiriqgacha harbiy ta’lim yo’nalishi nazariy imtihonlarga kirish oldidan abituriyentlar jarayonlar bilan tanishtirildi hamda imtihon vaqtida har bir abituriyent uchun ajratilgan individual raqamlangan joylarga joylashtirdi va belgilangan aniq vaqtda nazariy imtihon jarayonlari boshlandi .

Jumladan, ijodiy (kasbiy) imtihonlarni shaffof o'tkazilishini ta'minlash maqsadida uzluksiz ishlaydigan kuzatuv kameralari o'rnatilgan boʻlib, https://live.tdpu.uz/ sayti orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

🔹 Tashrif buyuradigan ota-onalarning kutishlari uchun barcha sharoitlarga ega alohida kutish maydonlari tashkil etilgan.

🌐 @TDPU_UZ
#LIVE
#nazariy_imtihon

☑️ Imtihon o‘tkaziladigan hududlar to‘liq kamera kuzatuvida va https://live.tdpu.uz/ platformasi orqali to’g’ridan-tog’ri respublikamizning hohlagan hududidan turib jarayonlarni bevosita kuzatishingiz mumkin.

☑️Ota-onalar uchun kutish maydonlari tashkil etilgan bo‘lib, maydonga o‘rnatilgan monitorlarda kuzatuv kameralari orqali imtihon jarayonlarini kuzatib borishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

🌐 @TDPU_UZ