Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
372 subscribers
5.12K photos
342 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Direktorlar_Angliyada
#birinchi_kun

🗺Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

📝Unda:
Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi;
samarali boshqaruv uchun direktor va o‘qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so‘z bordi.

Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda bu borada o‘qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.

🗣Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o‘z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada
#2_kun

Xabar berganimizdek, bir guruh maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida kasbiy rivojlanish mashg’ulotlarida ishtirok etishmoqda.

❗️Bugungi treninglarda:

o’quvchiga yo’naltirilgan ta’lim,
maktab direktorlari uchun o’quvchining manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish hamda
o’quv dargohida bolalar uchun har tomonlama qulay muhit yaratish haqida so’z bordi.

🎗️Kunning ikkinchi yarmida esa ta’limdagi o’zgarishlar va islohotlarni amaliyotga joriy etishdagi risk va muammolar hamda ta’limda natijaga erishish uchun inobatga olinishi lozim bo’lgan jihatlar haqida seminar bo’lib o’tdi.

⚡️Eslatib o’tamiz, Portsmutdagi kasbiy rivojlanish mashg’ulotlari 2 hafta davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Direktorlar_Angliyada

Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etgan maktab direktorlariga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir avvalida har bir ishtirokchi o’z ta’lim muassasasini rivojlantirish bo’yicha loyiha ishini taqdimot qildi.

Shundan so’ng, har bir qatnashchi tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

❗️Shu bilan Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga tashkil etilgan kasbiy rivojlanish dasturi o’z nihoyasiga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM