Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
429 subscribers
6.19K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
⚡️"Ustoz-2021" tanlovida g'olib bo'lgan o'qituvchilar Turkiyaga jo'nab ketishdi

Ayni damda "Ustoz-2021" tanlovi g'oliblari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Ma'lumot o'rnida: 2021-yilda o'tkazilgan mazkur tanlovda jami 29 850 nafar pedagog qatnashgan bo'lib, ulardan 40 nafari finalga yetib kelishgan.

Tanlovda 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi:

"Tashabbuskor ustoz" — Zakir Rozimov;

"Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun" —Rayxan Tulyakova;

"Umid timsoli" — Mehriniso Norova;

"Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi" — Dildoraxon Umurzakova;

"Matonatli ustoz" — Nilufar Olimova;

"Fidoyi ustoz" — Ulug‘bek Mamajonov;

"Mehridaryo ustoz" — Hilola Norova;

"Plyus 1" — Iqboljon Kamolov.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BOSHQARMA BOSHLIG‘I ICHKI ISHLAR VAZIRI TOMONIDAN TAQDIRLANDI

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish ishlariga qo‘shgan munosib xissasi hamda samarali hamkorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ko‘krak nishonini Ichki ishlar vazirligi nomidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i shaxsiy tarkib yig‘ilishida tantanali ravishda topshirdi.

Xamro Solayevichni ushbu mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👏1😢1
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

🟢YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar – 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

✔️ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 23-yanvardan boshlab topshirishingiz mumkin.

📞 Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E_lon

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar - 1-fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Xorazm viloyati bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo'sh o'rinlar:

Maktab maslahatchisi lavozimi (chet tili bilish sertifikati talab etiladi):
1. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
2. Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimi:
1. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo'yicha direktor o'rinbosari / Harbiy chaqiriqqa tayyorlash rahbari lavozimi:
1. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

🟢 Hujjatlarni 1-fevral kuniga qadar job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik olimpiadasining 1-bosqichiga START berildi.

📆22-yanvar kuni maktabda STEM fanlari (matematika , fizika, kimyo, biologiya,informatika)  olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi.

🔖Natijalar tez kunda e'lon qilinadi.
👏9❤‍🔥3😢1
Мактаб формаси ўқувчига нима беради?

Мактаб формасининг илдизи Буюк Британияга бориб тақалади. Айнан Англияда 1552 йилда ўқувчилар учун махсус кийимлар пайдо бўлган. Буюк Британия мактаб ўқувчиларининг формаси бутун дунёга машҳур бўлиб, аксар ҳоллардан ундан нусха олишади. 

Хўш, кийимда умумий стандарт ўқувчига нима беради?
У аввало ўқувчини интизомга ўргатади, Мактаб формасида болалар тартибли кўринишда бўлишади, уларда муносиб кўриниш одати шаклланади.
Бир хил кийим болалар орасида сўнгги урфдаги кийимлар билан мақтанчоқлик қилишнинг олдини олишда ҳам ёрдам беради.

Фотосуратларда юртимиздаги турли мактаблар ўқувчилари.
👏7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#taʼlim_islohoti

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etilmoqda.

Umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu tizimning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat;

Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati qanday;

Kengashning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga nimalar kiradi;

Kengash kimga hisob beradi-yu, qanday vakolatlarni amalga oshiradi?


👏 Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videorolikda siz mavzuga doir ko‘plab savollarga javob topasiz.

❗️“Direktorlar kengashi” — zamonaviy boshqaruv, mustaqil liderlar jamoasi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Vashingtondagi elchixonamiz oldida Abu Rayhon Beruniyga yodgorlik o‘rnatilibdi.

Aziz o‘quvchi, unutma tarix takrordan iborat. Bu millatdan necha necha buyuklar chiqgan. Yana chiqishiga ishonish va bu yo‘lda fidoiylik qilish kerak xolos.
👍4🎉2
#Agentlik_olimpiadasi

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik olimpiadasining 1-bosqich imtihoni davom etmoqda.

📆24-yanvar kuni maktabda STEM fanlari (matematika , fizika, kimyo, biologiya)  olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi.

🔖Natijalar tez kunda e'lon qilinadi.
👏14👍2😢2