Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
398 subscribers
5.76K photos
384 videos
52 files
1.21K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
☀️Assalomu-alaykum!
2024 yil 12-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏢Tuproqqal'a tuman    Ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi 79-sonli farmoyishiga asosan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlangan  harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.

🏆Musobaqada 10A, 10B -sinf o‘quvchilari, jumladan "Vatan tayanchi otryadi" a'zolari tarkibidan tuzilgan jamoalar   kuch sinashdilar  va 10B-sinf o‘quvchilari jamoasi 🥇g‘oliblikka erishib, maktab direktori ko‘chma kubogini🏆 qo‘lga kiritishdi.

💠Harbiy-sport tadbirida tuman hokimligi vakillari, 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari serjant A.Safarov, serjant S.Xaitov, maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari H.Gapurov, MMIBDO‘ M.Kenjayev, VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik
X. Eshchonov hamda o‘qituvchi ustozlar ishtirok etishdi.


🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
#Xushxabar

⚡️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatidan 680 nafar o'quvchi (matematika fanidan – 286 nafar, fizika fanidan – 194 nafar, informatika fanidan – 200 nafar) ishtirok etdi.

📈 Ushbu olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

🎉 Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

💻 Informatika:
🥇Aslibek Sunnatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi - oltin;
🥈Husanboy Mansuraliyev — Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi – kumush;

🧮 Matematika:
🥇Madina Suyunova — Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi – oltin;
🥈Asadbek Boboqulov — Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi – kumush;
🥈Begzod Xoshimjonov — Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;
🥉Behruzbek Elmurodov — Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Maqsadbek Egamberdiev — Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Asilbek Abduqayumov — Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza;
🥉Elbek ZohidjonovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Farhod OchilovQorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Nurmuhammad OtamurodovOlot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek AxtamovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Azizbek Mamajanov — Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek Orifjonov — Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Fotoreportaj
#Xalqaro_olimpiada

20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g’olib va sovrindorlari Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Vazirlikdan_tuhfa

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalaridagi bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Loyiha doirasida bugun 9-sinf uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Kompyuter qurilmalari va dasturiy taʼminot. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari
2. Operatsion tizimlar. Kompyuter turlari
3. Yangi texnologiyalarning taʼsiri
4. Kiritish qurilmalari va ularning qoʻllanishi
5. Maʼlumotni bevosita kiritishda foydalaniladigan qurilmalar
6. Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish
7. Xotira qurilmalari va ma’lumot almashish vositalari
8. Turli xotira qurilmalarining afzallik va kamchiliklari
9. Xotira hajmiga bog‘liq masalalarni yechish
10. Tarmoq turlari va topologiyalari. Wi-Fi texnologiyasi
11. Tarmoq xizmatlari: Video konferensiya, IP-telefoniya
12. Brauzerdan foydalanish. Kompyuter tarmoqlari dasturiy jihati
13. Tarmoq muammolari va kommunikatsiya. Axborot texnologiyasining bandlikka taʼsiri
14. Axborot texnologiyasi (AT) ning tashkilotlar ish uslubiga taʼsiri. Mikroprotsessorli uy qurilmalari
15. Axborot texnologiyasi (AT) jihozlaridan uzoq muddat foydalanishning sog‘liqqa ta’siri
16. Xavfsizlik muammolari. Elektron xavfsizlik. Maʼlumotlar xavfsizligi
17. Axborot himoyasi protokoli. Antiviruslar va fayervol
18. Auditoriyani huquqiy, maʼnaviy, axloqiy va madaniy jihatdan baho berish. Mualliflik huquqi va uning turlari. Mualliflik huquqi himoyasi
19. AKT foydalanuvchisi bilan elektron xat orqali muloqot qilish. Spam tushunchasi
20. Internetdan samarali foydalanish. Internetdan topilgan axborotning ishonchliligini baholash
21. Fayl kengaytmasi va ularni samarali boshqarish.Saqlash yoki uzatish uchun fayl hajmini kamaytirish
22. Tasvirlarni joylashtirish va tahrirlash uchun dastur uskunalaridan foydalanish.Tasvirni aniq joylashtirish
23. Tasvirning tomonlar nisbatini oʻzgartirish. Tasvirni qirqish va aylantirish. Tasvir rangi, yorqinligi, kontrasti va aniqligi boshqarish
24. Sahifa maketi. Maqsad va auditoriyaga mos hujjat yaratish uchun dasturiy uskunalardan foydalanish
25. Hujjatga obyektlarni joylashtirish. Header va Footer maydonlarini yaratish
26. Korporativ brend va unga xos stil. Korporativ brendga xos stilga muvofiq hujjat tayyorlash
27. Sahifa/slayd izchilligini taʼminlash. Yangi stil yaratish
28. Xatolarni tekshirish uchun dasturlardan foydalanish. Xatolarni tekshirish usullari
29. Verifikatsiya va validatsiya tushunchalari
30. Grafik yoki diagramma yaratish. Diagramma turlari
31. Tayyorlangan diagrammani boshqarish va o‘zgartirish
32. Matn va sahifa maketini formatlash
33. Dastur uskunalari yordamida jadvallarni tahrirlash
34. Ma’lumotlar bazasi tuzilmasini yaratish
35. Ma'lumotlarni taqdim etish
36. Ma'lumotlarni taqdim etish 2-qism
37. Taqdimot. Obyektlarni to‘g‘ri joylash
38. Taqdimot slaydlarini yaratish uchun mos dastur imkoniyatlaridan foydalanish
39. Taqdimotga elektron jadvaldan diagrammalarni import qilish
40. Maʼlumotlar modelini yaratish. Nisbiy va absolyut murojaat
41. Formula va funksiyalar hamda ulardan foydalanish
42. Maʼlumotlar modelini sinovdan oʻtkazish. Maʼlumotlarni boshqarish
43. Maʼlumotlarni taqdim etish
44. Internet nima? Veb dasturlashning uch qatlami
45. Veb sahifa yaratish
46. Linklar, bookmarklar va ankor
47. Absolyut va nisbiy fayl manzillari
48. Stil jadvallaridan foydalanish
49. Veb saytni sinash va publikatsiya qilish
50. Veb sahifa yaratish
#ТЕЗКОР #ТАРҚАТИНГ

ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИ АКАДЕМИЯСИДА ЎҚИЙМАН ДЕГАН ЁШЛАР УЧУН!!!

❗️ИИВ АКАДEМИЯСИ БАКАЛАВРИАТИНИНГ КУНДУЗГИ ТАЪЛИМ ШАКЛИГА ҚАБУЛ ЭЪЛОН ҚИЛИНДИ!
Батафсил ўқинг👈

Aризалар 2024 йилнинг 15 февраль кунига қадар доимий яшаш жойи бўйича ҳудудий ички ишлар органларида қабул қилинади.

ПС/ Хабарни тарқатиб қўйинглар, жуда кўпчилик ота-оналар бу хабарни кутаётган эди.

👇🏻👇🏻 https://telegram.me/joinchat/SDdS2FAiH5e4grs5
#biz_siz_bilan_faxrlanamiz

🔊Good news 🔥🔥🔥

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Qolandarov Davronbek va 10 Green sinf o‘quvchisi Madirimov Ruslan matematika fanidan milliy sertikatga yuqori natijalar bilan erishdilar.

🏆Yutuq bilan ustozimiz va o'quvchimizning ota-onasini chin dildan muborakbod qilamiz!

📊Eslatib o'tamiz, 70 balldan yuqori natija oliygohga kirish imtihonida matematika fanidan 100% ballni kafolatlaydi.

💫BIZ SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!

🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊
🌞Assalomu alaykum!

2024 yil 17-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏢Tuproqqal'a tumani    Ixtisoslashtirilgan maktabida10, 11-sinf o‘quvchilari bilan "Ofitserlik-sharafli kasb" shiori ostida "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi va qoidalari" mavzusida O‘R OHTM lari bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazildi.

👨‍✈️VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik
X. Eshchonov.