Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
374 subscribers
5.09K photos
342 videos
52 files
1.08K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Seminar_trening

KUTUBXONA - NURXONA

🖇 10-iyun kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Trener kutubxonachilar uchun ''Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi'' mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

💠 Ixtisoslashtirilgan maktablarni darsliklar bilan ta'minlash bo'limi boshlig'i S.Nazarov ishtirok qilib yangi o'quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va tarqatish tartibi to'g'risida gapirdi.

📚 Seminarda viloyatimizdagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachilari qatnashib Prezident maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar to‘g‘risida
✔️ Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish masalalari
✔️ “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Zakovat

✔️ 20-22-iyul kunlari Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.

⚡️Mazkur seminar hududiy boshqarma va bo‘lim rahbarlari uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.

◾️Jumladan, ishtirokchilar o‘rtasida tashkil qilingan "Zakovat" intellektual bellashuvida Xorazm viloyati MMTB boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdullayev sardorlik qilgan Xorazm jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

▪️Shuningdek, o‘quv-seminari jarayonlarida faol ishtiroki uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tomonidan sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar
#imtihon_2023

📆 Xabaringiz bor, respublikamiz bo'yicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlariga 2023-2024- o'quv yili uchun qabul yuzasidan imtihonlar 28-29-30-31-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bugun Xorazm viloyatidagi jarayonlarda guruh rahbari va nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradigan mas'ullarga seminar tashkil qilindi.

✔️ Seminar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi bo‘lim boshlig‘i, ishchi guruh rahbari S.Nazarov, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdullayevlar tomonidan o‘tkazildi.

📍Ma'lumot uchun, Imtihonlar 28-29- iyul kunlari 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
30-31-iyul kunlari 1 smenada – 08:00 da bo'lib o'tadi.

❗️ Xorazm viloyati bo'yicha jami 11 346 nafar talabgor o'quvchilar test imtihonlarida qatnashadi.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun barcha fanlardan:

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

mavzularida o'quv seminarlari o'tkazildi.

💢 Pedagoglar o'quv jarayonini rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.

📸 Fotolavhalarda 2-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_kun

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish
mavzularida tashkil qilingan 2 kunlik o'quv seminarlari o'z nihoyasiga yetdi.

✔️ Ushbu o'quv seminarlari Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun o'tkazildi.

📸 Fotolavhalarda 16-avgust kuni 2-smenada ingliz tili fani o'qituvchilari ishtirokidagi dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar-trening

📚"Yangi baholash tizimi" bo'yicha Tuproqqala tuman 1-IDUM da seminar treninglar tashkil qilindi. Treningda yangi baholash tizimi bo'yicha formativ va summativ baholash o'qituvchilarga batafsil tushuntirildi.
📝 Trening savol-javoblarga boy bo'ldi.

Seminar treningni Agentlik tizimidagi Tuproqqala tuman ixtisoslashtirilgan maktabining trener o'qituvchilari Axmedova Shoira va Matyoqubov Ruzmatjon  o'tkazishdi.

#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Psixologik_faoliyat

▪️ 24-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning psixologlari uchun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Psixolog Yulduz Vapayeva tomonidan “Xotirani rivojlantiruvchi usullar” mavzusidagi trening mashg‘ulot tashkil qilindi.

Ushbu seminarda:
"4 belgi",
"Shul’te jadvali",
"DOODLE uslubida rasm chizish",
“Gugurt cho‘plari”,
“Qo‘l harakatlarini o‘zgartirish”,
“Assotsiatsiya” mashqlari o'tkazildi.

✔️ Qatnashchilar o'zlari uchun kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari va xodimlari o'rtasida seminar tashkil qilindi.

📊Seminar bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, reytingi va akademik o‘zlashtirishi tizimli pasayib ketgan o‘quvchilar bilan individual ish olib borish, o‘quvchini maktabdan chetlatish tartibi va unga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda bob va chorak bo‘yicha summativ baholash tahlillari natijalari asosida  o‘quvchilarning ta’lim olishdagi ehtiyojlarini belgilab olishga qaratildi.

💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠
#Robot_Gumanoid
#Seminar

Xiva shahridagi Prezident maktabida
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha “Robot Gumanoid” loyihasini amalga oshirish bo'yicha
seminar tashkil etildi.

Seminar qizg'in savol-javoblar va amaliy ko'nikmalarga boy bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kitobxonlik
#seminar

📚 “Kitobsevar millat” shiori ostida joriy yil 22-26-aprel kunlari respublikamiz boʻylab o'tkazilayotgan IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida

📍26-aprel kuni Xorazm viloyati bolalari kutubxonasida "Kitobxonlik - mutolaa madaniyatining asosi" mavzusida viloyatdagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktab va maktab-internatlarning kutubxona mudirlari bilan seminar o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar-trening

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktabda akademik salohiyatni oshirish uchun seminar tashkil qilindi.

Treningda:
Normalar
Uzoq muddatli reja
Vazifalar haqida alohida mushoxada yuritildi.


Seminar o'tkazuvchi maktab direktori L.Matyakubova

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
#Xiva_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun

🪧 3-yanvar kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdilar, taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangicha yondashuvlarni o‘rgandilar.

🌐 Telegram | Facebook