Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
372 subscribers
5.12K photos
342 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Seminar_trening
#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida
#1_kun

“LIDERLAR HAFTALIGI” GA START BERILDI

❇️ Bugun barcha hududlarda umumta'lim maktablari direktorlarining liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar boshlandi.

⚡️ Xorazm viloyatida ham jami 543 nafar umumta’lim maktablari direktorlari uchun "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi doirasida seminar-treninglari tashkil qilindi.

Maqsad – agentlik tizimidagi maktab direktorlari tajribasini umumtaʼlim maktablarning rahbarlariga o‘rgatish, shuningdek, uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.

💠 Fotolavhalarda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan Urhanch shahri, Urganch tumani va Yangibozor tumani maktablari direktorlari ishtirok etayotgan seminarlardan jarayonlar aks etgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#1_kun
#Live

🔴 XORAZM VILOYATIDA JARAYONLAR URGANCH SHAHAR 1-IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIDA BO‘LIB O‘TMOQDA

Onlayn kuzating:

Смотрите "STEM olimpiadasi Urganch" на YouTube
https://www.youtube.com/live/KticMKf7ESg?feature=share
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun barcha fanlardan:

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

mavzularida o'quv seminarlari o'tkazildi.

💢 Pedagoglar o'quv jarayonini rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.

📸 Fotolavhalarda 2-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#1_kun

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "STEM FANLARI OLIMPIADASI" ning Xorazm viloyati hududiy bosqichiga START berildi.

📍 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fanlardan o‘tkazilmoqda.
Matematika (5-6-7-8-9-10-10-sinflar)
Science (5-6-7-sinflar)

📍Urganch shahridagi IT-Parkda:
Informatika (5-6-7-sinflar)

fanlardan o‘tkazilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#1_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida

STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo‘yicha olimpiadaning Hududiy bosqichining o‘quvchilar ishlari va natijalari uchun telegram kanallari📱


Xorazm_Matematika_5-11-sinf

🌐 Xorazm_Informatika_5-11-sinf

🌎 Xorazm_Science_5-7-sinf
#Agentlik_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#1_kun

Bugun Xorazm viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichiga start berildi.


▫️Xiva shahridagi Prezident maktabida olimpiadaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi va hududiy bosqichda g'olib bo'lib agentlik bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan o'quvchilarga diplomlar topshirildi.

▫️Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bo'lim boshlig'i H.D.Samandarov va Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.S.Bektemirov ishtirok qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#1_kun

▪️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM fanlari:

Matematika,
informatika,
science,
fizika,
kimyo,
biologiya bo‘yicha o'tkazilayotgan olimpiadaning Agentlik bosqichi jarayonlaridan fotolavhalar.

📍Olimpiada Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun

🪧 3-yanvar kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdilar, taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangicha yondashuvlarni o‘rgandilar.

🌐 Telegram | Facebook