TRANSFER — Surxondaryo Zakovat
76 subscribers
18 photos
1 link
Download Telegram
🏆 Rasman, Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubida transferlar mavsumi boshlandi!

📆 #Bugun 17-fevral sanasidan boshlab transferlarga ruxsat berildi. Jamoalar 10 kun davomida (28-fevral kuniga qadar) o‘z tarkiblarini yangi bilimdonlar bilan to‘ldirib olish imkoniyatiga ega.

Jamoangizga bilimdon izlayapsizmi? yoki oʻzingizga jamoa kerakdir? Unday boʻlsa @Surxondaryo_Zakovat kanali bu borada sizga yordam beradi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar va eʼlonlarni @SalohiddinOdilov manzili orqali berishingiz mumkin.

👯 Transferlar haqidagi eng soʻnggi yangiliklarni kuzatib boring: 👇
➡️ @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 ENIGMA jamoasi transferlar mavsumini qaynoqqina yangilik bilan boshlab beradi!

Bahorgi mavsumda chempionlikni koʻzlagan ENIGMA jamoasi EVEREST jamoasidan Ixtiyorbek Berdinazarovni oʻz safiga qoʻshib oldi.

📝 Maʼlumot oʻrnida karyerasining katta qismini Sirdaryo viloyati “Zakovat” klubida oʻtkazgan Ixtiyorbek TerDPIga magistraturaga qabul qilinishi ortidan 2024-yilning kuzida EVERESTga koʻchib oʻtgan edi. Kuzgi va qishgi mavsumda jamoa bilan SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda ketma-ket 2-oʻrinni egalladi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
⚡️ 900 kundan soʻng U oʻz uyiga qaytdi.

Bahorgi mavsumda kuchlilar safida boʻlishni maqsad qilgan IDEAL PLUS jamoasi Salohiddin Odilovni oʻz safiga qoʻshib oldi.

📝 IDEAL PLUS jamoasining asoschilaridan biri boʻlgan Salohiddin Odilov 2022-yilning avgust oyida qisqa tanaffus qilish uchun jamoani tark etgan edi. Keyinchalik 2022-yil dekabr oyida yosh bilimdonlar bilan S-TEAM jamoasini tuzib, shu buguni kunga qadar jamoa bilan SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda ikki marta 3-oʻrinni egallagan.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
🔥 Iskandar Xolmirzayev ham IDEAL PLUSda...

Yangiliklarga qoʻl urayotgan IDEAL PLUS jamoasi S-TEAMdan yana bir tajribali bilimdon Iskandar Xolmirzayevni oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.

📝 Professional faoliyatini NATUS VINCERE jamoasida boshlagan Iskandar Xolmirzayev 2022-yildan beri S-TEAM jamoasi safida SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda ikki marta 3-oʻrinni egallagan.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
💣 BOMBA XABAR! OʻZGACHA QAYTDI!

Jamoa asoschisi Botir Mamatqulov shonli tarixga ega OʻZGACHA jamoasi oʻz faoliyatini tiklaganini eʼlon qildi. Aytish mumkinki VOHA KUBOGIning birinchi gʻolibi boʻlgan OʻZGACHA jamoasi NO COMMENTdan oldingi SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGAsining amaldagi gʻolibi sanaladi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
✍️ ENIGMA jamoasining yangi aʼzolari Samarqandda klub shartnomasiga imzo chekishdi.

Jamoaga EVERESTdan kelib qoʻshilgan bilimdonlar Ixtiyorbek Berdinazarov va Ilhombek Yangiboyevlar rasman ENIGMA jamoasi aʼzolariga aylanishdi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
IDEAL PLUS OTMEN, ALIBEK YANGI MAVSUMNI OʻZGACHADA OʻTKAZISHNI XOHLADI!

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
🔥 OʻZGACHA oʻz tarkibiga Qashqadaryolik bilimdonni qoʻshib oldi.

📝 SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda Renessans+ jamoasi sharafini himoya qilgan Davron Jumayev OʻZGACHAga koʻchib oʻtdi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
🔥 OLIMPIK aʼzolarining yoppasiga OʻZGACHAga koʻchib oʻtishi davom etadi.

TARIXNAVISLIK jamoasi asoschilaridan biri sobiq OLIMPIK biimdoni Suxrob Xurramov yangi mavsumdan OʻZGACHA sharafini himoya qiladi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🔥 OʻZGACHAdan navbatdagi olov transfer. Jamoa S-TEAMning asosiy oʻyinchisini oʻz safiga qoʻshib oldi!

📝 Uzoq vaqtdan beri SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda S-TEAM jamoasi sharafini himoya qilgan Otabek Ashurov yangi mavsumdan OʻZGACHA formasini kiyishga rozi boʻldi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
⚡️ IDEAL PLUS yosh va umidli bilimdon bilan kelishuvga erishdi!

📝 SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda S-TEAM jamoasi bilan faol ishtirok etib kelayotgan Sanjar Turopov yangi mavsumdan boshlab IDEAL PLUSda oʻz omadini sinab koʻradi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
🔥 EVEREST eski oʻyinchisini ortga qaytardi!

📝 SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda bir muddat RENESSANS+da faoliyat yuritgan Abdusami Rahimov bahorgi mavsumdan sobiq jamoasi EVEREST bilan yuksaklarga intiladi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
⚡️ DIKTATOR ham taʼmlar jangida EVERESTni tanladi!

Qisqa muddatlik tanaffusdan keyin Hojimurod Roʻziboyev EVEREST tarkibiga kelib qoʻshildi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
🔥 REALIST jamoasining asosiy tarkib oʻyinchilari S-TEAMga koʻchib oʻtishdi.

📝 SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASI va TALABALAR LIGASIda ancha mavsumdan beri faol ishtirok etib kelayotgan Xoshimjon Ergashev, Zayniddin Oʻlmasov, Shohida Samadova va Sevara Qurbonova yangi mavsumdan S-TEAM safida oʻyinlarda ishtirok etishadi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
💣 EVERESTdan bomba transfer. Jamoada yana bir NORMURODOV paydo boʻldi.

Qiziriq tumanidagi 9-maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Jamshid Normurodov oʻz kasbiga sodiq qolgan holda ENG BALAND CHOʻQQI sari ilk qadamni tashladi. Jamshid Normurodov OQJAR GEOTARIX jamoasi orqali koʻpchilikga tanish.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
🏆 Rasman, Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubida transferlar mavsumi boshlandi!

📆 #Bugun 19-may sanasidan boshlab transferlarga ruxsat berildi. Jamoalar 12 kun davomida (31-may kuniga qadar) o‘z tarkiblarini yangi bilimdonlar bilan to‘ldirib olish imkoniyatiga ega.

Jamoangizga bilimdon izlayapsizmi? yoki oʻzingizga jamoa kerakdir? Unday boʻlsa @Surxondaryo_Zakovat kanali bu borada sizga yordam beradi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar va eʼlonlarni @SalohiddinOdilov manzili orqali berishingiz mumkin.

👯 Transferlar haqidagi eng soʻnggi yangiliklarni kuzatib boring: 👇
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🔥 Yozgi mavsum transferlar oynasini IDEAL PLUS ochib berdi!

📝 Oʻtgan mavsum SURXONDARYO VILOYATI PROFESSIONAL LIGASIda OʻZGACHA jamoasi sharafini himoya qilgan Otabek Ashurov yangi mavsum avvalida IDEAL PLUS bilan shartnoma imzoladi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11