Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#ichki_olimpiada

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida biologiya fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining maktab ichki bosqichi o'tkazildi.

🎁Olimpiadaning faol ishtirokchilari va faxrli 🥇🥈🥉 o'rin sohiblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🏆G'OLIB O'QUVCHILARIMIZGA KEYINGI BOSQICHLARDA FAQAT VA FAQAT OMAD YOR BO'LSIN!!!

🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
👏62🤣1
Forwarded from EBRU EDUCATION
🔊🔊🔊Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar.
Ertaga EBRU EDUCATION o'quv markazida soat 14:00da ingliz tilidan boshlang'ich darajaga START beriladi.

Tutor: L. Matyaqubova😊
👍6🎉2👏1
#abiturientlar
#bilimlarni_baholash
#sinov_testlar
 
🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab maslahatchisi Yusupova Latofat tomonidan 11-sinf bitiruvchilaridan navbatdagi blok testlar olindi.


📑 Bilimlarni baholash agentligi tuzgan bu testlar bitiruvchilarni 🏢OTM larga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishlarida, haqiqiy imtihon muhitini his etishlariga ko'maklashadi.

👏6🤣61👍1
Forwarded from Jo‘rabek Jangirov
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalarni transfer.piima.uz platformasi orqali qabul qilish boshlandi.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

🗂 Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Ustoz-2021" tanlovida g'olib bo'lgan o'qituvchilar Turkiyaga jo'nab ketishdi

Ayni damda "Ustoz-2021" tanlovi g'oliblari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Ma'lumot o'rnida: 2021-yilda o'tkazilgan mazkur tanlovda jami 29 850 nafar pedagog qatnashgan bo'lib, ulardan 40 nafari finalga yetib kelishgan.

Tanlovda 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi:

"Tashabbuskor ustoz" — Zakir Rozimov;

"Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun" —Rayxan Tulyakova;

"Umid timsoli" — Mehriniso Norova;

"Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi" — Dildoraxon Umurzakova;

"Matonatli ustoz" — Nilufar Olimova;

"Fidoyi ustoz" — Ulug‘bek Mamajonov;

"Mehridaryo ustoz" — Hilola Norova;

"Plyus 1" — Iqboljon Kamolov.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BOSHQARMA BOSHLIG‘I ICHKI ISHLAR VAZIRI TOMONIDAN TAQDIRLANDI

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish ishlariga qo‘shgan munosib xissasi hamda samarali hamkorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ko‘krak nishonini Ichki ishlar vazirligi nomidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i shaxsiy tarkib yig‘ilishida tantanali ravishda topshirdi.

Xamro Solayevichni ushbu mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👏1😢1
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

🟢YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar – 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

✔️ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 23-yanvardan boshlab topshirishingiz mumkin.

📞 Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E_lon

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar - 1-fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Xorazm viloyati bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo'sh o'rinlar:

Maktab maslahatchisi lavozimi (chet tili bilish sertifikati talab etiladi):
1. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
2. Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimi:
1. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo'yicha direktor o'rinbosari / Harbiy chaqiriqqa tayyorlash rahbari lavozimi:
1. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

🟢 Hujjatlarni 1-fevral kuniga qadar job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook