Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq
15-dekabr – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
2023-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini soliq organlariga 15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini 1-oktabrga qadar, qolgan soliq summasini 15-dekabrgacha to‘laydi.
Eslatma! Qishloq xo‘jaligi korxonalariga 1 kub. metr suv uchun soliq stavkasi 45 so‘m miqdorda belgilanadi.
Soliq to‘lovchilar 2023-yil uchun hisobot yuborishda my.soliq.uz portalidagi 10601_11-raqamli hisobot shaklidan foydalanadi.
Shuningdek, belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilish lozim.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

#savol_javob
- Fermer xo‘jaligimizga qarashli 100 gektar yer maydonining 15 gektariga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatilgan. Bizga yer solig‘i qanday tartibda hisoblanadi?
🔵 Soliq kodeksining 428-moddasiga muvofiq fermer xo‘jaligining suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlari, ya’ni 15 gektari suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etiladi.
📌 Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi.
❗️Agarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi.
🧮 Fermer xo‘jaligining qolgan 85 gektar qismiga yer solig‘i fermer xo‘jaligi yer maydonining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda hisoblanadi.
👉 Telegram

#EHF
Eslatma❗️
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Shu sababli noyabr oyida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni 11-dekabr.
👉 VMQ-489-son 2-ilova
___
#ЭСФ
Напоминаем❗️
Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
В связи с этим последний день оформления ЭСФ по осуществленным операциям за ноябрь - 11 декабря.
👉Прил.№2 ПКМ №489
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish
315 ming nafardan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega boʻldi
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo‘lishi uchun ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba BHMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda (340 000 so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
👉 Soliq kodeksi 408-modda
Joriy yilning 1-dekabr holatiga 315 829 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs 84,6 mlrd so‘m miqdorida ijtimoiy soliq toʻlab mehnat stajiga ega boʻldi.
Unutmang! Siz toʻlagan ijtimoiy soliqlar kelajakda oʻzingiz uchun pensiya hisoblanishiga asos boʻladi.

– Sanoat korxonasida suvdan foydalanish uchun belgilangan limitdan ortiqcha suv ishlatilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday tartibda hisoblanadi?
Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, sanoat korxonalari tomonidan belgilangan limit doirasida foydalanilgan yer usti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uchun 570 so‘m, yer osti manbalarining 1kub metri uchun 680 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanadi.
⚠️ Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
👉 Telegram
– Sanoat korxonasida suvdan foydalanish uchun belgilangan limitdan ortiqcha suv ishlatilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday tartibda hisoblanadi?
Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, sanoat korxonalari tomonidan belgilangan limit doirasida foydalanilgan yer usti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uchun 570 so‘m, yer osti manbalarining 1kub metri uchun 680 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanadi.
⚠️ Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
👉 Telegram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi
❔ Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?
Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.
Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.
👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari – mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari.
Soliq kodeksi 433-modda
👉 Telegram
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari – mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari.
Soliq kodeksi 433-modda
👉 Telegram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_markirovka
Tadbirkorlar va xaridorlar diqqatiga!
Markirovkalanmagan tamaki, alkogol, maishiy texnika hamda dori vositalarini sotish taqiqlanadi.
Hurmatli iste'molchilar, ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉 2021-yil 1-yanvardan tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉 2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari;
👉 2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalari: changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor;
2022-yil 1-avgustdan gaz plitasi, oshxona dudbo‘roni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar;
👉 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan.
Markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

–2018-yilda bank krediti asosida arzon ko‘p kvartirali uylardan birini xarid qilganman. Mazkur uylar mol-mulk solig‘idan ozod ekan. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun nima qilishim kerak?
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2660-sonli qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar sotib olingan kvartiralar bo‘yicha jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
Agar sizning xonadoningiz yuqoridagi qaror doirasida bank krediti asosida xarid qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishingiz lozim.

#nazorat_tadbirlari #markirovka
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.
2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.
Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.
Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.
Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:
Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.
Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.
Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.
Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.
Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.
Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.

#контрольные_мероприятия #маркировка
По факту осуществляемых мероприятий по налоговому контролю реализаторов алкогольной и табачной продукции Налоговый комитет сообщает следующее.
С 1 января 2021 года на территории Республики Узбекистан введена обязательная цифровая маркировка алкогольной и табачной продукции.
До 13 июня 2022 года (1 год 6 месяцев) реализаторам алкогольной и табачной продукции была предоставлена возможность по выводу немаркированной продукции из оборота.
Однако, в ходе проверок, осуществлённых по обращениям граждан, налоговыми органами выявлено массовое нарушение правил оборота алкогольной и табачной продукции.
В частности, только в период с октября по декабрь текущего года было изъято 168,7 тыс. единиц алкоголя на сумму 1,9 млрд сумов и 81,4 тыс. единиц табачной продукции на сумму 0,9 млрд сумов, не имеющей цифровой маркировки.
Отсутствие цифровой маркировки влечет за собой сразу несколько негативных последствий.
Первое, невозможность определить источник происхождения товара, что в разы повышает риск реализации населению поддельной, контрафактной продукции, употребление которой может нанести серьезный ущерб здоровью.
Второе, оборот немаркированной продукции наносит прямой ущерб Государственному бюджету республики за счет неуплаты обязательных налогов и сборов.
Третье, реализация алкогольной и табачной продукции без уплаты обязательных налогов и сборов “серыми” предпринимателями ставит в неконкурентоспособное положение добросовестных предпринимателей.
В целях недопущения реализации контрафактной продукции, своевременного и полного пополнения Государственного бюджета, а также защиты прав потребителей и предпринимателей, налоговыми органами на основе обращений были проверены 572 субъекта реализации алкоголя и табака.
Из них в 491 случае были выявлены нарушения оборота алкогольной и табачной продукции и применены санкции согласно статье 227 прим.1 Налогового кодекса на сумму 49,9 млрд сумов. В 4 случаях со стороны правоохранительных органов были возбуждены уголовные дела.
Проведенные мероприятия положительно сказались на налоговых поступлениях в бюджет от продажи алкогольной продукции, которые увеличились в ноябре на 189% по сравнению с налоговыми поступлениями за последние 10 месяцев (252 млрд сумов против 134 млрд сумов). Общий прогноз поступлений в Государственный бюджет за счет акцизного налога на алкоголь и табак в текущем году - 4,4 трлн сумов.
Налоговый комитет призывает учитывать санкции по статье 227 прим.1 Налогового кодекса (в размере чистой выручки за последний отчетный квартал) и не нарушать законный порядок реализации алкогольной и табачной продукции.

#AOS
📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️
AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.
👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️
AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.
👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob
-Jahon chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarga katta miqdorda pul mukofotlari beriladi. Mukofot tariqasida berilgan pullardan ham daromad solig‘i olinadimi?
-Xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiradi. Shuning uchun mukofot tariqasida berilgan pullardan daromad solig‘i olinmaydi.
Soliq kodeksi 378-modda
👉 Telegram
-Jahon chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarga katta miqdorda pul mukofotlari beriladi. Mukofot tariqasida berilgan pullardan ham daromad solig‘i olinadimi?
-Xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiradi. Shuning uchun mukofot tariqasida berilgan pullardan daromad solig‘i olinmaydi.
Soliq kodeksi 378-modda
👉 Telegram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#AOS
Kimlar AOS to‘lovchi deb e’tirof etiladi?
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YaTTlar.
AOS kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi?
🔸 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish (import)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va YaTTlarga;
🔸aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda 25 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
🔸benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
🔸bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
🔸markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
🔸alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
🔸bozorlarga va savdo komplekslariga;
🔸 soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
🔸 auditorlik tashkilotlariga;
🔸 notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.
👉Soliq kodeksi 461-modda

Soliq hisoboti – soliq to‘lovchining har bir soliq turi yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblarni va soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga hamda soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan, soliq to‘lovchilarning va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlari.
Soliq kodeksi 81-modda

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek
Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xarid uchun beriladigan QR-kodli chekni "Soliq" mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan (keshbek) qaytariladi.
Avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklariga keshbek berilmaydi.
👉QR-kodli chek
👉Keshbek tasdiqlanishi
👉Shubhali xaridor
👉Keshbek qachon qaytariladi?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar soliq inspeksiyasi xodimlari isitish tizimi ishga tushirilmagan binoda ishlashga majbur bo‘lishayotgani to‘g‘risida murojaat tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, haqiqatdan ham Termiz shahar soliq inspeksiyasi xodimlari yangi binoda ish faoliyatini olib borishmoqda. Markazlashgan isitish tizimida montaj ishlari olib borilayotganligi sababli soliq inspeksiyasida muqobil isitish vositalaridan foydalanilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda va qisqa fursatda isitish tizimi to‘liq ishga tushirilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, Termiz shahar soliq inspeksiyasidagi shart-sharoitlar inobatga olingan holda, bugun mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari viloyat soliq boshqarmasi rahbariyatining mahallabay ishlash tizimidagi ko‘rsatkichlar tahlili yuzasidan o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ishtirok etish uchun viloyat soliq boshqarmasining majlislar zaliga taklif etilganligini ma’lum qilamiz.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati