Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
403 subscribers
5.96K photos
397 videos
53 files
1.25K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Bugun_xotira
#Omon_Matjon_80_yilligi

OMON MATJON 1943-yil 14-fevralda Xorazm viloyati Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida dunyoga kelgan.

Shoir adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
2006-yilda Omon Matjonga O‘zbekiston Xalq shoiri unvoni berilgan.

Omon Matjon 2020-yil 29-oktyabrda vafot etgan.



Dilimning rangini gul bilsa bo'ldi,
Mening kimligimni el bilsa bo'ldi.

Olis yulduzlarga sirrim aytmiram,
Nolishimni tonggi yel bilsa bo'ldi.

Ucharga har qushdan par topinmadim,
Parvozlar hadisin dil bilsa bo'ldi.

Jaholat mehrobi toshin o'pmadim,
O'shal bag'ri toshim til bilsa bo'ldi.

Damlar shikvasiga uchma,
omon bo'l,
Fazl-u kamolingni el bilsa bo'ldi.


🌐 Telegram | Facebook