Til va adabiyot ta’limi
2.43K subscribers
825 photos
135 videos
204 files
1.06K links
📍 “Тил ва адабиёт таълими” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan.

📍 Murojaat uchun: @TilAdabiyot_bot
Download Telegram
#Savol
#Maqola

Siloqchi nima degani?

Yurtimizda tib ilmi qadimdan rivojlangan. Soha xodimlari tor ixtisoslikka ajralgan holda xizmat ko‘rsatgan.

Masalan, siniqchilar hozirgi tilda aytganda travmatologlar bo‘lib, suyakning sinishi, darz ketishi, chiqishi va etning lat yeyishi kabilarni davolagan.

“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2024-yil 7-sonida chiqqan “Tibbiy birliklarning nominativ va lingvomadaniy tavsifi” (BuxDU dotsenti, PhD Muyassar Navro‘zova) maqolasida yana boshqa qiziqarli ma’lumotlar ham keltirilgan.

Xo‘sh, siloqchilar qanday ixtisoslik egasi bo‘lgan? Ular nima ish bilan shug‘ullangan? Javoblaringizni izohda yozib qoldiring 👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#maqola

Qaysi imlo lug‘ati to‘g‘ri?

So‘z boshidagi qo‘sh undoshlardan faqat bittasi ifodalanishi lozim: ssenariy emas – senariy, ssintigramma emas – sintigramma kabi. Boshqa muammoli holatlar bo‘yicha qanday yo‘l tutilishi lozimligini bilmoqchimisiz?

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali 2024-yil 8-sonida chop etilgan "Lug‘at qonunchiligi tushunchasi va o‘zbek me’yoriy lug‘atchiligi muammolari" (f.f.d. Bashorat Bahriddinova, Sharifa Nabiyeva) maqolasini o‘qing.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3061

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#maqola

“Alifbo tashvishini bolalarimizga meros qoldirmasligimiz zarur” – Qozoqboy Yo‘ldоsh o‘rtoq turkiy alifbo haqida

"O‘rtoq turkiy alifboning qabul qilinishi bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradi, albatta. Mana, biz 35 yildan beri yangi alifbodagi to‘rt harfni qanday ifodalash borasida bir to‘xtamga kelolmay, tortishib yotibmiz..."

📌 “Til va adabiyot ta’limi” jurnali 2024-yil 9-sonida chiqqan “Milliy qiyofani saqlab qolish sharti” (Qozoqboy Yo‘ldosh) maqolasini o‘qing.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3080

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#maqola

“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2024-yil 8-sonida lug‘at qonunchiligi va o‘zbek me’yoriy lug‘atchiligi muammolariga bagi‘shlangan maqola chop etilgandi.

📌Tahririyat dolzarb mavzuni yana davom ettirib, yangi 9-sonida O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudovning “Til, alifbo va imlo tanosibi” maqolasini e‘lon qildi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#maqola

Ona tilini saqlab qolish uchun kurash o‘zbek xalqining keyingi asrlardagi hayotida doimo kun tartibida bo‘lib keldi.

"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2024-yil 10-sonida filologiya fanlari nomzodi Nilufar Namozovaning “... Hanuz jiddiy tadbir ko‘rolmadik” maqolasida o‘zbek tili uchun bir yarim asrlik kurash tarixiga qisqacha nazar tashlanadi.

"...Ibrohim Rahim “Guliston” jurnaliga muharrir bo‘lgach, “revolutsiya” – “inqilob”, “redaksiya” – “tahririyat”, “avtor” – “muallif”, “poeziya” – “nazm” yoki “she’riyat”, “proza” – “nasr”, “filosofiya” – “falsafa” tarzida ruscha so‘zlarning o‘zbekchasi muomalaga kiritiladi. Bu, albatta, “rus tiliga nisbatan qo‘pollik” deb qabul qilinib, jurnal bosh muharriri Ibrohim Rahim millatchi tamg‘asi bilan ishdan olinadi..."

BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#jurnal
#maqola

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali o‘zbek lug‘atshunosligi muammolariga bag‘ishlangan maqolalarni berishda davom etadi. Nashrning 2024-yil 10-sonida Qarshi davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Munira Nabiyevaning "Bulduruqmi yoki bulduriq? – Bir so‘z imlosi izidan yoxud adabiy tilda ortogrammalarning mutlaqlashuvi" maqolasi e’lon qilindi:

“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning “Asos va qo‘shimchalar imlosi” bandida quyidagi qo‘shimcha eslatma bor: “undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz – uzuq, yut – yutuq kabi. Lekin uvushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi” [2: 12]. Xuddi shu imlo lug‘atining o‘zidayoq bu fikr inkor etilgan holda bulduriq so‘zi bulduruq tarzida beriladi. Ayni bir imlo kitobimiz o‘z-o‘zini inkor etishi kitobxon uchun achinarli hol emasmi?

👉 BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#maqola

Ketma-ketlikmi, ketmaketlik – qay biri to‘g‘ri, bizga yechim bering!

❗️"Mutasaddi mas’ullardan so‘raymizki, maktab o‘qituvchisi sifatida bizga qaysi lug‘at amalda ekanligini tasdiqlovchi qaror va amaliy ijro kerak. Eng asosiysi, darsliklar imlosi bitta lug‘at asosida tuzilsin. Bir-birini rad etuvchi imlo lug‘atlar faqat va faqatgina savodsizlikni urchitadi!" deb yozadi Dildor Nurmuhamedova "Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2024-yilgi 12-sonida.

🖥 BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola

📌 Chelak, Buyrak, Cho‘michli – etnotoponimlarning kelib chiqishi tahlili

Yurtimizda joy nomlari ko‘p bahslarga sabab bo‘ladi. Ayrim hududlarda bo'lar-bo'lmasga tarixiy toponimlarni olib tashlab, dilkusho-yu sarbonga o‘xshash chuchmal nomlarni qo'yishmoqda. Bu xalqni ildizidan ayirish bilan teng. Qaytanga, yosh avlodga eski toponimlar ma'nosini tushuntirish va bundan faxr uyg‘otish kerak. Ushbu jarayonda Siz muallimlarning rolingiz beqiyos.

“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2024-yilgi 12-sonida Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi Oybek GADOYEV joy nomlarining turkiy urug‘-qabilalarga bog‘liqligini Payariq tumani misolida tahlil qilgan.

🔣 BATAFSIL

📱 Sayt 📱 Telegram 📱Murojaat 📱 Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola

“Yaxshilig‘” g‘azali yozilishiga qaysi voqealar sabab bo‘lgan?

🔥 Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar bu maqolani albatta o‘qishi kerak!

✏️ Muallif: Ergash OCHILOV, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi

Maqola “Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2024-yilgi 12-sonida chiqqan.

🔣 BATAFSIL

📱 Sayt 📱 Telegram 📱Murojaat 📱 Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola

📣 “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovi I o‘rin sohibi Komila RAJABOVAning maqolasi "Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2025-yil 1-sonida e‘lon qilindi.

🔠 BATAFSIL

🌐 Sayt ✈️ Telegram Murojaat Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola
#tavsiya

⚠️ Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar albatta o‘qisin!

Garchi “esse” soʻzini hali aqlimiz qabul qilolmayotgan, tilimiz va tabiatimizga yot unsurdek tuyulayotgan boʻlsa-da, oxirgi paytlarda bu soʻz tez-tez qulogʻimizga chalinyapti. Janrning aniq, keskin taʼrifi, xususiyatlari, chegaralarining yoʻqligi ham bu janrdan tushunib-tushunmay foydalanish, uni ocherk, adabiy oʻy, maqola yoki firqalardan ajratolmay, duch kelgan yoziqni esse deb atayverishga sabab boʻlyapti.

BATAFSIL

🌐 Sayt ✈️ Telegram Murojaat Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola
#Behbudiy

🔥“5 avgustda Yangi Chorsu mahallasidaki choyxonada Abdulfattoh boybachchani noma’lum kishilar tafangcha ila otub qochubdurlar.

Maqtul otasidan qolgan ko‘b mollarni safohat yo‘lida sarf qilub, yomon odamlar ila qo‘shulushub yurgan ekanki, yomon rafiqlari bukun o‘zining boshig‘a balo bo‘libdi.

Idora:
Agarda otasi o‘qutsa edi, bolasi balo bo‘lmas edi”.

“Samarqand” gazetasi, 1913-yil 16-avgust

💠O‘zJOKU professori, filologiya fanlari doktori Halim SAIDOVning “Samarqand” gazetasi xalqning ko‘zini ochishga bois bo‘ldi" maqolasi “Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2025-yil 1-sonida chop etildi.

➡️ BATAFSIL

🌐 Sayt ✈️ Telegram Murojaat Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola
#savol

“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2024-yil 9-sonida o‘rtoq turkiy alifbo masalasiga bag‘ishlangan maqola chop etilgandi.

📌Tahririyat dolzarb mavzuni yana davom ettirib, yangi 1-sonida Turk dunyosi o‘rtoq alifbo komissiyasi a'zosi, pedagogika fanlari doktori, professor G‘ofir Hamroyevning "O‘rtoq turkiy alifbo: o‘zbek yozuviga ta'siri qanday bo‘ladi?" maqolasini e‘lon qildi.

Unda "Maktab ona tili darsliklarini tuzishda aholi hududiy talaffuzining tilga ta'sirini inobatga olish kerak" – deydi muallif.

👉Xo‘sh, bu borada qanday muammolar uchraydi? Orangizda maqolani o‘qiganlar bormi?

🌐 Sayt ✈️ Telegram Murojaat Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM