Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
371 subscribers
5.13K photos
342 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar to‘g‘risida
✔️ Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish masalalari
✔️ “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi

✔️ Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
✔️ Biologiya fani o‘qituvchisi
✔️ Matematika fani o‘qituvchisi

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini C1 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga ma'suliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
@ToshkentPM_bot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Zakovat

✔️ 20-22-iyul kunlari Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.

⚡️Mazkur seminar hududiy boshqarma va bo‘lim rahbarlari uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.

◾️Jumladan, ishtirokchilar o‘rtasida tashkil qilingan "Zakovat" intellektual bellashuvida Xorazm viloyati MMTB boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdullayev sardorlik qilgan Xorazm jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

▪️Shuningdek, o‘quv-seminari jarayonlarida faol ishtiroki uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tomonidan sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
📣 25-iyuldan 31-iyulga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qabul va imtihon jarayonlari haqida ma’lumot berildi:

✔️ Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga, 28-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, 30-iyul kuni Ijod maktablariga hamda 31-iyul kuni Prezident maktablari uchun 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari katta sig‘imli 58 ta yopiq binoda o‘tkazilishi belgilangan.

📂 Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun 56 745 ta hujjat, Ijod maktablariga 4 684 ta, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga 142 212 ta hujjat, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan.

❗️Hozirda maktablarda imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 100% lik davlat granti.

Xususiy universitetda to'liq davlat granti asosida o'qishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat. UMFT universitetida quyidagi ikki yo'nalish uchun jami 10 ta davlat granti ajratildi:

🟢Dasturiy injiniring (5 ta grant)
🟢Infokommunikatsiya (5 ta grant)

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

📩 Hujjat topshirish uchun ilova https://umft.uz/admit

☎️ Telefon +998555068888
📩 Murojaat uchun: @umft_support
🌐 Veb-sayt: umft.uz
#imtihon_2023
#Muhammad_al_Xorazmiy_maktabi

❗️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI KUNI ERTAGA 25-IYULDA, IKKINCHI KUNI 26-IYULDA TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

📆 Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 25-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00 da, 26-iyul kuni esa 1 smenada — 08:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

⚡️MUHIM:
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 12:00 da;
Abu Ali ibn Sino nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 17:00 da SMS-xabarnomada korsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi"

🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📲 Ma’lumot uchun, ushbu 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirgan talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

🗣 Jumladan:

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.

📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM