Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
6.74K subscribers
12K photos
1.13K videos
149 files
3.2K links
Download Telegram
⭕️ #kun_qahramoni #tdpu_yoshlari

Olg'a TDPU yoshlari!

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi To'raqulova Durdona Bahodirovna 18-19- aprel kunlari Karate bo'yicha O'zbekiston chempionatida uch marta 1-o'rinni qo'lga kiritdi va 7 karra O'zbekiston chempioni bo'ldi.

Tabriklaymiz!
​​⭕️ #yoshlar_oyligi #tdpu_yoshlari

Aziz yoshlar, “Yoshlar va salomatlik” oyligiga start berildi

Siz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasimisiz? Unda “Yoshlar va salomatlik” oyligida faol ishtirok eting!

Oylik doirasidagi tadbirlar 30 kun davomida har kuni o'tkazilib, ular quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi:

Sport sog'lomlashtirish tadbirlari;
Ko'ngilochar ijodiy dasturlar;
Psixologik seminar-treninglar;
"Balli qizlar", "Balli yigitlar" ko'rik tanlovlari;
"Zakovat" intelektual o'yinlari;
Debat (Munozara);
QVZ shou;
Vatanparvarlik mavzusidagi kinofilmlar;
Kitobxonlik tanlovlari;
Milliy sport o'yinlari;
"Quvnoq startlar" musobaqalari tashkil etiladi.

“Yoshlar va salomatlik” oyligini ochilish marosimi joriy yilning 22 aprel soat 17.00da 9-TTJ maydonida bo'lib o'tadi.

Oylik doirasidagi barcha tanlov, musobaqa va tadbirlar karantin qoidalariga amal qilingan holda oʻtkaziladi.

“Yoshlar va salomatlik” oyligi doirasida eng faol ishtirok etgan fakultet yoshlari haqida O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi yoshlarga oid teledasturlarda ko'rsatuvning asosiy qahramoni sifatida yoritiladi. Shuningdek, universitet rektori tomonidan maxsus sovg'a va diplom bilan mukofotlanadi.

Tashkil etiladigan tadbir, musobaqa va tanlov kunlari va joylari oldindan e'lon qilib boriladi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
​​⭕️ #TDPU #Xalqaro_konferensiyasi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Badiiy ta’lim tizimida dolzarb muammolar, integratsiya va istiqbol tendensiyalari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.

Konferensiya vaqti: 2021-yil 22-aprel soat 15:00

Konferensiya elektron manzili:

https://us02web.zoom.us/j/3263630846?pwd=VGNLekZNTmtMaFJRem1TMEZaUEdGdz09

Identifikator: 326 363 0846
Parol: 123456

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
​​Университетимизнинг қадрли профессор-ўқитувчилари, ходимлари ва талабалари!

Юртимизда 2021 йилнинг ўтган даври мобайнида коронавирус инфекцияси бўйича эпидемиологик вазият мураккаблашиб, касаллик кўпроқ уюшган жамоаларда рўйхатга олинаётганлиги хамда улар орасида ОТМларининг талаба ва ўқитувчиларининг рўйхатга олиниши кўпаймоқда.

Бугунги кунда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетида дарслар карантин қоидаларига қатъий амал қилган ҳолда оффлайн ташкил этилмоқда.

Шу ўринда, Санитария эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизматининг тавсиялари асосида “СОVID-19” инфекцияси бўйича барқарор эпидемиологик вазиятни таъминлаш ва ушбу касалликни университетимиз талаба ва ўқитувчилар орасида тарқалишини олдини олиш мақсадида, барчага яна бир бора қуйидагиларни эслатиб ўтамиз:

- университетда карантин қоидаларига тўлиқ риоя қилиш, эрталабки фильтрни сифатли ўтказиш, дарсга киришдан аввал талабаларнинг тана ҳарорати ўлчанилиб, қўлларини антисептик воситалар билан ювилиши;

- юз ниқобларини ҳар 2-3 соатда алмаштириш, шамоллаш аломатлари бўлган талаба ва ўқитувчиларни дарсга қўймаслик;

- ўқув хоналарини танаффус вақтида тез-тез шамоллатиш, хлор сақловчи бирикмалар билан кундалик ва мукаммал тозалаш ишларини тўлақонли ўтказиш устидан қатъий назорат ўрнатилиши талаб қилинади.

Карантин қоидаларига риоя қилиб, ўзимизни ва яқинларимизни соғлигини асрайлик.
⭕️ #kun_qahramoni #tdpu_yoshlari

Olg'a TDPU yoshlari!

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi 102-guruh talabasi Dilfuza Bekova Polsha davlatida bo'lib o'tgan boks bo'yicha Jahon chempionatida 3-o'rinni egalladi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Tabriklaymiz!
⭕️ #TDPU #respublika_konferensiyasi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “ AKADEMIK SIDDIQ RAJABOV O'QISHLARI ” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi.

Konferensiya vaqti: 2021-yil 28-may soat 10:00

Konferensiya elektron manzili:

https://us02web.zoom.us/j/6806866877?pwd=azV3djl3V2FUREtHYVdlbDMzTXh2QT09

Identifikator: 680 686 6877
Parol: 668794

Batafsil ma'lumot:

O'zbekcha
Ruscha
Inglizcha

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
⭕️ #TDPU #yoshlar_masalalari

TDPU Chilonzor tumani maktablari bitiruvchilari uchun 3 bosqichli tadbir tashkil etdi.

Amaliy tadbir yoshlarni kasbga yo'naltirish, bitiruvchi talabalar bandligini ta'minlash va yoshlar ota-onalari bilan suhbat olib borish kabi masalalarga yechim bo'ldi.

Batafsil »

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
​​⭕️ #TDPU #El_yurt_umidi_foundation #winner

TDPU dotsenti "El-yurt umidi” jamg'armasi stipendiati bo'ldi.

"El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining 2021-yil 22-apreldagi 2-son qaroriga asosan Jamgʻarmaning matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari boʻyicha stajirovka va malaka oshirish dasturlari 2021-yildagi birinchi stipendiya tanlovi natijalariga koʻra jami 108 nafar nomzodlar “Jamgʻarma stipendiati” sifatida eʼtirof etilib, gʻolib deb topildi.

Shular ichida fizika-matematika fakulteti algebra, geometriya, matematik analiz kafedrasi dotsenti, fiz-mat.f.n. Ismailov Shuxrat Noraliyevich ham bor.

Ilmiy va kasbiy faoliyatda ilg'or bo'lgan Ismailov Shuxrat Noraliyevichni tabriklab, unga kelgusida yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
​​⭕️ #TDPU_rektori #New_Uzbekistan

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarovning, Yurtboshimiz yoshlar masalalari yuzasidan topshirgan vazifalari ijrosi, universitetga biriktirilgan hududlardagi yoshlar bilan olib borilayotgan jarayonlar yuzasidan yozgan maqolasi bilan "Yangi O'zbekiston" gazetasining 82-sonida yaqindan tanishishingiz mumkin.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
​​⭕️ #national_clothes_show

Ochiq osmon ostida milliy liboslar koʻrgazmasi tashkil etiladi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 29-aprel soat 17.00 da universitet hovlisida milliy liboslar koʻrgazmasi tashkil etiladi.

Oʻzbek qizlari va ayollari azal-azaldan betakror ibo-hayosi, donoligi va milliy liboslardagi goʻzalligi bilan dovrugʻ qozongan.

Atlas, adras, banoras, beqasam, shoyi kabi milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga husn, koʻrkiga koʻrk qoʻshadi.

Bu kabi liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarga, milliy liboslarimizga boʻlgan hurmat tuygʻularini yuksaltiradi.

Libos nafaqat, insonga koʻrk bagʻishlaydi, balki uning odob-axloqi, dunyoqarashi, feʼl-atvori, maʼnaviyatini, umuman, qanday inson ekanligini namoyon etuvchi vosita hisoblanadi. Tashqi qiyofaga eʼtibor, ichki maʼnaviy goʻzallikning ifodasi hisoblanadi.

Koʻrgazma karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etiladi.
Barcha fakultetlardan 10 nafar talaba milliy liboslarda ishtirok etadi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram