Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
6.74K subscribers
12K photos
1.13K videos
149 files
3.2K links
Download Telegram
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-28 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Davlatimiz rahbari oddiy aholining hayoti ularni o‘ylantirayotgan kamchiliklar yuzasidan Bog‘dod tumani mahallalarida aholi bilan dildan suhbat qildi.

Uchrashuvda Davlatimiz rahbariga ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Diyoraxon Turg‘unboyeva TDPU Magistratura yo‘nalishiga hujjat topshirganligi va kelajakda yetuk pedagog kadr bo‘lib yetishish maqsadida o‘qishga kirish istagini bildirdi. Davlatimiz rahbari “Bo‘ldi Prezident nomidan grant asosida o‘qishga qabul qilindingiz” deya Dilyoraxonni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qo‘llab quvvatladilar.

Bugun Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov va TDPU rektori A.Qirg‘izboyevlar tomonidan Dilyoraxonga 2023/2024-o‘quv yilida TDPUning “70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” magistraturaga grant asosida qabul qilinganligi bo'yicha sertifikatni tantanali ravishda topshirdilar.

🌐 @TDPU_UZ
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli abituriyentlar!

Ertadan respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi — necha yillar davomida olgan bilimlaringiz sinovdan o‘tadi.

Albatta, bu hayotingizdagi eng hayajonli damlar, shunday bo‘lsa-da, imkon qadar xotirjamlikni saqlang: bor imkoniyatingiz, kuchingizni ishga solib, bilimingizni namoyon qiling, o‘zingizga ishonchni yo‘qotmang! Siz hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun yaratilgansiz, unutmang!

Sizning iqtidoringiz, ko‘zlagan maqsadingiz sari intilishingiz, mehnatingiz zo‘r natijalarga olib kelishiga ishonaman! Sizga imtihonlarda omad va muvaffaqiyatlar tilayman.

Ibrohim Abdurahmonov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik

—————

Уважаемые абитуриенты!

С завтрашнего дня во всех регионах нашей республики начнутся вступительные экзамены в высшие образовательные учреждения – будут испытаны полученные за эти годы знания.

Конечно, это самые волнующие моменты в вашей жизни, но используйте все возможности, свои силы, покажите свои знания, не теряйте уверенности в себе! Не забывайте - вы созданы для того, чтобы преуспеть в жизни!

Я верю, что ваш талант, стремление к цели и трудолюбие принесут отличные результаты! Желаю удачи и успехов на вступительных экзаменах.

Иброхим Абдурахмонов,
Министр высшего образования, науки и инноваций, академик

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tayinlov: TDPU Axborot resurs markaziga direktor tayinlandi

Bugun, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining buyrug'iga asosan, universitet Axborot resurs markaziga Mahmudova Komila Zairovna direktor etib tayinlandi.

Bunga qadar Komila Mahmudova Axborot resurs markazi direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Universitet birinchi prorektori F.Madraximova tomonidan ARMning yangi direktori jamoaga tanishtirildi va muvaffaqiyatli faoliyat tiladi. Shuningdek, jamoa bilan birgalikda samarali ish faoliyati olib borilishida universitet tomonidan doimo qo'llab-quvvatlash aytib o'tildi.

🌐 @TDPU_UZ
#Test_2023🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Bugun, yurtimizdagi barcha abituriyentlar uchun uzoq kutilgan hayajonli kunlar boshlandi. Yangi o'quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari start oldi.

🇺🇿Shu boisdan ota-onalar va abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasidan iborat "maxsus guruh" shakllantirildi. Mazkur guruh ota-onalar bilan suhbatlar olib bormoqda, sotsiologik so'rovnomalar o'tkazib, madaniy tadbirlar tashkil qilinmoqda.

🗣️Jarayon juda qizgʻin. Universitet tomonidan ota-onalarini salqin joylarda o‘tirib, farzandini ekran orqali testda ishtirok etayotganligini ko‘rishlari uchun barcha qulayliklar sharoit yaratilgan.

🚻Psixologlar tomonidan olib borilayotgan qiziqarli treninglar, psixologik xizmatlar ota-onalarga koʻtarinki kayfiyat ulashmoqda.

🌐@ TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE | #TDPU

Xabaringiz bor 1-avgustdan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Test sinovlari 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

🇺🇿Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga OTMlarga kirish imtihonlari jarayonlarida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari tashkil qilish maqsadida UzEXPO markazi hududidan joy biriktirilgan.

Hozir ushbu manzil test sinovlari uchun to‘liq tayyor holga keltirilgan. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingan, havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan, test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan. Shu bilan bir qatorda abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozga chiqarish imkoniyati mavjud, test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

🌐 @TDPU_UZ
#LIVE | #2_smena | #TDPU
#Davomi | #Boshi_avvalgi_postda

Avval xabbar berganimizdek, bugun 1-avgustdan 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlariga kirish test sinovlari boshlandi. Test sinovlari 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga OTMlarga kirish imtihonlari jarayonlarida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari tashkil qilish maqsadida UzEXPO markazi hududidan joy biriktirilgan.

Hozir ushbu manzil test sinovlari uchun to‘liq tayyor holda. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingan, havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan.

Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan.

Shu bilan bir qatorda abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozga chiqarish imkoniyati mavjud. Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

🌐
@TDPU_UZ