Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
414 subscribers
6.16K photos
410 videos
53 files
1.3K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Agentlik_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#1_kun
#Live

🔴 XORAZM VILOYATIDA JARAYONLAR URGANCH SHAHAR 1-IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIDA BO‘LIB O‘TMOQDA

Onlayn kuzating:

Смотрите "STEM olimpiadasi Urganch" на YouTube
https://www.youtube.com/live/KticMKf7ESg?feature=share
#live

🔴 Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tmoqda:

- Barchamizga yaxshi ma’lum, o‘quvchilarning barkamol shaxs va yetuk bilimdon insonlar bo‘lib voyaga yetishida maktab va boshqa ta’lim muassasalari qatorida maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining ham o‘rni beqiyos. Mazkur maskanlar o‘quvchilarimizning chin ma’noda ijod maydoniga aylanishi lozim.

Shu ma’noda bugungi uchrashuvimiz davomida maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish hamda ularga o‘quvchi-yoshlarni jalb etish bo‘yicha aniq strategiyani belgilab olishimiz zarur.

Bunda bolalarning ehtiyojlari hamda zamon talablari asosida ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat va nodavlat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlik, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini atroflicha o‘rganish, maktabdan tashqari ta’limdagi to‘garak va seksiyalarni samarali yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalarimizdan biridir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm
#Test
#Live

🔴 Bugun, 30-iyul kuniga rejalashtirilgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari va Ogahiy ijod maktabiga kirish imtihonlari Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida boshlanish arafasida. 

🔲 Test jarayonlari yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o'tkazilishi
barcha zarur choralar ko'rilgan holda barcha shart-sharoitlar ta'minlangan.

🔺30-iyul kuni  jarayonlar 1 ta smenada tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#live

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘quvchilar va yosh o‘qituvchilar forumi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvi boshlandi.

❗️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat hamda sohaning eng yetuk yosh pedagoglari ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
Forwarded from Tuproqqal'a.uz (Furqat Masharipov)
#LIVE #SpringDay #Avesto

Ayni damda Urganch shahridagi Avesto bog'-majmuasida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostidagi bayram saylida Tuproqqal'a tumani ham o'z pavilioni bilan ishtirok etmoqda.

Bo'lib o'tayotgan bayram saylida Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Raximov Tuproqqal'a povilioniga tashrif buyurib, tuproqqal'aliklarni Navro'z bayrami bilan muborakbod etdi.

Bayram sayli davom etmoqda.

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
1
Forwarded from Tuproqqal'a.uz (Furqat Masharipov)
#LIVE #SpringDay #Avesto

TUPROQQAL'A TUMANI G'OLIB!

2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramini o'tkazishdagi qo'shgan hissasi va faol mehnatlari uchun Tuproqqal'a tumani I darajali diplom bilan taqdirladi.

Bayramga tayyorgarlik ko'rishda mehnat qilgan barchaga minnatdorchilik bildirib, butun tuman aholisini sovrin bilan muborakbod etamiz!

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
👍5
#Live
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🥰1
#live

🔴 Ayni damda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari teatr jamoalari oʻrtasida o‘tkazilayotgan “Teatr – ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivalining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Brifing_Qabul_2024
#Live_

⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❇️ Ayni damda Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maʼlumot uchun, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍1
#live
#Xorazm
#New_uzbekistan_university

Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul imtihoni boshlandi!

Universitetga 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o‘qishga hujjat topshirgan talabalarni saralash imtihoni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatidan hujjat topshirgan 102 nafar abituriyentlar test imtihonlarini Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida topshirmoqdalar.

🕰 Test sinovlari 15:30 da boshlandi va 17:30 da tugaydi.

‼️ O‘n uchta hududda o‘tkazilayotgan imtihonlarni jonli tarzda kuzatish: https://test2024.uz/

🌐 Telegram | Facebook
#live
#Xorazm
#New_uzbekistan_university

Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul imtihoni boshlandi!

Universitetga 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o‘qishga hujjat topshirgan talabalarni saralash imtihoni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatidan hujjat topshirgan 102 nafar abituriyentlar test imtihonlarini Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida topshirmoqdalar.

🕰 Test sinovlari 15:30 da boshlandi va 17:30 da tugaydi.

‼️ O‘n uchta hududda o‘tkazilayotgan imtihonlarni jonli tarzda kuzatish: https://test2024.uz/

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Tuproqqal'a.uz
#live
#qovun_sayli

Ayni damda azim Xiva shahridagi "Ichan qal'a"da "Qovun sayli-2024" festivali bo'lib o'tmoqda.

Unda Tuproqqal'a tumani ham o'z povilioni bilan ishtirok etmoqda.

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

XORAZMDA "UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI"NING SHO'BA MASHG'ULOTLARIGA START BERILDI

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#LIVE
#QIZLAR_OLIMPIADASI

XORAZMDA MATEMATIKA
FANIDAN QIZLAR OLIMPIADASI BO'LIB O'TMOQDA

📊Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida Qizlar olimpiadasining (matematika fani bo‘yicha) viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu olimpiadada viloyat bosqichida  5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-10-11-sinflardan 1-2-3-o'rinlarni olib, g'olib bo'gan jami 9 nafar o'quvchi qizlar ishtirok etmoqda. Ular ikki bosqichda: dastlab yozma, so‘ngra test savollari doirasida bellashadilar.


Olimpiada jarayonlarini ushbu havola yordamida jonli tarzda kuzatishingiz mumkin👇👇👇

https://www.youtube.com/live/ttPr4qpmmho?si=RBsbpffVMtDJR9cA

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍51❤‍🔥1👏1
#live
#Xorazm

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari “Turon” maktab teatr jamoalari oʻrtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostidagi teatr tanlovining Xorazm viloyat bosqichi boshlandi.

Ushbu tanlovda 13 ta jamoalarning sahna asarlari namoyish qilinadi.

Jarayonlar Xorazm viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Ishtirokchilar_fikri



⚡️Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi "Xorijiy tillar" yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan o‘quvchilarning jarayon haqidagi fikri.

Batafsil videolavhada.

⚡️ Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#xalqaro_konferensiya
#live

⚡️XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BOSHLANDI

🤩Bugun, 4-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.

🗣Konferensiyaning ochilish marosimida Fargʻona viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati, masʼul xodimlari, taniqli ijodkorlar, ilmiy soha vakillari, oʻqituvchilar va iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etmoqda.


Mazkur yirik anjuman dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar, pedagoglar va amaliyotchilarni bir joyga jamlab, ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish usullari hamda strategiyalari, raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, loyihaga asoslangan ta’lim orqali nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etish metodikasi, mezonlarga asoslangan baholash tizimi kabi masalalar bo‘yicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalarini muhokama qilish, fikr almashishga imkon yaratadi.

📍 Konferensiyaga Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi mezbonlik qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1
#live

🔴 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:

— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,

— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;

— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.


⚡️ Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1