Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
425 subscribers
6.16K photos
410 videos
53 files
1.31K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#diqqat
#eslatma

📶 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda.

❗️Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda.

📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

✈️Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

🗺Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan ushbu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

⚡️"Siyosiy-ma’rifat soati"

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


✍️ Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

📱 Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/OyjKDP9JvSA?si=35k7PpQQvp23eVWH sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

https://t.iss.one/otabek_khasanov
👍3
#Diqqat_tanlov

“Men giyohvandlikka qarshiman” ko‘rik-tanloviga start berildi

📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy markaz bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostidagi ko‘rik-tanloviga start berildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, bu illatga qarshi murosasiz kurash kayfiyatini uyg‘otish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishlari bo‘yicha bilimlarini yuksaltirish, shuningdek ijodiy salohiyatini yanada oshirishdan iborat.

📍Mazkur tanlov 4 bosqichda: maktab, tuman (shahar), hududiy va Respublika bosqichlarida insho va tasviriy sanʼat yo‘nalishida o‘tkaziladi.

📌 Maʼlumot uchun:


Birinchi bosqich: umumtaʼlim maktablarida 4-fevraldan 10-fevralga qadar;

Ikkinchi bosqich: tuman (shahar)larda 15-fevraldan 25-fevralga qadar;

Uchinchi bosqich: 15-martdan 25-martga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda;

Yakuniy bosqich: Respublika bosqichi aprel oyida o‘tkaziladi.

❗️Barcha o‘quvchi-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Юлдуз Атаджанова
#Diqqat_eʼlon
#Xorazm_viloyati

AGENTLIK DIREKTORI O'RINBOSARINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 13-mart kuni soat 14:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktor o’rinbosari Shakirova Sevara Bahodirovna Xiva shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.


Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Amir Temur ko’chasi, 26/B -uy.
👍1
#Diqqat #Muhim

📌Ixtisoslashtirilgan maktablarga 5-sinf uchun qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi  21- sonli qarori va 2025- yil 28-fevraldagi 130 -sonli qarorga asosan kiritilgan o'zgarishlar bo'yicha amalga oshiriladi.
Bunga asosan 12 nafargacha bo'lgan o'quvchlar Prezident maktabi 2- bosqichida qatnashgan o'quvchilardan qolgan o'rinlarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlarida yuqori ball to'plagan o'quvchilardan saralab olinadi.

E'TIBOR BERING!!!

Hududdagi prezident maktabga onlayn hujjat topshirgan va prezident maktablari imtihonining 2-bosqichida  ishtirok etib o'qishga qabul qilinmagan 48 nafar o'quvchi ballar ketma-ketligida tegishli hududlardagi o'zlari hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

BU NIMANI ANGLATADI???

O'quvchining prezident maktablari 2-bosqichida
ishtirok etishi bu ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilindi degani emas!!!
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi uchun yuqori ball to'plagan 48 talikka kirishi kerak.

MISOL UCHUN
Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabni qo'shimcha qilib belgilagan 25 nafar o'quvchi prezident maktabi   2-bosqich imtihonida qatnashdi, lekin ularning  faqat 1 nafari yuqori ball to'plagan 48 nafar o'quvchi orasida bo'lsa faqat shu 1 nafar o'quvchi  ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinadi. QOLGAN 23 TA BO'SH O'RIN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB IMTIHONLARIDA YUQORI BALL TO'PLAGAN O'QUVCHILARDAN TO'LDIRILADI!!!

Shu sababdan ariza topshirganda ixtisoslashtirilgan maktabni o'ziga alohida ariza topshirishni unutmang.

Murojaat uchun telefonlar:
☎️97-299-88-40
☎️99-338-91-11
☎️99-964-11-86
👍1