Surxondaryo viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Rasmiy kanali
340 subscribers
8.23K photos
587 videos
14 files
1.57K links
Сурхондарё вилояти автомобиль йўллари Бош бошқармаси матбуот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқлардан қидиринг.
Instagram
https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1bq2lbu8vtqps&utm_content=mgsn4
Download Telegram
#SURXONDARYO_VILOYATI


🚶‍♂YO‘LLARIMIZ RAVONLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA

👉Surxondaryo viloyatining shimoliy qismidagi mavjud avtomobil yo‘llarini qordan tozalash ishlari olib borilayotgan bir paytda vohaning janubiy hududlarida asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
   ⚡️  Xususan, Muzrabot tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan hozirga qadar mahalliy ahamiyatdagi 4K626 “Sherobod sh.-Boldir temiryo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 24–26-kilometrlari oralig‘idagi ishlar to‘liq yakunlangan bo‘lsa, mazkur yo‘lning 23–24-kilometrlari oralig‘ida eski asfalt qoplamasini qo‘porib olib chiqish, uning o‘rniga qum-shag‘al aralashmasini to‘shash, zichlash va asfaltga tayyorlash ishlari bajarildi.
   ↪️  Ayni kunlarda esa bu yerda tun-u kun ish bo'lyapti, ya’ni, joriy ta’mirlash ishlarining yakuniy – asfalt qoplamasini yotqizish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

TOG‘ YO‘LLARI QORDAN TOZALANMOQDA

🗺Ma’lumki, Uzun tumani Surxondaryo viloyatining shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, tog‘li hudud sanaladi. Shu bois ushbu tumanda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi.
  🔎 Hududda avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 🗣  Xususan, Uzun tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan 4K620 “Denov sh.—Bobotog‘ dahasi—Oqmachit q.” avtomobil yo‘lining 12—28-kilometrlari hamda 39—45-kilometrlari oralig‘ida maxsus texnikalar yordamida qor kurash ishlari olib borilyapti.
  💬 Yo‘llarda yuzaga kelgan muzlarni tozalash, qor uyumlarini kurash bilan bir qatorda yaxmalak hosil bo‘lishining oldini olish uchun qum-tuz aralashmasini sepish ishlari ham bajarilmoqda.
🟡  Maqsad harakat xavfsizligini ta’minlash orqali yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘lovchi va haydovchilarga qulaylik yaratishdan iborat.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

📢Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari asosida Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi 4R110 “Sherobod sh.-Pashxurt q.-Oqtosh q.-Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining 62–72-kilometr qismlarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
✔️ Muzrabot tumanining “Sopollitepa”, “Xalq yo‘li”, “Mehrigiyoh” hamda “Tong yulduzi” mahallalaridan kesib o‘tuvchi va hududni Sherobod tumani bilan bog‘lovchi ushbu yo‘lning 10 km. qismini ta’mirlash loyihasi 9 mlrd. 914 mln. so‘m etib belgilangan.
👍 Ayni kunlarda Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalar yordamida yo‘lning 62–72-kilometrlar oralig‘ida ta’mirlash ishlarining yakuniy, asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
➡️ Bu esa yo‘lovchilar va haydovchilar hamda mahalliy aholining xursandchiligiga sabab bo‘lyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️MUROJAARLAR O‘Z VAQTIDA IJOBIY HAL ETILMOQDA

✍️Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish bugun davlatimiz siyosatining asosini tashkil etadi.
◾️ Surxon vohasida ham odamlarni rozi, mushkulini oson qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o‘laroq shahar va qishloqlar obodlik kasb etib, hududlarning infratuzilmasi tubdan o‘zgarmoqda.
🕓 Bugungi kunda deyarli barcha korxona, tashkilot va muassasalarda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha aniq mexanizm yaratilgan.
Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda ham murojaatlar bilan samarali ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatdagi yo‘l sohasiga oid barcha murojaatlar o‘rganilib, qisqa fursatlarda ijobiy hal etilmoqda.
📱 -Raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan 2024-yil davomida Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasiga yo‘l va ko‘priklar masalalari bo‘yicha jami 722 ta murojaat kelib tushgan. Shuning 635 tasi jismoniy, 87 tasi esa yuridik shaxslardan kelib tushgan. Murojaatlar nisbatan ko‘p kelib tushadigan tumanlar Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sariosiyo va Denov tumanlari hisoblanadi. Termiz shahri bo‘yicha keladigan murojaatlarning aksariyati ichki ko‘chalarni ta‘mirlash yuzasidan bo‘ladi.
📺 Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosan yozma shaklda bo‘lib, og‘zaki, elektron pochta va virtual qabulxona orqali ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
📞 Ayni vaqtga qadar mazkur murojaatlarning 465 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 207 ta murojaat ijobiy hal qilingan. 33 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan va hozirda 8 ta murojaat o‘rganish jarayonida, 9 ta murojaat egalariga esa huquqiy tushuntirishlar berilgan, deydi – Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis Latofat Alimova.
📱 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida uch nafar xodimdan iborat dispetcherlik bo‘limi kecha-yu kunduz faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu bo‘limga murojaatlarini fuqarolar ko‘pincha o‘zlari kelib, yozma ravishda bayon etishadi va boshqarmaga kelib murojaatlari bo‘yicha mas’ul mutaxassislardan atroflicha ma’lumot olishadi.
☎️ - Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida tashkil etilgan dispetcherlik bo‘limiga asosan yilning kuz-qish mavsumida tabiiy ofatlar tufayli yo‘llarda nosozlik yuzaga kelganida, biror transport xodisasi ro‘y berganida va yo‘l bilan bog‘liq shu kabi holatlar kuzatilgan vaqtlarda qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Biz bu haqda tumanlar va tegishli bo‘limlar mas’ullarini tezlikda xabardor qilamiz. Shuni alohida ta’kidlash joiz, so‘nggi vaqtlarda bu kabi murojaatlar soni tobora kamayib boryapti. Bu quvonchli holat, albatta. Sababi, odamlarning yo‘l va uning egasi haqidagi tushunchalari ortib, har bitta murojaat tegishliligi bo‘yicha o‘z mas’ullariga yo‘llanmoqda, deydi – dispetcherlik bo‘limi xodimlari.
☎️ Agarda Surxondaryoliklarning avtomobil yo‘llari sohasiga oid murojaatlari bo‘lsa va ayni yo‘nalishda hududlarda mavjud kamchiliklar haqida xabar bermoqchi bo‘lsa Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining 24 soat ishlab turadigan +998 76 221 19 69 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
📱 Bu bilan fuqarolar va jamoatchilik faollari viloyatdagi umumfoydalanuvda bo‘lgan yo‘llarda yuz bergan kamchiliklar va muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️JAMOATCHILIK ESHITUVI O‘TKAZILDI

📌D161 (4R105) “Darband q.-Boysun sh.-Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 5—70-km qismi va D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi Prezidentimizning PQ-189-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
📣 D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismida 2024-yilning 25—26-noyabr kunlari mutaxassislar o‘rganish ishlarini olib borishdi. Loyihaning yo‘l qatnov qismi enini 3 metrdan 3,5 metrgacha qisqartirish orqali qatnov qismlar soni 4, ayrim joylarda 2 tasmali o‘zgartirishlar nazarda tutilib, bunda 1976 tup daraxt qurilish ishlari ostiga tushmoqda. (Eski loyihada 10567 tup) Natijada 8591 tup daraxt saqlab qolindi.
✍️ Surxondaryo viloyati AYBB va Ekologiya boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida ushbu yo‘l qurilish ishlariga xalaqit berayotgan 1976 tup daraxtni ko‘chirib o‘tkazish, to‘liq saqlab qolish bo‘yicha belgilab olingan aniq chora-tadbirlar haqida qatnashchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️JORIY TA’MIRLASH ISHLARIGA START BERILDI

✍️Mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida yuzaga kelgan tabiiy ofatlar davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) “Qumqo‘rg‘on sh.-Kofurun q.-Boysun sh.” avtomobil yo‘lining ayrim qismlariga yillar davomida zarar etkazib kelmoqda. Ushbu nosozliklarni bartaraf etish, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ta’mirlash ishlariga start berildi.
🇺🇿 Davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 0–12-kilometrlari oraliqidagi qismida joriy ta’mirlash ishlari boshlandi.
🗺Obyektning umumiy uzunligi 8 kilometr. Buyurtmachi Surxondaryo viloyati AYBB, pudratchilar Qumqo‘rg‘on, Bandixon va Uzun TYFDMlari.
Hozirda yo‘lning ushbu qismidagi mavjud eski asfalt qoplamasini buzib olish va chiqarib ketish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayonlar jadal olib borilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

🌐 PIYODALAR YO‘LAKCHASI VA VELOYO‘LAK QURILMOQDA

Bugun Surxon vohasining shaharu qishloqlari, hatto, eng olis va chekka hududlarida ham bunyodkorlik ishlari avjida.
Ayni jarayonga Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelyapti.
◾️ Xususan, Uzun tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan shu kunlarda mahalliy ahamiyatidagi 75V050 (4N1585) “Uzun sh.-Guliston q.-Yangi kuch q.” avtomobil yo‘lining 0–1-kilometrlari oralig‘idagi qismida aholining piyoda va velosipedda yurishi uchun beton qorishmasi bilan maxsus yo‘lakchalar qurish ishlari olib borilyapti.
◾️ Shu vaqtga qadar mazkur avtomobil yo‘lining belgilangan qismida asos ishlari to‘liq bajarildi. Ayni kunlarda ushbu maydon chetiga kichik beton ariqchalarni yotqizish ishlar amalga oshirilmoqda.
📍 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilyapti.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

◾️JORIY TA’MIRLASH ISHLARI AVJIDA

✍️ Ma’lumki, tabiiy ofatlar avtomobil yo‘llari sifatiga salbiy ta’sir etuvchi eng asosiy omil sanaladi. Ayni shu kabi omillar davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) “Qumqo‘rg‘on sh.-Kofurun q.-Boysun sh.” avtomobil yo‘lining ayrim qismlariga zarar yetkazib kelayotgan edi.
📍Ushbu nosozliklarni bartaraf etish maqsadida Qumqo‘rg‘on, Bandixon va Uzun TYFDMlari tomonidan D162 (4R104) avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 0–12-kilometrlari oraliqidagi qismida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
◾️ Obyektning umumiy uzunligi 8 kilometr bo‘lib, hozirda yo‘lning ushbu qismidagi mavjud eski asfalt qoplamasini buzib olish va chiqarib ketish ishlari amalga oshirilyapti.
⚡️ Keyingi bosqichlarda qum-shag‘al aralashmasidan asos qurish hamda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.
🗺 Joriy ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️ TOPSHIRIQLAR IJROSI TA’MINLANMOQDA

✍️ Prezident topshirig‘iga asosan Surxon vohasining Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi D163 (4R110) “Sherobod sh.-Pashxurt q.-Oqtosh q.-Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining 62–72-kilometr qismlarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔼 Mazkur tumanning “Sopollitepa”, “Xalq yo‘li”, “Mehrigiyoh” va “Tong yulduzi” mahallalaridan kesib o‘tuvchi hamda hududni Sherobod tumani bilan bog‘lovchi ushbu yo‘lning 10 km qismini ta’mirlash belgilangan.
◾️ Hozirda Muzrabot tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalar hamda mashina-mexanizmlar yordamida ushbu yo‘lning 62–72-kilometrlar oralig‘ida ta’mirlash ishlarining so‘nggi bosqichi, ya’ni, asfaltlash ishlari olib borilyapti.
📊 Bundan nafaqat mahalliy aholi, balki, yo‘lovchi va haydovchilar ham behad mamnun.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

📌 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Angor tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Muzrabot tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatydagi 75V068 (4N1603) “Mehnatobod q.-75V045 avtomobil yo‘li (19 km ga)” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
◾️ Dastlabki bosqichda mazkur avtomobil yo‘lining 2–9-kilometrlari oralig‘idagi 7 kilometr qismining yaroqsiz qora qoplamasi buzib olinib, asos yotqizish ishlari bajarildi.
✍️ Kuni-kecha mahalliy ahamiyatydagi ushbu avtomobil yo‘lining 2–5-kilometrlari oralig‘idagi 2,5 kilometr qismida yakuniy bosqich, ya’ni, asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
📈 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⭐️ AVTOMOBIL YO‘LLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

📢 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Sariosiyo TYFDM tomonidan hududdan o‘tuvchi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
⚡️ Xususan, ayni kunlarda Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining yog‘ingarchiliklar natijasida nosozliklar yuzaga kelgan 1462⸺1467-kilometr qismlarida belgilangan reja asosida, maxsus texnikalar yordamida tamirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✔️ Buning uchun Sariosiyo TYFKDM tomonidan 6 ta maxsus texnika va mashina mexanizm (freza, samasval, katok) hamda 15 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
☄️JARAYON

◾️ Ma’lumki, olis va chekka tumanlarda zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlari qurilishini jadallashtirish maqsadida hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilyapti. Ayni jarayonda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llar Bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalar faollik ko‘rsatishmoqda.
Xususan, belgilangan reja asosida Angor TYFDM tomonidan tumanning “Sharq guli” mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida ham ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda dastlab, massivning belgilangan qismlari tekislandi. Hozirda tosh-shag‘al aralashmasidan asos yotqizish ishlari jadallik bilan olib borilyapti. Yakuniy bosqichda esa sement-beton qoplamasi to‘shalishi rejalashtirilgan.
Jarayonlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM