Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
405 subscribers
6.12K photos
405 videos
53 files
1.29K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatribratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

🗣Mazkur haftalik doirasida maktablarimiz jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan “Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir”, “Bebaho yoshlik”, “Eski shahar gavroshlari”, “Darsdan so‘ng” va “Pantomimo” spektakllari namoyish etilmoqda.

Shuningdek, tadbir qatnashchilari “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Jaholat to‘g‘risida rivoyat”, “Jaloliddin Manguberdi” singari badiiy musiqiy kompozitsiyalarini ham tomosha qilishlari mumkin.

📍Muqimiy va Yosh tomoshabinlar teatrlarida namoyish etilayotgan mazkur spektakllar va badiiy-musiqiy kompozitsiyalarini tomosha qilish bepul.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

⚡️Xabaringiz bor, Toshkent shahrida 25-27-mart kunlari “Teatribratxonadir” shiori ostida teatr festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalda Xorazm viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ham qatnashmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatribratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

🔸 Toshkent shahrida “Teatribratxonadir” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan  festival ishtirokchilari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bugun

“Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya uyushtirdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📝 G'oliblar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Юлдуз Атаджанова
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Teatr_ibratxonadir

O'zbekiston│"Oydin hayot" dasturi

#27mart
#Jonli_efir

🎭 Teatr - Ibratxonadir!“ shiori ostida o'tkazilgan festival tafsilotlari.

🎙 Jonli efirda Xiva shahridagi Prezident maktabi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilrabo Raximova intervyu berdi.

🌐 Telegram | Facebook
#teatr_ibratxonadir
#Xorazm

▫️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda  ixtisoslashtirilgan maktablari “Turon” maktab teatr jamoalari oʻrtasida "Teatribratxonadir" shiori ostidagi teatr tanlovining Xorazm viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

✔️Jarayonlardan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-26-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar teatr jamoalari ishtirokida oʻtkazilgan teatr tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi.

❗️Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabrikladi.

Mazkur tanlov doirasida jamoalar tomonidan oʻndan ziyod sahna asarlari namoyish etildi. Shu bilan birga bu yilgi tanlovda Agentlik tizimidagi 5 ta ijod maktabida tashkil etilgan “Zamin Creative” inklyuziv ijodiy jamoalari oʻz spektakllari bilan ilk bor ishtirok etdi.

Tadbirda teatr tanlovi ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilari maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

«Turon» o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan teatr tanlovining 2-bosqichida:


🥇Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi teatr jamoasining “Nodirabegim” spektakli 1-o‘rinni;
🥈Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasining “Ilhaq” spektakli 2-o‘rinni;
🥉Navoiy shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasining “Xo‘jayinlar” spektakli 3-o‘rinni egalladi.

“Zamin kreativ” inklyuziv ijod studiyalari jamoalari o‘rtasidagi tanlovda:

🥇Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi “Zamin kreativ” inklyuziv ijodiy jamoasining “Tebranmas yuraklar” spektakli — 1-o‘rinni;
🥈Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi “Zamin kreativ” inklyuziv ijodiy jamoasining “Uyg‘on” spektakli —2-o‘rinni;
🥉Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi “Zamin kreativ” inklyuziv ijodiy jamoasi “Niqob” spektakli 3-o‘rinni egalladi.

✈️1-o‘rinni olgan jamoalar xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.

2-o‘rin g‘oliblariga planshet, 3-o‘rin g‘oliblariga aqlli "musiqiy kolonka", qolgan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Har bir teatr jamoasiga esa "musiqiy kolonkalar" taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: tanlovda jami 19 ta teatr jamoalari, 186 nafar o‘quvchi ishtirok etdi


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1