Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#To‘lov_kontrakt2024

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍1
🟨🟨🟨🟨🟨

⚡️O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

🗣Ma’lumot uchun joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.


📝 Sovrindorlar bilan tanishing:

🥇Daler Rahimov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi - OLTIN MEDAL;

🥈Axror Baxodirov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;

🥈Saida Abdullayeva – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM  11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;

🥉Mirjahon Muhammadov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi - BRONZA MEDAL.

Ushbu yutuq bilan o‘quvchilarimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Гулом Ахмедов)
ПРОГНОЗ: 56,7+ ball toʻplagan har 2 ta abituriyentdan bittasi talaba boʻlishi kutilmoqda!

Keling, raqam bilan isbotlaymiz:

Joriy yilda umumiy hisobda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan;

Shundan amaldagi oʻtish balli – 56,7 dan koʻproq ball toʻplagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi;

Qabul kvotalar soni esa barcha taʼlim shakllari boʻyicha 200 mingga yaqin (194 ming 892 ta).

Bu degani, minimal oʻtish balli 56.7 ball ekanligini bilgan holda, hujjat topshirgan har 4 ta abituriyentdan bittasi, yohud 56,7 dan koʻproq ball toʻplagan har 2 ta abituriyentdan bittasi talaba boʻlishni tahmin qilishimiz mumkin!

❗️Xushxabarni hammaga tarqatib qoʻying!

❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent #tanlov2024


@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
👍2
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHIDA KUCHAYTIRILGAN O‘QUV-MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni vaqtda oromgohda iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz mazmunli hordiq chiqarmoqda. Yoshlarga 20 dan ziyod malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh.

Dam olish maskanida STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, "Zakovat" intellektual tanlovi yoshlarga o‘z bilimlarini namoyish etish va rivojlantirish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa, jurnalistika yo‘nalishida o‘tkazilayotgan seminarlarda o‘quvchilarga maqola yozish, intervyu olish va reportaj tayyorlash usullari o‘rgatilmoqda. Shu bilan birga psixologik, jamoaviy ishlash bo‘yicha treninglar ham o‘tkazilmoqda.

Oromgohda "Mohir qo‘llar", "Zakovat", rus tili, robototexnika, drama, suzish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, kiber sport, mini futbol, basketbol, voleybol, "Foord Renessans", "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍2