Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
371 subscribers
5.16K photos
345 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Agentlik_maktabi
#GMAT_Sertifikati
#Tuproqqal'a_tumani

Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi Qalandarov Davron xalqaro GMAT  sertifikatini qo‘lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11- maydagi 2022 - 2026 -yillarda Xalq ta‘limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida" gi PF-134-sonli farmonining 9 -bandida Xalq ta'limi ( Maktabgacha  va maktab ta‘limi vazirligi ) tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Maktab jamoasiga yutuqlar muborak bólsin !!
#imtihon_jarayoni
#Tuproqqal'a_tumani

🏢 26.05.2023 yil
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o‘quvchilariga matematika fanidan va 11-sinf o‘quvchilariga kimyo fanidan davlat imtihonlarini topshirish jarayonlaridan lavhalar.

Imtihon jarayoni ertalab soat 08:30 da boshlanib 11:30 da yakunlandi.
imtihon_jarayoni
#Tuproqqal'a_tumani

🏢 27.05.2023 yil
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o‘quvchilariga kimyo fanidan davlat imtihonlarini topshirish jarayonlaridan lavhalar.
#BILIMLAR_KUNI
#Tuproqqal'a_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

4-sentyabr butun O'zbekiston bo‘ylab quvonchlar bong urgan sana. 🔔 Ilk qo‘ng‘iroqlar chalindi...
Shu jumladan,
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham bayram tadbirlari yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbirda maktab direktori L.Matyaqubova so‘zga chiqib, barcha o‘quvchilar, o‘qituvchilar va mehmonlarni mustaqilligimizning 32 yilligi va ilk qo‘ng‘iroq bilan chin dildan muborakbod etdilar. 2022-2023 o‘quv yilida erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi, o‘qituvchilarning erishgan yutuqlari e‘tirof etildi. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan 5 Green va 7 Blue sinf o‘quvchilarini tabriklab o‘tdilar.


🔔Ilk qo‘ng‘iroq o'zi bilan tuganmas zafarlar olib kelsin!!!


💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫
#BAYRAM_MUBORAK
#TUPROQQAL'A_TUMANI

🌸O'zbekiston Respublikasida ta‘lim sohasiga alohida e'tibor qaratilayotgani hechkimga sir emas. Davlatimiz raxbarining pedagoglarga qaratayotgan e‘tiboridan biri sifatida 1-oktyabr " Ustoz va murabbiylar kuni " butun respublika bo‘ylab tantanali ravishda nishonlanmoqda.

🌺Shu jumladan, Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham bayram tantanalari o‘zgacha bir shukuxda bo‘lib o‘tdi. Turli kuy qo‘shiqlar yangradi. Maktab direktori L. Matyaqubova pedagoglar jamoasi va o'quvchilarga davlat raxbarining pedagoglarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshttirdi.
🌹Maktabda faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchilar bilan bir qatorda ishchi-hodimlar ham estalik 🎁 sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


HAPPY TEACHERS' DAY!
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
#bizning_shunday_o‘qituvchilarimiz_bor
#Tuproqqal'a_IM

🏢 Agentlik tizimidagi Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Matyaqubova Lobarxon mehnat faoliyati haqida:

🏆 2016-2017 o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi " ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi g'olibi;

⚜️ 2017-yil Buyuk Britaniya Glazgov Kaledoniya Universitetida malaka oshirib, Xalqaro trenerlik sertifikatiga ega .

🔰2017-2018-o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi bo'lib, Xalq ta'limi vaziri Sh. Shermatovning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

🎖2020-yil 1-oktyabrda "Xalq ta'limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

⚜️ 2021-yil 29-oktabrda "Yil ayoli" tanlovi tuman bosqichi g‘olibi.

🔰Ustoz Xalqaro IELTS C1sertifikati egasi, shuningdek, samarali faoliyati davomida tahsil olgan ko‘plab o‘quvchilari,  Xalqaro IELTS sertifikatlarni qo‘lga kiritib,  chet el Universitetlarida talaba va turli sohalarda yetakchilik qilmoqdalar.

💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠
#trening
#Tuproqqal'a_IM

🔰 Agentlik tizimidagi Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 5-Green sinf o‘quvchilari bilan "5-sinf bo‘lish osonmi?" mavzusida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Psixolog: Saparova Saboxat.
#Amaliy_dars
#Tuproqqal'a_IM

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.
 
🔰05.10.2023 sanasida 10-Green sinf o‘quvchilari bilan informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy dars jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

🖥 Mavzu : Kompyuterning ichki qurilmalari.

🛠 dars jarayonida o'quvchilar ustozlari Raximova Nilufar yordamida kompyuterning ichki qurilmalarini o‘z qo‘llari bilan yig‘dilar.
Amaliy mashg‘ulot o‘quvchilarda katta qiziqish va taassurotlar uyg'otdi.

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
#PSIXOLOGIYA
#Tuproqqal'a_IM

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-Blue sinf o‘quvchilari bilan agressiv xulq-atvor profilaktikasi va xarakter aksentuatsiyasini korreksiya qilish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

🌹Psixolog Saparova Saboxat


🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺
#Bayrog‘imiz_32_yoshda
#Tuproqqal'a_IM

🇺🇿Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan " BAYROG‘IMIZ 32 YOSHDA " shiori ostida katta bayram tadbiri o'tkazildi.

📌 Tadbirda maktab direktori L. Matyaqubova so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod qildi.
🤝Tadbir davomida 10 Green va 10 Blue sinf o‘quvchilari o'rtasida harbiy musobaqa 🤼🏋🏹bo'lib o'tdi.
Yakuniy natijaga ko'ra:
🥇10 Blue jamoasi
🥈10 Green jamoasi
ga nasib qildi.


Tadbirga mehmonlar kichik serjant H. Islomov va
KBHX oddiy askar
I. Abdujabborov tashrif buyurishdi.


🌹Bayramingiz qutlug' bo'lsin, aziz yurtdoshlar!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Tuproqqal'a_IM
#memorandum
           🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106–sonli Farmoni 3-bandi 4-5 xati ijrosini ta‘minlash , o‘quvchilarning  qiziqishidan kelib chiqqan holda, asosiy  o‘quv  dasturi bilan  birgalikda sinfdan  tashqari  kasbga   yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar  o‘tkazishni  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida, 🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Tuproqqal'a tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan 29-noyabr kuni maktabning  10-Blue sinfi o'quvchilari maktab psixologi Saparova Saboxat hamda maktab maslahatchisi Yusupova Latofat  hamrohligida poliklinikada amaliy sayohat o'tkazdilar.

🔬👓👁 Amaliy sayohat davomida o'quvchilar oftolmolog shifokor tomonidan amaliy sinov ko'rigidan o'tkazilib, ko'z nuri ravshanlik darajasini o'lchashning asosiy bosqichlari va zamonaviy apparatlar bilan ishlash yuzasidan boshlang'ich ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰