Til va adabiyot ta’limi
2.43K subscribers
875 photos
147 videos
204 files
1.11K links
📍 “Тил ва адабиёт таълими” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan.

📍 Murojaat uchun: @TilAdabiyot_bot
Download Telegram
​​#qutlov

Япония халқаро ҳамкорлик маркази (JICE, Япония, Нагоя)дан Чика Икатуранинг Ўзбекистон халқига байрам табриги.

Поздравительное послание Чики Икатура народу Узбекистана от Японского агентства международного сотрудничества (JICE, Япония, Нагоя).

Биз билан қолинг/Оставайтесь с нами👇
https://t.iss.one/TAT_jurnal
#Qutlov

Vatanimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklab, sihat-salomatlik, baxt-u saodat, fayz-u baraka tilaymiz.

Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Yaratganning o‘zi barchamizni panohida asrasin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, ozodligimiz abadiy bo‘lsin!

Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qolsin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
🎉61👍1🔥1
#Qutlov

Hurmatli maktab muallimlari, oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari hamda jurnalimiz obunachilari!

Sizlarni yangi o‘quv yili bilan tabriklaymiz! Mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda kuch va shijoat tilaymiz!

***
Уважаемые учителя школ, преподаватели вузов, подписчики нашего журнала!

Поздравляем Вас с началом учебного года! Желаем Вам неиссякаемой творческой энергии, успехов во всех начинаниях, высоких профессиональных достижений.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
👍83🔥3👏1🎉1
#qutlov

🎊 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
"Til va adabiyot ta‘limi" jurnali tahririyati hayoti mazmunini o‘qituvchilik kasbidan topgan, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘liga umrini tikkan muallimlarni bayram bilan qutlaydi. Barchangizga sog‘lik-salomatlik, bag‘ri butunlik, ijodiy yutuqlar va oilaviy farovonlik tilaymiz. Farzandlar va shogirdlar kamolini, rohatini ko‘rib yurish har biringizga nasib etsin. Rahmat Sizga, ustozlar!

🎉 1-октября – "День учителя и наставника".
Редакция журнала "Преподавание языка и литературы"  поздравляет всех тех, для кого профессия учителя стала смыслом всей жизни, кто нашел своё призвание в  обучении и воспитании молодого поколения! Мы желаем Вам крепкого здоровья,  творческих успехов и благополучия! Спасибо Вам,  дорогие учителя!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
3🤝2👍1🎉1🙏1
#qutlov
#sana

🇺🇿 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun qutlugʻ boʻlsin!

❗️Jamiyatimizda qonunga itoatkorlikni qadriyat darajasiga ko‘tarishimiz kerak.

🧶 Qonunga hech kim bo‘ysunmayapti-ku, bitta men bo‘ysunsam, nima o‘zgarardi, deya beparvo qaradingizmi, butun jamiyatda qonunbuzarlik urchiydi.

🪢 Qonunga itoatkorlikni bugun Siz boshlab bering, ertaga men, keyin u... biz, siz, ular tarzida zanjir ulanib ketsin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
👍8🔥21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sana
#qutlov

🇺🇿 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun qutlug‘ bo‘lsin!

‼️ Milliy madhiyamizni yapon yigiti Tomoki Ogava kuylayapti. U o‘ziga o‘zbekcha ism-familiya ham qo‘yib olgan – Odiljon Ogaev! Bir yarim yilda o‘zbek tilini shu darajada o‘rganibdi.

Vatan qo‘shig‘ini Siz ham kuylang! O‘quvchilaringizni madhiyani aytishdan uyalmaydigan avlod qilib tarbiyalang. Shunda millat qudratiga qudrat qo‘shiladi.

Sayt
| Telegram | Murojaat | Muhokama
🔥52👍2👏2🥰1
#qutlov

Yangi 2025-yilda ham “Til va adabiyot ta’limi” jurnali jamoasi Siz aziz ustoz-muallimlar bilan ijodiy hamkorlikni davom ettirishdan mamnun.
 
Sevimli jurnalingiz yangi yildan yangi dizaynda, yangidan-yangi rukn va loyihalar bilan qo‘lingizga yetib boradi.
  
Hamisha qaddingiz tik, qadringiz baland bo‘lsin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
🔥14👍43🤩3
#qutlov

Yangi yil qutlugʻ boʻlsin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
👍95🔥2🥰2
#qutlov

⁉️ "Til va adabiyot ta’limi" jurnali jamoasining bayram archasini e’tiboringizga havola qilib, kimlarni taniysiz, degan savol qo‘ygandik. Muharrir Nigora O‘ralova hamda dizayner Gulnoza Valiyeva eng ko‘p ovoz to‘pladi. Tabriklaymiz!👏

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
👍196🤩3
#qutlov

Yilboshi – Navroʻz muborak boʻlsin!

Turkiy muchal boʻyicha
ilon (xazina) yili qutlugʻ kelsin!

Ilon folklorda donolik timsoli boʻlib, xazinani qoʻriqlab yotishi aytiladi. Yangi yilda barchamizning bilimimiz ham, bisotimiz ham, koʻnglimiz ham boyisin! 🤲

🌐 Sayt ✈️ Telegram Murojaat Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥2
🌙 #qutlov

🌙 Ramazon hayiti qutlug‘ bolsin!

Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar bo‘lsin!

Sidqidildan qilgan duo va niyatlarimiz, ehson va amallarimizni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul aylasin!

Ilohim, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!

Yaratganning o‘zi el-yurtimizni panohida asrasin!

🌐 Sayt ✈️ Telegram Murojaat Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥1🤩1