Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Xorazm

VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.

Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Har biringiz — davlatimiz boyligisiz" — Saida Mirziyoyeva

Tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari uchun Prezident administratsiyasiga ekskursiya uyushtirildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Yakuniga yetib borayotgan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” mamlakatimiz taʼlim tizimida unutilmas tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Bugun yana bir xushxabar bizni behad quvontirdi.

Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 26-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulova Oliy Majlis Senati tomonidan o‘tkazilgan “Yil ayoli” tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Qariyb yarim asrlik umrini ustozlik kasbiga baxshida etayotgan ustozning bu g‘alabasi barcha taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglarimiz mehnatining yana bir munosib eʼtirofi deyish mumkin. Bu eʼtiborning zamirida qanchadan-qancha mashaqqatli mehnat, sabr, sinovlar yotishini har birimiz yaxshi bilamiz.

Bugungi kunda Ro‘zigul Orziqulova olti nafar farzandi qatorida millat bolalarining ziyoli bo‘lishi uchun sidqidildan mehnat qilmoqdalar.

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, taʼlim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi”. “Yil ayoli” tanlovida ham aynan o‘qituvchimizning mutlaq g‘olib sifatida eʼtirof etilishi aynan shu so‘zlarning hayotiy tasdig‘idir.


⚡️Fursatdan foydalanib, ushbu mukofot bilan ustozimiz Ro‘zigul Orziqulova hamda ular orqali barcha ustozlarimizni muborakbod etaman. Zero, taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan har bir fidoyi ustoz bu sharafga loyiq.

Ustozlarimizning xalqimiz farzandlariga taʼlim-tarbiya berishda ko‘rsatayotgan mehnatlari mana shunday qadrlanishi bardavom bo‘lishini tilayman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💘1
#CHSB

CHSB_jarayoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘’Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida’’ 2021-yil 19-iyuldagi  PQ-5188-son qarori,  ‘’Prezident, ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida’’ 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son  farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2022-yil    19-oktabrdagi  № 117-AF-sonli buyruqi ijrosini ta’minlash hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va ixtisoslashtirilgan maktab- internatlarida ixtisoslik fanlaridan chorak bo‘yicha summativ baholash sinovlarini o‘tkazish maqsadida,

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 25.12.2023 yil sanasida 2-chorak yakuni bo‘yicha imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
📊Shaffoflikni ta'minlash maqsadida har sinfdan 4 nafar o'quvchidan shaxmat tartibida joylashtirildi.
🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
🔰🔰🔰
🤣7👍62😢2😇1
⚡️Universitetga tayyorlov kurslariga qabul boshlandi!

Universitetimizda 10-11-sinf o‘quvchilari uchun matematika va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslariga qabul boshlandi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish
https://newuu.uz/en/pre-university#apply

❗️Tayyorlov kurslari SAT, IELTS yoki TOEFL xalqaro imtihonlariga tayyorgarlikni ham o’z ichiga oladi.

📚 Tayyorlov kurslari o‘quvchilarning bilimiga ko'ra ikki bosqichda tashkil etiladi:

🔹Birinchi bosqich uchun, ingliz tilidan minimum 40%, matematikadan esa minimum 20% ko'rsatgich qayd etishingiz kerak.
🔹Ikkinchi bosqich uchun esa, ingliz tilidan minimum 60%, matematikadan esa minimum 40% ko'rsatgich qayd etishingiz lozim.
🔹Talabgorlar kamida 10-sinfda tahsil olayotgan bo'lishlari shart.

☑️ Har bir bosqich davomiyligi 4,5 oy bo'lib, darslar haftada 3 marotaba tashkil etiladi.

📌 Ro’yxatdan o’tishning oxirgi muddati: 25-yanvar, 2024-yil.

Tel: +998712024111
Telegram: @ccecontact_bot
Elektron pochta: [email protected]

🔁 English

#SAT #TOEFL #tayyorlov

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Contact | Telegram | Instagram | Facebook
👍2
#Kutubxona_faoliyati

📚Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning kutubxonachilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

📙Unda Xorazm viloyatidagi Agentlik maktablaridan 13 nafar kutubxonachilar ishtirok etdilar.

📍Uchrashuv davomida kutubxonachilar bilan tanishuv oʻtkazildi, shuningdek, kutubxona faoliyatiga oid hujjatlarning yurutilishi va sohaga oid yangiliklar yuzasidan fikr almashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍4