Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
416 subscribers
6.16K photos
410 videos
53 files
1.31K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Olimpiada

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 66 NAFAR 10-SINF O‘QUVCHILARI OLIMPIADADA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔰Xabaringiz bor, joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📆5-6--noyabr kunlarida 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada o‘tkazilib, natijalar e‘lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 66 nafar 10-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi.

Hududlar kesimida:
Surxondaryo 7
Namangan 7
Farg’ona 7
Xorazm 6
Toshkent shahar 5
Qashqadaryo 5
Andijon 5
Toshkent viloyati 4
Sirdaryo 4
Navoiy 4
Buxoro 4
Samarqand 3
Qoraqalpog’iston 3
Jizzax 2

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada

XORAZMDA “VILOYAT HOKIMI OLIMPIADASI” BOʻLIB OʻTMOQDA

🔰 Bugun Urganch shahridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Viloyat hokimi olimpiadasi” boʻlib oʻtmoqda.

🔹 Mazkur olimpiada Xorazm viloyatidagi maktablarda taʼlim sifatini oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni bilimli, barkamol qilib tarbiyalash, xususan matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ularning iqtidorini rivojlantirib borish orqali oʻquvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, ularni maʼnan va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.

📌 Olimpiadani Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Sanʼat Salayev tantanali ravishda ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Xamro Bektemirov, “Mard oʻgʻlon” mukofoti sovrindori Sardor Bozorboyevlar soʻzga chiqib, mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun olib borilayotgan islohotlar, bugungi olimpiadaning tartibi va mazmuni haqida toʻxtaldilar.

💠 Olimpiadada 7-8-sinf oʻquvchilaridan 146 nafari matematika fanidan oʻzaro bellashmoqdalar.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan oʻquvchilar viloyat hokimligi tomonidan moddiy ragʻbatlantirilishi koʻzda tutilgan.

⚡️Olimpiada ishtirokchilariga omad tilab qolamiz.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk allomalar izidan” Respublika fan olimpiadasi haqida universitet prorektori Bahodir Ahmedovning “Bu kun” ko‘rsatuvida bergan intervyusi orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

⚡️ Shoshiling, olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom tadi.

🥇 Olimpiadada qatnashib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiriting va 20 million so‘mlik pul mukofotlari va 38 million so‘mlik grantlarni qo‘lga kiriting.

👉 Bog‘lanish: @newuucontact_bot

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universiteti tomonidan o‘tkazilgan olimpiadada Navoiylik o‘quvchi 20 million so‘mlik pul mukofoti sovrindori!

🏆 Bugun "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Nurota tumanidan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.

🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

#olimpiada #fizika #final

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_sayohatlari

🫥Joriy yilning 13-iyun kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi.

📝Ishtirokchilarga ko'ngilochar madaniy tadbir tashkil qilindi. Yuqorida tadbirdan qisqa videorolik.

Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:

telegram | instagram | facebook |you tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada

🔴 Bugun 5-8-SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA INFORMATIKA OLIMPIADASI bo’lib o’tmoqda.

Unda 216 nafar tuman (shahar) bosqichida g'olib bo'lgan va ixtisoslashtirilgan maktablardan tavsiya qilingan iqtidorli o'quvchilar ishtirok qilmoqda.

📌O‘quvchilarga mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan 36 ta topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berilib 20 nafar g'olib o'quvchilar tanlab olinadi.

To‘rtinchi (respublika) bosqich — viloyat bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 18-aprel kuni Urganch shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkaziladi.

❗️Ma'lumot uchun, Respublika bosqichi natijalariga ko‘ra 7-8-sinf o‘quvchilari orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchi Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

🌐 Telegram | Facebook
#olimpiada

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan Urganch davlat universitetining qo‘shma buyrug‘iga 26-27-aprel kunlari olimpiadalar
o‘tkazildi.

UrDU olimpiadasining
12 nafar g'oliblari orasida Agentlik tizimidagi maktablarimizdan 4 nafar o'quvchi:

🔭 Fizika fanidan:

▪️Yangibozor tumani IM bitiruvchisi Erkinov Dilshodbek -1-o'rin ;
▪️Bog'ot tumani IM bitiruvchisi To'xtaboyev Temurbek - 2-o'rin;

⌨️ Informatika fanidan:

▪️Bog'ot tumani IM bitiruvchisi Ibodullayev Tohirjon - 1-o'rin;
▪️Yangiariq tumani IM bitiruvchisi Bobojonov Asadbek -3-o'rinni egalladilar;

🔘Ma'lumot uchun: Fizika fani bo‘yicha 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTMning mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish va to'rt yili ham to'lab berilishi hamda

informatika va axborot texnologiyalari fanidan 1-3-oʻrinlarni egallagan sovrindor o'quvchilarni esa birinchi o‘quv yili uchun to'lov oliy ta’lim muassasalarining mablag'lari hisobidan amalga oshirilish vazifasi belgilangan.


🌐 Telegram | Facebook
👍3
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Ta’lim xabarlari
#Olimpiada

Asosiy fan olimpiadasining uchinchi hududiy bosqichi jadvali

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/15004/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
#Robo_Coding
#Olimpiada

⚡️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📌Olimpiadaning Xorazm viloyat bosqichi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etildi hamda unda viloyatdagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

⚙️Olimpiada nizomiga muvofiq o‘quvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk ko‘tarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yo‘nalishlarida bellashdilar.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

🥇1-o'rin - Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
🥈2-o'rin - Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi
🥉3-o'rin - Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi


Ma’lumot o‘rnida, “Robo-Coding” olimpiadasining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida hududiy bosqichi joriy yilning 25-yanvar kuni o‘tkaziladi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Olimpiada_savollari
#al_Xorazmiy_olimpiadasi
#aniq_fanlar

OLIMPIADANING TEST SAVOLLARI E'LON QILINMOQDA

⚡️ Xabaringiz bor bugun Respublikamiz boʻylab barcha tuman (shahar)larda al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

✔️Olimpiadada o‘quvchilar uchun aniq fanlar bo‘yicha 36 ta test savollari taqdim etildi.

Mazkur test savollarini e'tiboringizga havola etamiz:

7-sinf - matematika
8-sinf - matematika

🔴TEZ ORADA OLIMPIADA SAVOLLARINING VIDEO-YECHIMLARI E'LON QILINADI!

🗣Ma’lumot uchun mazkur olimpiadaning tabiiy fanlar yo’nalishi ertaga, 12-fevral kuni bo’lib o’tadi.

⚡️ Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM