Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
426 subscribers
6.16K photos
410 videos
53 files
1.31K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Mahorat_darslari
#Xiva_Prezident_maktabi

MAHORAT DARSLARI BOSHLANDI

❇️ Cambridge xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan o‘quv-treningda ishtirok etgan Prezident maktabi STEM fanlari o‘qituvchilari tomonidan Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta'lim maktablarining STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

22-aprel kungi mashg'ulot "Positive marking and constructive feedback in mathematics" mavzusida matematika fani o'qituvchilari uchun maktabning matematika fani o'qituvchilari Donovan Solomons va Otabek Ganjayev tomonidan tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog (Tursunbek Nurmetov)
#qutlaymiz
#Xiva_Prezident_maktabi

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf bitiruvchisi

🎖 YO'LDOSHOV OG‘ABEK NE'MATJON O‘G‘LI

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


💥Og'abekni ushbu mukofotga erishgani bilan qutlab, kelgusidagi maqsad va rejalarida yanada ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
🤣6👍3
#Psixolog_faoliyati
#Xiva_Prezident_maktabi

Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida psixolog Muyassar Urazmetova boschiligida Agentlik tizimidagi maktablar psixologlari faoliyatidagi samaradorlikni oshirish maqsadida navbatdagi oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar:

🔰 Maktabda mental salomatlik va aqliy salohiyat (mindscape) ni rivojlantirish;
🔰 Psixologning maktabdagi o‘rni va vazifasi;
🔰 Muammolarni yechishda psixologning roli;
🔰 Kuzatish, diagnoz, korreksiya, yo'naltirish kabi masalalarda o'zaro fikr almashdilar
.

🌐 Telegram | Facebook
3👍1
#Xiva_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun

🪧 3-yanvar kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdilar, taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangicha yondashuvlarni o‘rgandilar.

🌐 Telegram | Facebook