Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔔 Hurmatli ota-onalar!
⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.
🗣 Jumladan:
✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).
✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.
📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 📣 📣 📣 📣
🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI
📆 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.
‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.
❗️ Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.
⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
🖨 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot
❗️ DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.