Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.16K photos
410 videos
53 files
1.31K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

📝Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening

⚡️Shu yilning 6-7-noyabr kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning yopilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi.

📝Vazir mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan ustuvor vazifalar, oldimizda turgan muhim masalalar haqida to‘xtalib, Prezidentimiz bu borada barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

🗣Tadbir so‘ngida vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda rahbar kadrlar vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar, sohaga oid fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan murojaat etishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#oʻquv_trening
#kasbiy_rivojlanish

⚡️OʻQUV-TRENING MASHGʻULOTLARI BOSHLANDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari direktor o‘rinbosarlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va umumta’lim maktablariga tatbiq etilgan yangi baholash tizimini samarali joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlariga start berildi.

📍“Xalqaro va milliy tajribalar asosida o‘quv jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishini yanada takomillashtirish” mavzusidagi mazkur oʻquv-treningga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi mezbonlik qilmoqda.

🗓 Ikki kun davom etadigan oʻquv-trening mashgʻulotlarida ishtirokchilar:

Dars jarayonlarida raqamli ta’lim resurslaridan foydalanishni tashkil etish;

Fan kabineti va laboratoriya jihozlardan samarali foydalanish hamda laborantlarning dars jarayonlaridagi ish faoliyati va shu bilan bir qatorda fakultativ dars mashg‘ulotlarining samarali tashkil etish;

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali baholash hamda BSB va CHSB tahlillarining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati;

Normativ hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risida:Normativ hujjatlar bazasini yaratish va yangilab borish;

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars jarayonlarini tashkil etish, kuzatish, tahlil qilish;

Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining vazifalari kabi mavzular boʻyicha bilim va malakalarini oshiradilar.

Oʻquv-trening mashgʻulotlarini olib borishga Agentlik mutaxassislari, tizimdagi maktablarning yuqori malakaga ega pedagoglari, mahalliy va xorijiy ekspertlar jalb qilingan.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM