Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Endi bemalol yozsam boʻladi: Shunday hokimlar koʻpaysin!


Oʻtgan yilning oxirida viloyatimizga yangi rahbar boʻlib kelgan Joʻrabek Raximovga “Viloyat hokimi olimpiadasi” taklifini bildirgan edim va “shunday hokimlar koʻpaysin deb yozaman, amalga oshgandan keyin” deb yozgan edim. Barchangiz yaxshi bilasiz, ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu loyiha orqali Al Xorazmiyning vatanida olimpiada harakati paydo boʻldi.

Xalqaro va Respublika olimpiadalarida natijalarga erishildi.


Yangi yilda yangiliklar juda koʻp. Yana bir fan qoʻshildi. Ustozlar uchun ham yangilikni zoʻri bor. Bular haqida batafsil yozishga hozir afsus vaqtim yoʻq. Yaxshisi Xorazm telekanalidagi suhbatni toʻliq koʻrib chiqsangiz hamma yangilikni bilib olasiz.

📹 Koʻrsatuvni koʻrish uchun havola: ➡️ https://www.instagram.com/reel/C1WZCXqomtQ/?igsh=MTg3dnJ0amU0bGZwbA==
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🏢Tuproqqal‘a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 27-dekabr kuni Yangi Yil bayram tadbiri bo‘lib o'tdi.

💫Maktab direktori
L.Matyaqubova tomonidan bayram tabrigi aytildi va yutuqlarga erishgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.


Tadbirda maktabning a‘lochi va jamoatchi o‘quvchilarning bayramona chiqishlari, kuy va qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarini xushnud etdi.

⛄️Qorbobo va Qorqiz o‘quvchilar va ustozlarga bayram tabrigini aytib, kelgusi o‘qishlarida o‘quvchilarga omad tilab, bayram sahnasidan joy olishdi.

🎄 Yangi 2024-yil barchaga baxt va omad olib kelsin!

☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️
👏11👍2
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-dekabrdagi 79-sonli Farmoyishiga asosan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari qudratiga bo‘lgan ishonch va faxrlanish tuyg‘ularini yanada oshirish hamda vatan himoyasidek sharafli kasbga qiziqtirish maqsadida shu yilning 27-dekabr kuni 🏢Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamkorligida "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.

Tadbirda maktab direktori
L. Matyaqubova, katta serjant S. Xaitov boshchilik oddiy askarlar, maktab VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik
X. Eshchonovlar ishtirok etishdi.


🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
👏7👍3❤‍🔥21
#Sarhisob

HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.

Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi


🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.

👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1