Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
414 subscribers
6.16K photos
409 videos
53 files
1.3K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#trening
#Tuproqqal'a_IM

🔰 Agentlik tizimidagi Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 5-Green sinf o‘quvchilari bilan "5-sinf bo‘lish osonmi?" mavzusida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Psixolog: Saparova Saboxat.
👍7
#Amaliy_dars
#Tuproqqal'a_IM

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.
 
🔰05.10.2023 sanasida 10-Green sinf o‘quvchilari bilan informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy dars jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

🖥 Mavzu : Kompyuterning ichki qurilmalari.

🛠 dars jarayonida o'quvchilar ustozlari Raximova Nilufar yordamida kompyuterning ichki qurilmalarini o‘z qo‘llari bilan yig‘dilar.
Amaliy mashg‘ulot o‘quvchilarda katta qiziqish va taassurotlar uyg'otdi.

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
👏7
#PSIXOLOGIYA
#Tuproqqal'a_IM

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-Blue sinf o‘quvchilari bilan agressiv xulq-atvor profilaktikasi va xarakter aksentuatsiyasini korreksiya qilish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

🌹Psixolog Saparova Saboxat


🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺
👏71
#Bayrog‘imiz_32_yoshda
#Tuproqqal'a_IM

🇺🇿Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan " BAYROG‘IMIZ 32 YOSHDA " shiori ostida katta bayram tadbiri o'tkazildi.

📌 Tadbirda maktab direktori L. Matyaqubova so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod qildi.
🤝Tadbir davomida 10 Green va 10 Blue sinf o‘quvchilari o'rtasida harbiy musobaqa 🤼🏋🏹bo'lib o'tdi.
Yakuniy natijaga ko'ra:
🥇10 Blue jamoasi
🥈10 Green jamoasi
ga nasib qildi.


Tadbirga mehmonlar kichik serjant H. Islomov va
KBHX oddiy askar
I. Abdujabborov tashrif buyurishdi.


🌹Bayramingiz qutlug' bo'lsin, aziz yurtdoshlar!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
👍9🤣8👏41
#Psixologiya_olami
#Tuproqqal'a_IM

🏢
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi.


🎯Mazkur ta‘lim muassasasiga yangi qabul qilingan 5-A sinf o‘quvchilari bilan muntazam ravishda psixologik mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

📣 Jumladan 28.11.2023 yil sanasida o‘quvchilar bilan
" Shukronalik maktubi " korreksion mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda o‘quvchilarni biroz o‘ylanishga va o‘z-o‘zini tahlil qilishga undovchi metodlardan foydalanildi.

🎯 Maqsad: stressga tushishning oldini olish va kelajakga umid bag‘ishlash.

👩‍💻Psixolog Saparova Saboxat

🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
👏5❤‍🔥3👍1
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Tuproqqal'a_IM
#memorandum
           🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106–sonli Farmoni 3-bandi 4-5 xati ijrosini ta‘minlash , o‘quvchilarning  qiziqishidan kelib chiqqan holda, asosiy  o‘quv  dasturi bilan  birgalikda sinfdan  tashqari  kasbga   yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar  o‘tkazishni  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida, 🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Tuproqqal'a tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan 29-noyabr kuni maktabning  10-Blue sinfi o'quvchilari maktab psixologi Saparova Saboxat hamda maktab maslahatchisi Yusupova Latofat  hamrohligida poliklinikada amaliy sayohat o'tkazdilar.

🔬👓👁 Amaliy sayohat davomida o'quvchilar oftolmolog shifokor tomonidan amaliy sinov ko'rigidan o'tkazilib, ko'z nuri ravshanlik darajasini o'lchashning asosiy bosqichlari va zamonaviy apparatlar bilan ishlash yuzasidan boshlang'ich ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
👍4👏1
#Bizning_ustozlar

#Tuproqqal'a_IM

Saparova Saboxat Polvonnazarovna


🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Saparova Saboxat "Oila va xotin-qizlar " Ilmiy tadqiqod instituti kichik ilmiy xodimi.
Uning "O‘smirlar xulq-atvoriga hayotiy maqsadlarning ta‘siri" nomli maqolasi " JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH " ilmiy jurnalida chop etildi va Respublika "Oila va xotin-qizlar" ilmiy tadqiqot institutining sertifikati bilan taqdirlandi.


🌹BIZ SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!

🥰6👏4🤣2❤‍🔥1
#Bizning_ustozlar
#Tuproqqal'a_IM

Saparova Saboxat Polvonnazarovna

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
psixologi Saparova Saboxat Polvonnazarovnaning navbatdagi
" O‘smirlik davrida yengib o‘tuvchi xulq-atvoriga doir psixologik xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish " nomli maqolasi
" Ta‘lim innovatsiyasi va integratsiyasi " nomli Respublika ilmiy  jurnali 11-son 6-to‘plamida chop etildi.

💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫
🥰10🤣2❤‍🔥1👍1🎉1
#STEM_OLIMPIADASI
#TUPROQQAL'A_IM
#BIZNING_SHUNDAY_O‘QUVCHILARIMIZ_BOR


🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida 2024-yilning  23-24 fevral kunlari STEAM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🎯 Ushbu olimpiadada Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2 nafar o‘quvchisi faxrli o‘rinlarni egallab, hududlararo bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

🏆Quyida g‘oliblarimiz bilan tanishing:

🧮 Matematika fani bo‘yicha:

6-Green sinf o'quvchisi Xudoyberganova Go‘zalxon faxrli 🥉o'rinni;

9-Green sinf o‘quvchisi Eshchanov Hamidjon faxrli 🥇o‘rinni qo‘lga kiritdi.


🎷Ushbu o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalarini va ustozlarini g‘alaba bilan qutlab,  hududlararo bosqichida zafarlar tilaymiz!

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
👍7🤣1
#ochiq_dars
#Tuproqqal'a_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-GREEN sinf o‘quvchilari bilan navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti matematika fanidan joriy yilning 6-mart sanasida bo‘lib o‘tdi.

Mavzu o‘tilgan mavzularni mustahkamlash bo‘lib, bunda bir qator uslublardan faol foydalanildi.

Jumladan:

1⃣Antiqa mantiqiy savol( qonuniyatni topish orqali misollarni ishlash)
2⃣Geometrik figuralar yordamida odam rasmini chizish( qancha ko‘p shakl ishlatilishiga qarab baholash)
3⃣Baliqni teskari suzdir ( 3 ta cho‘pni o‘rnini almashtirish orqali)
4⃣ Mantiqiy savol ( matematik hisob- kitob orqali yil va oylarni topish)

O‘quvchilar 2 ta jamoada bellashdilar.
1. Ardenata jamoasi.
2. Absissa jamoasi.

🔰O‘qituvchi: oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Qalandarov Davron

🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵
❤‍🔥4👍1
#hashar
#TUPROQQAL_IM

Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari 18.03.2024 yil sanasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  ham boʻlib oʻtmoqda.

Unda barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilar faol ishtirok etib, taʻlim muassasalari binolari ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi
.

🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃
🤣5🥰1
#Tuproqqal'a _IM_
#Muhammad_Yusuf_70_

🏢Tuproqqal'a  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 26 -aprel kuni shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab "Muhammad  Yusuf- qalbimizda barhayot" nomli  tadbir o'tkazildi.

Tadbirda maktabning 7-8-sinf o'quvchilari shoir qalamiga mansub she'rlar, qo'shiq qilib ijro etilgan Muhammad Yusuf she'rlaridan namunalar aytib  chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Muhammad Yusuf she'rlari yosh avlod qalbida  vatanparvarlik,mehr va muhabbat tuyg'ularini jo'sh urdirib,doimo ezgulik tomon chorlab turaveradi . Zero shoir o'zi aytganlaridek  insondan :
"Mehr qolur ,muhabbat qolur!"
👍4
#qabul_2024
#Tuproqqal'a_IM
#2_kun_qoldi

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-2025 o’quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

💥 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.
#Bilimlar_kuni
#Tuproqqal'a_IM

🇺🇿 O‘zbekiston mustaqilligining 33 yillik bayrami yana bir katta shodiyona - 📚"Bilimlar kuni " ga ulanib ketdi.
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham " BIR BO‘LSAK YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK  VATANMIZ! shiori ostida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab direktori L.Matyaqubova so‘zga chiqib memonlarni bayram bilan chin dildan tabrikladi. Ota-onalar va yangi o‘quvchilar maktab shart-sharoitlari bilan tanishtirildi.

 
🎷Musiqa navolari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

🔔 Ilk qo‘ng‘iroq sadolari ostida dars mashg‘ulotlari boshlandi.

💠5-sinfga 24 nafar o'quvchi qabul qilindi.

👏9😢6👍21🎉1
#ota_onalar_yigilishi
#Tuproqqal'a_ixtisoslashtirilgan_maktabi

⚡️2024-yil 7-sentyabr sanasida 🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida umumiy ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Maktab Nizomi.
2. Ichki odob-axloq qoidalari( maktab formasi, mobil telefon, ovqatlanish)
3. Ota-onalarning huquq va majburiyatlari.
4. Maktabdagi yaratilgan shart sharoitlar va yangiliklar.

⚡️Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va ota-onalar o‘rtasida shartnoma tuzildi.

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
😢95
#Xon_atlas
#Tuproqqal’a_tuman_IM

Respublikamiz bo'ylab milliy libosga targ'ib ma'nosida "Xon atlas" festivali o'tkazib kelinmoqda.

🏢Jumladan, Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ham milliy qadriyatlarni ulug'lagan holda "Xon atlas" festivali bo'lib o'tdi va an'anaga aylandi.

👩🏻 Maktabimiz qizlari milliy kiyimlarda yanada chiroy ochishdi.

Bizni kuzatishda davom qiling
https://t.iss.one/T2022PIMA
❤‍🔥134👍3👏1
#Tuproqqal'a_IM
#CSB_JARAYONLARI

📣 Joriy yilning 28-29-30 oktyabr kunlari Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-11-sinf o‘quvchilariga  1-chorak CHSB imtihonlari 100% onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi va yakuniy natijalar e‘lon qilindi.

⚡️ Jarayonlar ZOOM platformasi orqali onlayn kuzatib borildi.

👏9👍41
#Kun_qahramoni
#Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktab
Karimboyeva Sevara
Ingliz tili fani bo‘yicha kun qahramoni 92 ball

@T_Nurmetov
17👍5😇4👏2❤‍🔥1
#Kun_qahramoni
#Tuproqqal'a tuman Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktab
Ataboyeva Mahliyo Komiljon qizi
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha kun qahramoni 82 ball

@T_Nurmetov
👍137🎉1
#Xorazm
#Tuproqqal'a_IM
#Natija

💥💥💥 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi 189 ball sohibi!!!

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf bitiruvchisi Saidjonov Lazizbek muddatidan oldin maksimal 189 ball to'plab, yuksak natijaga erishdi va oliy ta'lim muassasasiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilinish arafasida.

🎓 Saidjonov Lazizbek Oliy ta'lim muassasasalariga kirish imtixonlarida o'zi tanlagan yo'nalishi bo'yicha quyidagi sertifikatlarni qo'lga kiritdi:

💎 Tarix fanidan - A+
💎 Ingliz tili - IELTS 6.0
💎 Matematika - C+
💎 Ona tili va adabiyot - C+

🥳 Ushbu  ajoyib natijalar bilan Saidjonov Lazizbekni, uning fidoiy ustozlariga hamda ota-onasini chin qalbimizdan tabriklaymiz!!!

👏👏👏Biz siz bilan faxrlanamiz! Barakalla!!!👏👏👏

📲 Bizni kuzatishda davom eting. https://t.iss.one/T2022PIMA
👏27🎉6👍3❤‍🔥2💯2