Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
375 subscribers
5.1K photos
342 videos
52 files
1.08K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
#Xorazm

➡️ Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari boshlanmoqda.

📸 Jarayondan fotolavhalar.

🕰Test sinovlari 10:00 da boshlanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
#Xorazm

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari bo'ib o'tmoqda. Talabgor o'quvchilar uchun

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

♦️ Xiva sharidagi Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari Lee Sang Hyuk va Donovan Benedict Solomanslar tomonidan nazorat qilinmoqda.

📸 Jarayondan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Xorazm
#jarayon

📝 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faolyat olib borayotgan matematika va kimyo fanlari o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning Xorazm viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlar Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilindi. Unda jami 62 nafar pedagoglar ishtirok qilmoqda.

📍Ma'lumot uchun,ushbu bosqich gʻoliblari 2024-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

💯 Olimpiadada ishtirok qilayotgan barcha ustozlarimizga omad tilab qolamiz.

🌐Telegram | Facebook
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Xorazm

VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.

Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bugun Urganch shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik-litseyiga tashrif buyurdi.

📍 Tashrif davomida yangi binoning qulay shart-sharoitlari bilan tanishildi.

❗️Shu bilan birga, vazir tomonidan bir qator takliflar ham bildirildi. Xususan:

yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida katta qamrovli maktablar uchun shunday harbiy sinflarni yaratish,
mazkur ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish kabi takliflar shular jumlasidandir.

⚡️Ma’lumot uchun: bugungi kunda Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik-litseyida 150 nafar o‘quvchi ta’lim olishmoqda.

❗️
Ushbu litseyda ta’lim beruvchi pedagoglar uchun alohida oilaviy yotoqxona ham tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига келгач, дастлаб Қорақалпоғистоннинг Амударё туманига бориб, Амударёдаги янги кўприкнинг очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев по прибытии в Хорезмскую область посетил Амударьинский район Каракалпакстана, где принял участие в церемонии открытия нового моста через Амударью.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #kuprik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#QIZLAR_OLIMPIADASI
#Xorazm

🧮 Matematik qizlar bellashuvi


🔴Ayni paytda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida Qizlar olimpiadasining (matematika fani bo‘yicha) Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

✔️Ushbu olimpiadada viloyat bosqichida 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflardan 1-2-3-o'rinlarni olib, g'olib bo'gan jami 9 nafar o'quvchi qizlar ishtirok etmoqda. Ular ikki bosqichda: dastlab yozma, so‘ngra test savollari doirasida bellashadilar.

❗️Yakuniy natijalarga ko'ra 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida yuqori natijalar ko'rsatgan 10 nafardan jami 30 nafar Agentlikning qizlar terma jamoasi shakllantiriladi.

📌Musobaqani agentlik mutaxassislari kuzatib borishmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Xorazm
#2_kun

🔘 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilayotgan STEM fanlari olimpiadasi Agentlik bosqichida o'quvchilar Fizika, Biologiya va Kimyo fanlaridan laboratoriya topshiriqlarini bajardilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Xorazm
#1_smena
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

👉 Xorazm viloyatida Agentlik tizimidagi maktab va maktab-ig‘ternatlariga kirish imtihonlari "Yoshlik" sport majmuasining Manej, DzyuDo kurash va Gimnastika zallarida bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣ -smena bo‘yicha:

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 1890 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi - 1844 nafar
🚷 Kelmadi - 46 nafar

🕰 1-smena test sinovlari 8:00 da boshlandi va 9:30da tugadi.

📌 Ayni paytda 2-smenada test jarayonlari boshlanmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Xorazm
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_smena

👉 Xorazm viloyatida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari "Yoshlik" sport majmuasining Manej, DzyuDo kurash  va Gimnastika zallarida bo‘lib o‘tmoqda.

2⃣ -smena bo‘yicha:

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 1890 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi - 1831 nafar
🚷 Kelmadi -  59 nafar

🕰 2-smena test sinovlari 12:00 da boshlandi va 13:30 da tugadi.

Bizni kuzatib boring👇👇

🌐 Telegram | Facebook