Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
410 subscribers
6.35K photos
423 videos
53 files
1.37K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#matbuot_anjumani

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning yanvar oyidan boshlanib, iyul oyiga qadar davom etishi belgilandi


Bu haqda AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi:

Qabul shartlariga ko‘ra o‘qishga ariza topshiruvchi talabgorlardan ingliz tilini eng kamida V2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda talabgorlar IELTS 5.5, CEFR B2 va TOEFL iBT 46 kabi minimum natijalarga ega bo‘lishi kerak.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan abituriyentlarning ham arizalari qabul qilinadi. Ammo ular 26-avgustga qadar talab etilgan minimum darajaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatni qabul bo‘limiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Akademik litsey, kollej va maktablarning oxirgi sinf o‘quvchilari ham hozirdan o‘qishga ariza topshirishlari mumkin va ulardan 26-avgustga qadar bitiruv attestatini qabul bo‘limiga topshirishlari talab etiladi.

O‘qishga arizalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kibr xavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichiga qabul qilinadi.

Universitetda qabul imtihonlarida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga turli miqdordagi bir yillik grantlar ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#psixologik_trening

🏢Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 5-Green sinf o‘quvchilari bilan xotirani mustahkamlovchi va rivojlantiruvchi mashg‘ulot o‘tkazildi.

🔰Metod nomi : " Shulte jadvali "
📌Maqsad: Eslab qolish va qayta esga tushurish qobiliyatini rivojlantirish.

Psixolog: Saparova Saboxat.
5👍4👏1
#psixologik_trening

📣Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabining
5-A sinf o‘quvchilari bilan "Ustozlar o‘quvchilar nigohida" nomli mashg‘ulot o'tkazildi. Bu mashg‘ulotda o‘quvchilar o‘qituvchilarni o‘ziga xos sifatlari orqali topishdi.

Maqsad o‘quvchilar maktabdagi ustozlarini qanchalik tanishlarini aniqlash hamda obrazli tafakkurni rivojlantirishdan iborat edi.


Psixolog:Saparova Saboxat
6👏5
#Qizlar_olimpiadasi
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinflar o'rtasida Matematika fanidan "Qizlar Olimpiada" si bo'lib o'tmoqda.

📝 Olimpiada 2 bosqichdan iborat bo'lib, unda o'quvchilar Matematika faniga doir test va yozma ish topshiriqlarini bajarishlari talab qilinadi.

🌹Olimpiadada qatnashayotgan barcha o'quvchi qizlarimizga omad tilaymiz.

👍114❤‍🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube