Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
426 subscribers
6.16K photos
410 videos
53 files
1.31K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#MADHIYAM,MANGU YANGRA!

🇺🇿 1992-yil 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun.

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 10- dekabr sanasida mamlakatimiz madhiyasi qabul qilinganligining 3⃣2⃣ yilligi munosabati bilan "Madhiyam, mangu yangra" shiori ostida maʼnaviy tadbir boʻlib oʻtdi.

🎤 Tadbirni maktab direktori L.Matyaqubova ochib berdi va maktab pedagogik jamoasi hamda oʻquvchilar joʻrligida davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.

🇺🇿Inson qalbida oʻzgacha gʻurur va iftixor hissini uygʻotuvchi bu madhiyani kuylagan yosh avlod koʻzlarida kelajakka nisbatan ulkan ishonch va quvonch tuygʻulari yaqqol koʻrinib turardi.

🇺🇿 Tadbir 9-,,D,,sinf oʻquvchilari tomonidan maxsus ssenariy asosida yuqori kayfiyatda oʻtkazildi. Madhiyamizning yaratilish tarixi, musiqasi va sheʼri haqida maʼlumotlar berildi.

🎼 Tadbirda Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

🏵🏵🏵🏵🏵🏵
🏵🏵🏵🏵🏵🏵
👍5👏2