Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
373 subscribers
5.1K photos
342 videos
52 files
1.08K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar oʻz ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻrin olgan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun poytaxtimizning maʼnaviy-maʼrifiy maskanlariga sayohat rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti mezbonlik qilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir joriy yilning 17-mayiga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amaliy_seminar
#Maktab_maslahatchisi

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR O‘TKAZILDI

🔘 Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Sarvar Sharipov tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi maktablarda “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan  amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida maktab maslahatchisining umumiy vazifalari va xorijiy universitetlarga hujjat topshirish haqida ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook